Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə302/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Ko‘pkurash 

 s
portchilarning bir nechta sport turlari (zamonaviy 
beshkurash, triatlon, poliatlon va hakozo) bo‘yicha bellashuvlari 
amalga oshiriluvchi musobaqa hisoblanadi. 
Ko‘pkurashchi 
– yengil atletikada ko‘pkurash bellashuvlarida 
ishtirok etuvchi yengil atletikachi sportchi hisoblanadi. 
Quyi start
– spriterlik yoki g‘ovlar osha yugurish masofalarida 
yugurishni boshlash usuli hisoblanib, bunda sportchining to‘rtta 
tayanch nuqtasiga ega bo‘lishi (ikkala oyoq va ikkala qo‘l bilan 
yerga tegib turish holati) va «Startga», «Diqqat», «Qadam bos» 
ko‘rinishidagi buyruqlardan foydalanish bilan tavsiflanadi. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT)
– yengil atletikachining 
sport tayyorgarligining bitta jihati bo‘lib, sportchining har tomonlama 
va uyg‘un holatda rivojlanishiga qaratiladi: jumladan, organ 
va organizm tizimlarining funksional imkoniyatlari oshirilishi, 
koordinatsion qobiliyatlarning yaxshilanishi, kuch, tezkorlik
chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikning yaxshilanishi nazarda 
tutiladi. 
Yengil atletikaning Olimpia turlari 
– Olimpia o‘yinlari tarkibiga 
kiritilgan yengil atletikaning turlari hozirgi kunda 47 ta turni tashkil 
qilib, ulardan 24 tasi erkaklar va 23 tasi ayollar uchun mo‘ljallangan. 
Faqatgina 50 km ga yurish yengil atletikada sof holatda erkaklar uchun 
mo‘ljallangan sport turi sifatida qolgan.
O‘tish davri 

 
yengil atletikachining umumiy-yillik tayyorgarligi 
tarkibida mashg‘ulotlar davri sifatida o‘rin tutib, musobaqalar 
davridan keyin tayyorgarlik davri oldidan 2 – 4 haftalik davomiylikdagi 
davr sifatida rejalashtiriladi. O‘tish davrining asosiy vazifasi – bu 
faol holatda dam olish, jismoniy va ma’naviy kuchni qayta tiklash, 
musobaqa faoliyatidan keyin jarohatlarni davolash va profilaktika 
maqsadlarini ko‘zda tutadi. 


606
Planka 
– vertikal holatdagi yengil atletika sakrash turida maxsus 
moslama bo‘lib, shishatoladan (fiberglass) tayyorlanadi yoki boshqa 
ushbu maqsad uchun yaroqli materiallardan ishlanishi mumkin, 
biroq metaldan yasalmaydi, planka ma’lum bir aniqlikdagi ustunga 
o‘rnatiladi. Balandlikkaa sakrashda plankaning umumiy o‘rnatilish 
balandligi 4 metrni tashkil qiladi, langarcho‘p bilan sakrashda esa 
uning o‘rnatilish balandligi 4,5 metrni tashkil qiladi. Plankaning 
dumaloq shakldagi qismining diametr o‘lchami 30 mm ni tashkil 
qiladi.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin