Yer sharining tuzilishi Yer shari asosan bir necha kontsentrik qobiqlardan iborat bo’lib, uning zichligi sirtidan markaziga qarab oshib boradi. Bu qobiqlar yig’indisi geosfera deb ataladi. Geosfera o’z navbatida atmosfera, gidrosfera, biosfera va litosfera deb ataluvchi qobiqlardan iborat. Yerning markaziy qismi yadro deb ataladi.
Atmosfera. Yer sharini o’rab turgan xavo qatlami atmosfera deb ataladi, u o’z navbatida troposfera, stratosfera va ionosfera qatlamlaridan iborat. Atmosfera-ning qalinligi taxminan 1300 km ga teng. Troposfera atmosferaning quyi termodi-namik qobigi bo’lib, qalinligi qutbda 7–10 km, ekvatorda 16–18 km. Uning tarkibida azot 75,5 %, kislorod 23,2 %, argon, karbonat kislota gazi, suv bug’lari va boshqa gazlar 1,3 % ni tashkil etadi. Troposfera atmosfera massasining 90 % ni tashkil qiladi. Traposfyera xavosining xarorati stratosfera qatlami bilan chegara-langan qismida minus 40–50o S ga teng.
Stratosfyera qatlamining qalinligi 80–85 km. Stratosferada azot, geliy va vodorod gazlarining miqdori oshsa, og’ir gazlar–kislorod, argon, karbonat kislotasi gazi va boshqalarning miqdori kamayadigaz temperatura 55–60 km balandlikda Q75oS ga yetsa, keyin asta-sekin pasayadi va atmosferaning yuqori chegarasi bo’lgan ionosfera chegarasida yana oshadi.
Ionosfyera qatlami stratosfera ustida joylashgan bo’lib, atmosferaning eng qalin (80–1000km) qatlami xisoblanadi. Ionosferada gazlar juda kam siyraklashgan bo’lib, uning tarkibida yengil gazlardan vodorod va geliy uchraydi. Yer yuzasidan uzoqlashgan sari gazlarning xarorati pasayib boradi.
Gidrosfyera. Yerning suv qatlamiga dengiz, okean, daryo, ko’l suvlari, xamda Arktika va Antarktida materiklaridagi muzliklar kiradi. Gidrosfera suvlari bilan yer osti suvlari uzviy bog’liqdir.
Gidrosferaning geosferalardan farqi u yerning tutash qobiklarini tashkil eta olmasligidadir. U yer yuzasining 70,8% ini, ya'ni 361 mln. km2 maydonni (yerning quruqlik qismi 29,2% ni, ya'ni 149 mln. km2 maydonni tashkil etadi) egallaydi. Gidrosferaning o’rtacha qalinligi 3,75km ga, eng qalin joyi 11,521km ga (Filippin cho’kmasi) teng.
Gidrosfera qatlami o’zining tarkib to vaqtidan suvlarning aylanma xarakatlanishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun xam u yer yuzasining rivojlanishida kuchli geologik faktor xisoblanadi. Gidrosfera yerda xayotning paydo bo’lishiga asosiy omildir. Shu boisdan xayotni suvsiz tassavur qilib bo’lmaydi.