Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə300/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Krossovka 

 
chigil yozdi yugurish mashqlari va kross masoba-
qalarda yugurish maqsadlarida mo‘ljallangan, maxsus yengil atletika 
sport oyoq kiyimi hisoblanadi. 
Yengil atletika 
– yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ushbu 
sport turlari umumiyligi ko‘rinishidagi ko‘pkurash bellashuvlaridan 
tashkil topgan mashqlar hisoblanadi. 
Yengil atletika uloqtirish mashqlari 
– sporchining vazifasi 
sport anjomini (snaryad) iloji boricha maksimal uzunlik masofasiga 
uloqtirishdan tashkil topgan, bunda albatta, uloqtirishning ma’lum 
bir aniq turi bo‘yicha belgilangan texnika tartib va qoidalariga amal 
qilinishi talab etiluvchi, guruh holida bajariluvchi yengil atletika turi 
hisoblanadi. Yengil atletika uloqtirish mashqlari 4 ta turni o‘z ichiga 
oladi: jumladan, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, bosqon uloqtirish va 
yadro itqirish.
Yengil atletika ko‘pkurashi 
– yengil atletika turlaridan (yugurish, 
sakrash va uloqtirish) tashkil topgan ko‘pkurash bahslari hisoblanadi. 
Olimpia dasturi tarkibida hozirgi kunda ko‘pkurashning ikkita turi 
qayd qilinadi: jumladan, erkaklar uchun o‘nkurash bahslari va ayollar 
uchun yettikurash bellashuvlari amalga oshiriladi. 


604
Yengil atletika sakrashi 
– sporchining vazifasi gorizonal tekislik 
bo‘ylab (gorizontal holatda sakrash – uzunlikka sakrash va uch 
hatlab sakrash) maksimal masofa asosidagi natijani zabt etishi bilan 
belgilanuvchi yoki maksimal balandlikka o‘rnatilgan plankani oshib 
o‘tish (vertikal sakrash – balandlikka sakrash va langarcho‘p bilan
sakrash) bilan belgilanuvchi, guruh holidagi yengil atletika sport turi 
hisoblanadi.
Makrosikl 
– yengil atletikachining-yillik tayyorgarligi davomida 
yarim-yillik va-yillik mashg‘ulotlar siklidan tashkil topgan bo‘lib, tay-
yor garlik va musobaqa mashg‘ulotlari davrlaridan iborat hisob lanadi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin