Yengil atletika va uni


m ga g‘ovlar osha yugurish texnikasi



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

6.4. 400 m ga g‘ovlar osha yugurish texnikasi
400 m ga g‘ovlar osha yugurish sportchiga katta talablar qo‘yadi. 
Masofani yuqori tezlikda yugurib o‘tish lozim, uning so‘nggi choragida 
esa sportchi qattiq charchagan holatda bo‘ladi. To‘siqlar bir-biridan 
uzoqqa joylashtiriladi va burilishlarda ham, to‘g‘ri yo‘lkachada ham 
katta tezlikda oshib o‘tiladi. 
Burilishlarda yugurish va masofaning turli kesmalarida rejalash-
tirilgan miqdordagi qadamlarni bajarish asosiy texnik murakkablikni 
yuzaga keltiradi. Burilishda sportchining o‘ng oyoq bilan itarilishi 
qulayroq. Bu holda u g‘ovdan oshib o‘tish qoidasini buzish xavfidan 
cho‘chimay, yo‘lkacha qirg‘og‘iga yaqinroq yugurishi mumkin. O‘ng 
oyoq bilan itarilish markazga intiluvchi kuchni engish jihatidan ham 
afzalroq – yuguruvchi burilish markazi tomon og‘ib harakatlanadi. 
Ikkinchi tomondan, bu itariluvchi oyoqning g‘ov ortidagi faoliyatini 
qiyinlashtiradi.
G‘ovning balandligi gavdaning yugurish holatini saqlagan holda uni 
sezilarsiz egilib oshib o‘tishga imkon beradi. Bu OMO‘ tebranishlarini 
kamaytiradi. 


185
29-rasm.
 400 m ga yugurishda g‘ovni oshib o‘tish kinogrammasi
Chap oyoq bilan g‘ov ustiga itarilishda sportchi yo‘lkachaning ichki 
qirg‘og‘idan 60-80 sm masofada yugurishga majbur bo‘ladi, aks holda 
uning tizzasi yoki oyoq kafti g‘ov plankasi uchidan nariga o‘tib ketishi 
mumkin, bu musobaqa qoidalarini buzish hisoblanadi. G‘ov ustidan 
oshib o‘tish jarayoni ham murakkablashadi, masofa esa, burilishda 
4-5 ta g‘ovni oshib o‘tish hisobga olinsa, butun 4 metrli kesmada 3-4 
metrga uzayib ketadi. G‘ovni oshib o‘tish vaqtida oyoqlar harakati 
amplitudasi g‘ovlar orasidagi qadamlar miqdoriga bog‘liq. G‘ovlar 
orasida 15 qadam ritmidan foydalaniladigan bo‘lsa, bu harakatlar 
qisqaroq, 14 qadam ritmida – kengroq bo‘lib, 13 qadamda amplituda 
mak simal darajaga etadi. 
400 va 110 m masofada g‘ovlarni oshib o‘tish texnikasida jiddiy 
tafo vutlar yo‘q.
Startdan tezlik olish. Startdan yugurib tezlik olish g‘ovlar orasida 
yugu rish ritmiga bog‘liq. 15 qadamlik ritmdan foydalanilsa, birinchi 
g‘ov gacha bo‘lgan masofani (45 m) 22 qadamda yugurib o‘tish mum-
kin, 14 qadamlik ritmda – 21 qadam, 13 qadamlik ritmda esa – 20 
qa dam. Qadamlarning bunday nisbatida startdan tezlik olishda yugu-
rish ning xususiyati qadamlarning uzunligi bo‘yicha ham, ritmiga ko‘-
ra ham masofa bo‘ylab yugurishga yaqin turadi. 
Ayollarda 400 m ga yugurishda g‘ovlarning joylashuvi xuddi 
erkak larning musobaqalaridagi kabi, lekin g‘ovlarning baland-ligi ki-
chikroq. So‘nggi vaqtlarda butun masofani 15 qadamlik ritmda yugu-
rib o‘tishga qodir bo‘lgan ayollarni ko‘rish mumkin. Ayollarning 15 
qadami erkaklarning 13 qadamiga teng.


186

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin