Yengil atletika va uni


III BOB. YENGIL ATLETIKADA ILMIY-TADQIQOT



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

III BOB. YENGIL ATLETIKADA ILMIY-TADQIQOT 
USULLARI
Yengil atletika bo‘yicha mutaxassislar o‘zlarining har kungi 
faoliyatida mashg‘ulot paytida tashkilotchilik ishlarini, boshqarish 
faoliyatini doimo hal qilishlariga to‘g‘ri keladi. Buning uchun ular o‘z 
bilimlarini yangilab turishlari va boyitishlari, masalani qabul qilishda 
ularning faol hayotga tadbiq etishda tashabbuskor, javobgar, bir so‘zli 
bo‘lishlari kerak.
Agar mutaxassis ilmiy tafakkurga ega bo‘lsa, musobaqa mashg‘ulot, 
dam olish vaqtida kelgan har xil ma’lumotlarni tahlil qilishni bilsa, 
bularni amalga oshirish mumkin.
Talabalar oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonida iloji boricha 
to‘liq bilimlarni, ilmiy metodlarni egallashlari, tekshirish masalalarini 
mustaqil echishni o‘rganishlari kerak. Talabalarni o‘quv – tekshirish 
ishlari o‘quv programmasini majburiy qismi hisoblanadi va dars paytida 
yoki darsdan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladi. Bu tekshirish elementlarini 
ma’ruza, seminar, amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlarida ishlatish, 
pedagogik amaliyot vaqtida o‘quv vazifalarini tekshirish harakterida
yengil atletika metodikasi va nazariyasidan referatlar yozishda 
qo‘llaniladi.
Talabalarni ilmiy – tekshirish ishlari o‘quv programmasining 
majburiy qismi bo‘lib hisoblanadi va darsdan tashqari vaqtda bajariladi. 
Talabalarning ilmiy to‘garaklarda, konferensiya va konkurslarda, 
ilmiy-texnik ko‘rgazmalarda qatnashishi, shuningdek,, davlat byudjeti 
va xo‘jalik kelishish tematikasi bo‘yicha ilmiy-tekshirishlarni bajarish, 
terma jamoalarni ilmiy-metodik ta’minlash bo‘yicha guruhlar ishida 
qatnashishi mo‘ljallanadi.
3.1. Yengil atletikada tekshirish uslubiyati
Institut va universitetlarning jismoniy tarbiya fakultetlari uchun 
yengil atletika bo‘yicha o‘quv programmasiga muvofiq talabalar 
o‘qish jarayonida asosiy tekshirish usullarini o‘rganishlari kerak. Ilmiy 
tekshirishlar bajarilayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek,, 


588
sport sohasida ham-yil sayin ko‘paymoqda. Faqat respublikamizda 
mustaqillik davrida dissertastiyalargina yengil atletika bo‘yicha 10 
dan ortiq yozilgan. Ularda yengil atletlarning tayyorgarligi, yoshiga 
nisbatan jismoniy rivojlanish darajasi, harakatlanish qobiliyati va 
boshqa turli savollar ko‘rib chiqilgan. Bajarilgan tekshirishlar natijalari, 
chunonchi, chet el nashrlarida ham o‘z aksini topmoqda. Bizning 
mamlakatda va chet elda tizimli ravishda ilmiy tekshirishlar natijalari 
ilmiy-uslubiy va ilmiy konferensiyalarda (anjuman), simpoziumlarda 
keng muhoqama qilinadi. Talabalar uchun tekshirishlar uslubidan 
biri adabiyotni tahlil qilishdir (albatta birinchi o‘rinda yengil atletika 
bo‘yicha, keyin esa bilimning boshqa sohalari bo‘yicha). 
Nashrlar bilan tanishib, talabalar adabiyotni xronologik tartibda 
yig‘ib olishlari kerak, ya’ni avval oldingi davr nashrlari, keyin 
hozirgi davr nashrlari. U bu material qanday usul bilan olinganligi, 
natijalarni qanchalik ishonchliligi, bitta savolni har xil nuqtai nazardan 
qarab chiqishni, mashhur murabbiylar tajribasini yoki mashhur 
sportchilarning tayyorgarlik sistemasini o‘rganish va analiz qilishga 
e’tibor berishi kerak. Keyingi tekshirish metodi hujjatli materiallarni 
analiz qilish, mashg‘ulotlarni shaxsiy kundaligini, musobaqalar 
natijalarini, kuchli yengil atletlarni mashg‘ulot kundaliklarini va 
boshqalarni analiz qilishga mo‘ljallangan. Mashg‘ulotlar kundaligini 
analiz qilishni to‘g‘ri bajarishdan oldin uni to‘g‘ri to‘ldirish lozim. 
Yengil atletikaning har bir turida asosiy mashg‘ulot choralari tasnifiga 
muvofiq mashg‘ulotlar yuklamalari dinamikasini musobaqalar 
natijalari bilan taqqoslash, mashg‘ulotlar jarayonini tashkil qilish 
samarasini baholashga ijozat beradi. Mashg‘ulotlar yuklamalarini 
tahlilidan olingan natijalar grafigiga muvofiq mikro yoki mezostikl 
holatida berilishi kerak.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin