Yengil atletika va uni


Balandlikka sakrash usullari



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Balandlikka sakrash usullari 
– sportchilarning tiralib itarilishga 
tayyorlanishi, tiralib itarilish va plankani zabt etish uchun sakrashnng 
uchish fazasi ko‘rinishidagi farqlanuvchi harakatlaridan tashkil topadi. 
Yugurib kelib, balandlikka sakrashda nisbatan samarali sakrash usullari 
sifatida «fosbyuri-flop» usuli (hozirgi kunda balandlikka sakrash 


600
bo‘yicha ta’lim oluvchi deyarli barcha sportchilar foydalanuvchi 
usul), «hatlab o‘tish» usuli (balandlikka sakrashda boshlang‘ich 
o‘rganish davrida foydalaniluvchi, nisbatan oddiy usul) va «oshib 
o‘tish» usuli (XX asrning 1980-yillarida foydalanilgan usul) kabilar 
ko‘rsatib o‘tiladi. 
Bosqichlar 
– taxminan 192 metrga teng bo‘lgan yugurish uzunligi 
masofasini anglatadi. Masofaga yugurish bosqichi – bu eramizgacha 
776-yilda Qadimiy Gretsiyada bosqichlar bo‘yicha yugurish yengil 
atletikaning turlaridan biri hisoblangan. Ushbu atama (stadiya) asosida 
«stadion» so‘zi kelib chiqqan. 
Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichi 

 
yengil atletikada sport-
chilarning ko‘p-yillik tayyorgarligi tarkibida boshlang‘ich bosqichdan 
tashkil topgan bo‘lib, uning maqsadi – bolalarning yengil atletika 
sport turi bo‘yicha har tomonlama jismoniy va texnik jihatdan 
tayyorgarligidan tashkil topadi, shundan keyingina tur guruhlari 
bo‘yicha saralash ixtisoslashtirilishini amalga oshirish mumkin. 
Mashq qiluvchilarning yoshi 10 – 14 yosh oralig‘ini tashkil qiladi. Bu 
bosqichda sportchilar o‘smirlik razryadiga ega bo‘lishlari mumkin. 
Boshlang‘ich ixtisoslashtirilish bosqichi 

 
yengil atletikada 
sportchilarning ko‘p-yillik tayyorgarligida bosqichlardan biri bo‘lib, 
uning maqsadi – yengil atletika tur guruhlarida sportchilarning har 
tomonlama tayyorlanishi va asta – sekin alohida turlar bo‘yicha 
nisbatan tor doiradagi ixtisoslashtirishga o‘tkazilishi bilan belgilanadi. 
Bunda mashq qiluvchilarning yoshi 13 – 15 yoshni tashkil qiladi. 
Bu bosqichda sportchilar III, II, I razryadlar uchun belgilangan 
me’yorlarni (normativ) bajarishadi. 
G‘ov 
– har bir yo‘lakda o‘rtantiluvchi to‘siq ko‘rinishidagi holat 
hisoblanib, yuqorigi plankasiga oyoq tekkan holatda yiqilishi mumkin. 
Uning ko‘rsatkichlari: balandligi masofa va sportchilarning jinsiga 
bog‘liq holatda, 76,2 sm dan 106,7 sm gacha belgilanadi, to‘siqning 
umumiy og‘irligi qiymati 10 kg dan ortiq bo‘lmaydi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin