G‘ovlar osha yugurish. Erkaklarda masofaning 35 metrlik qismini
yugurib o‘tishda g‘ovlar orasida qadam tashlash ritmining bir necha
varianti mavjud. Birinchi guruhga butun masofa bo‘ylab g‘ovlar
orasida bir xil miqdorda qadam tashlashdan foydalanuvchilar kiradi.
Malakali sportchilarda bu 15, 14 yoki 13 qadam bo‘lishi mumkin.
Yuqori malakali sportchilar faqat 13 qadamli ritmdan foydalanadilar.
Juft miqdordagi qadamlar ritmidan foydalanadigan sportchi hujum
qiluvchi oyog‘ini navbatma-navbat almashtirib g‘ovlarni oshib o‘tishi
kerak bo‘ladi.
Boshqa guruhda sportchilar qadamlar ritmining aralash variantlarini
qo‘llaydilar. Malakasi pastroq sportchilar 5-6 ta g‘ovni 15 qadamlik
ritmda, keyingi 2-3 tasini 16 qadamda oshib o‘tib, masofaning yakun-
lovchi qismida 17 qadamlik ritmdan foydalanishlari mumkin. Sport
mahorati oshgan sayin variant, masalan, quyidagicha o‘zgaradi: 5-7
ta g‘ov 13 qadamda, keyin 14, oxirida esa 15 qadamda oshib o‘tiladi.
Aralash variantlarni bajarish juda qiyin sanaladi.
G‘ovlar orasini 15 qadamda yugurib o‘tganda, qadamlar uzunligi
222 smga, 14 qadamda – 235 smga, 13 qadamda – 255 smga teng bo‘-
la di. Agar qadamlar uzunligi bo‘yicha bir oz zahira qoldirish zaruratini
hisobga oladigan bo‘lsak, u holda tekis yo‘lkada yugurgan sportchining
qadamlari shunday uzunlikka ega bo‘lishi kerak: 15 qadamlik ritmda –
240 sm, 14 qadamda – 255 sm, 13 qadamda – 270 sm.
Ritmning o‘zgarishi sodir bo‘ladigan kesmalar eng murakkab
hisoblanadi. Odatda, bu 5 va 6 yoki 7 hamda 8-g‘ovlar orasida yuz
beradi. Sportchi qadamlarini keskin qisqartirishga majbur bo‘ladi,
g‘ovni oshib o‘tish jarayoni ham qiyinlashadi, g‘ovlar orasidagi
kesmani yugurib o‘tish vaqti ham ortadi.
So‘nggi g‘ovdan marragacha bo‘lgan oraliq 40 m ni tashkil etadi,
lekin uni sportchi nihoyatda charchagan holatda bosib o‘tadi.
Masofani kamroq miqdordagi qadamlar bilan bosib o‘tishga
vaqtidan ilgari harakat qilish sportchini juda tez, deyarli bor kuch
bilan yugurishga majbur qiladi. Aks holda u g‘ovlar orasida qadam
tashlash ritmiga bardosh bera olmaydi. Yugurishni bunday boshlash
maso faning yakunlovchi qismida tezlikning jiddiy pasayishiga sabab
bo‘ladi. Shuning uchun bellashuv tezligida 13 qadam ritmida yugu-
187
rishni egallab olgach va birmuncha zahiraga ega bo‘lganda, shun day
ritmdan foydalanish mumkin.