3. Suyuqliklarning bug’lanishi. Kondensatsiya. Suyuqlik bilan bug’ning muvozanati.
Uzluksizlik tenglamasidan o’zgaruvchan kesim yuzali quvur orqali oqayotgan suyuqlikning tezligi o’zgarib turadi degan xulosa kelib chiqadi. Suyuqlik quvurning keng qismidan tor qismiga oqib o’tganda tezligini oshirib, tezlanish oladi. Aksincha, suyuqlik quvurning tor qismidan keng qismiga oqib o’tganda, tezligini kamaytirib sekinlanuvchan harakat qiladi.
Nuytonning ikkinchi qonuniga ko’ra jismlar faqat kuch ta’sirida tezlanish olishi mumkin. U holda suyuqlik quvurning kesim yuzasi S1 bo’lgan qismidan kesim yuzasi bo’lgan qismiga oqib o’tganda, unga tezlanish beruvchi kuning tabiati nimadan iborat degan savol tug’iladi.
4. Qattiq jismlarning tuzilishi, kristall panjara va ularning turlari.
Bizga ma’lumki, gazlar qanday idishga solinmasin idishning butun hajmi bo’yicha taqsimlanib idish hajmini butunlay egallaydi, suyuqliklar esa idishning shaklini egallab ma’lum hajmnigina egallaydi. Qattiq jismlar esa gaz va suyuqliklardan aniq geometrik shaklga ega bo’lishi bilan tamomila farq qiladi. Qattiq jismlar fizik xossalariga ko’ra ikki turga: kiristall va amorf jismlarga ajratiladi. Kristall jismlarni eng xarakterli tomoni ularni tashkil etuvchi zarralar aniq geometrik shaklda joylashishidir. Masalan: osh tuzi NaCl kristallari kub shakliga ega. Kristall jismlarning asosiy xarakterli alomati unga anizatropiyaning mavjud bo’lishidir. Anizatropiya deb bir jismli jismni fizik xossalari turli yo’nalishda har xil bo’lishiga aytiladi.