Bu taʼlimot asoschisi J. Kyuvye fikricha, Yer yuzidagi oʻsimlik va hayvonlar bir necha marta qirilib ketib, qaytadan vujudga kelgan va har gal avvalgisiga nisbatan murakkabroq formalar paydo boʻlgan. Ch. Darvinnnnt evolyutsion taʼlimoti yaratilgandan soʻng Kreatsionizm oʻz mavqeini yoʻqotdi. Ch. Darvindan keyingi davrda Kreatsionizm tarafdorlari oʻz dunyoqarashini oʻzgartirishga majbur boʻlishdi. Endi ular turlarning oʻzgarishi va odamning paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi evolyutsion vazariyani inkor qilishmaydi, lekin insonga aql-idrok va ruhiy faoliyatni yaratganning oʻzi ato etgan deb tushuntirishadi. «Ilmiy Kreatsionizm» tarafdorlari (asosan, AQSHda) evolyutsion taʼlimotni organik dunyoning mavjudligi toʻgʻrisidagi ashyoviy dalillarga ega boʻlmagan tushunchalardan biri sifatida diniy dunyoqarashlar bilan bir qatorga qoʻyishga harakat qilishmoqda.

Transformizm bilan Kreatsonizm o’rtasidagi kurash
Tabiat fanlarida to’plangan juda ko’pdan-ko’p dalillar tabiatdagi turlar o’zgarmaydi degan g’oyaning noto’g’ri ekanini tasdiqlaydi. Bu esa o’simlik va hayvonlar turi o’zgarishi mumkin degan oqim-transformizmni (transformo-o’zgarish) paydo bo’lishiga olib keldi. Bu oqimning tipik namoyondalari - R.Guk, J.Lametri, D.Didro, J.Byuffon, E.Darvin, Gete, Sent-Iler, K.Rule, A.Kavereznev va boshqalardir.