Dastur turi bo‘yicha Referi (katta hakam) – yengil atletika
guruhi turlarida musobaqani o‘tkazish uchun ma’sul bo‘lgan hakam
bo‘lib, ushbu sport turida hakamlar guruhini (yugurish turlari bo‘yicha
referi, sakrash bo‘yicha referi, uloqtirish bo‘yicha referi va hokazo)
boshqaradi.
Dasturlar turlari bo‘yicha kotib – yengil atletikaning alohida
turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha bayonnomalarni
tayyorlash va yuritish, musobaqaning navbatdagi bosqichiga chiqish
uchun eng yaxshi sportchilarni aniqlash, ushbu tur bo‘yicha musobaqa
yakunlarini chiqarish uchun javobgar bo‘lgan hakam hisoblanadi.
Musobaqa davri –
yengil atletikachining
mashg‘ulotlar davri
bo‘lib, 3 – 4 haftadan 2 – 3 oygacha davomiylikda qayd qilinadi, uning
asosiy vazifasi – sportchining sport formasini ro‘yobga oshirish va
maksimal qiymatdagi sport natijalariga erishishdan iborat hisoblanadi.
Maxsus yengil atletika mashqlari –
tanlangan yengil atletika turi
bo‘yicha maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantish, harakatlar texnikasini
takomillashtirish va mustahkamlash, shuningdek, o‘zlashtirish
maqsadlarida foydalaniluvchi mashqlardan tashkil topadi (maxsus
yugurish mashqlari, maxsus sakrash mashqlari va hokazo).
Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) –
yengil atletikachining
sport tayyorgarligining jihatlaridan biri bo‘lib, tanlangan yengil
atletika sport turi bo‘yicha yuksak natijalarga erishish imkonini
beruvchi, sportchining funksional imkoniyatlari va jismoniy sifatlarini
rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Sport formasi –
bu sportchining berilgan vaqt davri bo‘yicha
imkoni mavjud bo‘lgan maksimal qiymatdagi sport natijalariga eris-
hish uchun sportchining har tomonlama sport tayyorgarligi holatini
anglatadi.