Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Kundalik nazorat
– ma’lumot yig‘ish vazifasini hal qiladi, 
mashg‘ulot yuklamalarini bajarish ta’siri ostida sportchi holatini har 
kungi tebranishlarini baholashga imkon beradi. Kundalik nazorat 
mashg‘ulotigacha va mashg‘ulotdan keyin o‘zini tizimli baholash 
asosida amalga oshiriladi.
Bosqichli nazorat
– tugallangan tayyorlanish stikliga nisbatan 
ko‘pgina mashg‘ulotlarni jamlash tufayli tushishda sportchilar holatini 
o‘zgarish bahosini vazifalarini hal qiladi.
Qayd qilingan ko‘rsatkichlar yengil atletlarni ko‘pincha sport-
texnik mahorati darajasini aniqlashda texnik mahoratini va yyetakchi 
jismoniy sifatlarni rivojlantirish darajasini baholash kerak. Bosqich 
nazoratini vaqti-vaqti bilan o‘tkazish 4-6 haftada bir martadan iborat va 
tayyorlanishni o‘rta siklining oxirida (mezosikl) o‘tkaziladi. Bosqichli 
nazoratning natijalari asosida bajariladigan mashg‘ulot yuklamasini 
kumulyativ samarasi to‘g‘risida xulosa qilinadi va juda zarur sharoitda 
kelgusi mezostiklda mashg‘ulot rejasini tuzatilishi o‘tkaziladi. 
Bunda qayd qilinadigan tayyorgarlik ko‘rsatkichlari kvalifikatsiyaga 
muvofiq sportchilarni maxsus jismoniy, texnik, taktik, funksional 
tayyorgarligini ko‘rsatkichlarini me’yorlari bilan solishtiriladi.
Yengil atletika turi bo‘yicha turli kvalifikatsiyali sportchilar 
tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini me’yorlari darslikning tegishli 
bo‘limlarida keltirilgan. Me’yoriy ko‘rsatkichlari tayyorgarlik tasnifi 
bilan solishtirganda, mashg‘ulotni bajarilish samaraligini har bir 
sportchini kuchli va zaif tomonlarini baholash mumkin, individual 
kamolotga yetkazishda eng afzal yo‘nalishlarini aniqlash mumkin.
Masalan: 100 m va 200 m ga yugurish natijasi 10-22 sekundda 
maksimal tezlikni saqlash sportchi qobiliyatiga bog‘liq. Bu qobiliyat 
turli ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi: bioenergetik, kuch tezligi, 
texnikasi va boshqalar.
Shuning uchun har qanday test natijasi shu ko‘rsatkichlarga 
bog‘liqligi, sprinterni bosqichli nazorati uchun ishlatish mumkin. 
Masalan: 60 m + 300 m gacha bo‘lgan masofada bir marta yugurish, 
har mashqqa yaqinlashishdir.


595
Irg‘ituvchini bosqichli nazorati uchun musobaqa natijalariga yaqin 
bo‘lgan natijani bajarishda yengillashtirilgan yoki og‘irlashtirilgan 
snaryad ishlatiladi.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin