Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Start yugurishi 

 
20 – 50 metrlik yugurish kesimi bo‘lib, sportchi 
start olganidan keyin navbatdagi masofa bo‘ylab yugurish uchun 
tegishli tezlik oladi. 
Marra hakami 
– yengil atletikada bitta yoki bir necha sportchining 
marrada o‘rin egallashini aniqlashtiruvchi hakam hisoblanadi. 
Xronometrist hakam 
– angil atletikada marrada bitta yoki bir necha 
sportchining ko‘rsatgan vaqtini qayd qiluvchi hakam hisoblanadi. 
Taktik tayyorgarlik 

 
yengil atletikachining sport tayyorgarligi 
jihatlaridan biri bo‘lib, sportchining raqib bilan kontakt holatida 
sport kurashini olib borishni o‘zlashtirishi va egallashi, kuchni 
musobaqaning turli xil bosqichlari uchun taqsimlay olishni o‘rganishi, 
marraning turli xil kesimlarida yugurish tezligi va tempini to‘g‘ri 
tanlay olishiga yo‘naltiriladi. 
Nazariy tayyorgarlik 

 
yengil atletikasi sportchining sport 
tayyorgarligining bitta jihati bo‘lib, o‘z tarkibiga sportchining mashqni 


609
bajarish texnikasi haqida bilimlarni egallash darajasining oshirilishi, 
mashg‘ulotlar uslubiyati, mashg‘ulotlar rejiminng xususiyatlari va 
qayta tiklanish tavsiflari, yengil atletika sport turlari va hokazo bilimlar 
haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lishni nazarda tutadi. 
Texnik tayyorgarlik 

 
yengil atletikachining umumiy va max-
sus jismoniy mashqlarni bajarishida yengil atletikachining sport 
tayyorgarligining bitta jihati bo‘lib, harakat ko‘nikmalari va malaka-
larining o‘zlashtirilishi, mustahkamlanishi va takomillash tirilishiga 
yo‘naltiriladi. 
Soqqani irg‘itish 

 
yengil atletikada uloqtirish turlaridan biri 
bo‘lib, maxsus sport snaryadini – ya’ni, diametr o‘lchami 2,135 metrga 
teng bo‘lgan doira sohasida soqqani (yadro) «irg‘itish» ko‘rinishida 
(qo‘llarning irg‘itish ko‘rinishidagi siltanishi asosida) uloqtirilishidan 
tashkil topadi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin