592
asosiy jism zvenolarini fazoga oid tasnifni (masalan otishdan oldin);
tayanchli va tayanchsiz fazalarni uzoqligi va boshqalar.
Yengil atletikada sakrashlarni tahlili qilish
texnikasida quyidagi
tasnif qayd qilinadi: ritmi, tezligi, uzunligi va yugurishda qadam
tezligi; tezlik va UOM uchish burchagi; oyoqni o‘rnatish
va itarilish
burchagi, tizza bo‘g‘inini amortizatsion bukish hajmi; itarilishni
dinamik tasnifi va boshqalar.
Tahlil natijasida olingan tasnifda kvalifikatsiyaga muvofiq sport-
chilar texnik mahorati me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan solishtiriladi. Olin-
gan ma’lumotlarga binoan texnikaning samaraliligi to‘g‘risida, uning
yo‘nalishlarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarini rivojlantirish
haqida xulosa qilinadi.
Yengil atletlarni pedagogik tekshirishlar o‘tkazishda talabalarni
amaliy ishlar malakasini egallashning muhim bo‘limi
hisoblanadi va
sportchilar tayyorlash tizimining ajralmas qismidir. O‘quv-mashg‘ulot
jarayonini boshqarishda o‘z ichida quyidagi bosqichlarni oladi: ma’lu-
mot yig‘ish, uni tahlili qilish va qaror qabul qilish.
Ma’lumot yig‘ish kompleks nazorat jarayonida amalga oshiriladi,
bunda sportchini musobaqalashish faoliyati, musobaqalashish va
mashg‘ulot yuklamalar dinamikasi, sportchini o‘zgarish holati ob’yekti
bo‘lib hisoblanadi. Yengil atletikani kompleks kontrol jarayonida
qo‘llaniladigan asosiy tekshirish usullari qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: