ATAMALARNING IZOHLI LUG‘ATI (Glossariy) Apellyatsion hakamlar hay’ati –
yengil atletika bo‘yicha ma’lum
bir aniq musobaqalarda 3 – 5 – 7 kishidan tashkil topgan mutaxassislar
guruhi bo‘lib (ushbu musobaqa hakamlar kollegiyasi tarkibida ishirok
etmaydigan kishilardan tashkil topgan bo‘lishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi), ularning asosiy vazifasi tarkibiga musobaqa davomida
vujudga keluvchi masalalarni hal qilish, barcha norozilik arizalari
va baxsli masalalarni echish kabilar kiritiladi. Hakamlar hay’atining
qarori yakuniy, hal qiluvchi o‘ringa ega hisoblanadi.
Bosqon uloqtirish – maxsus sport anjomini (snaryad) – bosqonni
2,135 diametr o‘lchamdagi doira ko‘rinishidagi sohadan turib,
uloqtirishdan tashkil topgan yengil atletika uloqtirish mashqi turidan
iborat hisoblanadi.
Bosqon –
yengil atlektikada uloqtirishning maxsus snaryadi
hisoblanib, sharsimon yadro va unga mahkamlangan po‘lat sim (tros)
va snaryadni ulash uchun dastakka ega bo‘lgan anjom hisoblanadi.
Bosqonning og‘irligi 3, 4, 5, 6, 7,26 kg ga teng hisoblanadi
(sportchilarning jinsi va yoshiga bog‘liq holatda).
Boshlang‘ich yugurish –
yengil atlektikaning yugurishga oid
turlarida eng yaxshi sportchilarni ushbu sport turi bo‘yicha final yoki
yarim final bellashuvlari uchun saralab olish maqsadidagi birinchi
bosqich hisoblanadi.
Balandlikka sakrash –
vertikal holatdagi yengil atletika sakrash
turi bo‘lib, yugurib kelish orqali, bitta oyoqqa tiralib sakrash va
ma’lum bir balandlikka o‘rnatilgan plankadan oshib o‘tib, maxsus
porolondan tayyorlangan gilamga tushishdan tashkil topadi.
BREAF – Butun Rossiya yengil atletika federatsiyasi, ya’ni
Rossiyada yengil atletika musobaqalarini o‘tkazish va uni
rivojlantirishni boshqarish organi hisoblanadi.