BUXORO MUHANDISLIK- TEXNALOGIYA INSTITUTI “YER USTI TRASPORT TIZIMLARI” FAKULTETI 904-21 TVM GURUH TALABASI NAYIMOV MIRZABEKNING KIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI.
Tabiatda moddalarning gaz, suyuq va qattiq holatlarda bo’lish sabablarini molekulyar –kinetik nazariya to’liq tushuntiradi.
Gaz molekulalari orasidagi o’rtacha masofa ularning diametriga nisbatan juda katta bo’ladi. shuning uchun gazlar osongina siqiladi, chunki gazni siqqanimizda molekulalar orasida o’rtacha masofa kamayadi. Lekin siqilish jarayonida molekulalarning o’lchamlari (diametri) o’zgarmaydi, chunki molekulalar bir –biriga yaqinlashganda, ular orasida kuchli itarishish kuchi hosil bo’ladi. bu kuch esa molekulalarning bir –biriga tegib, “ezilishiga” yo’l qo’ymaydi.
Qattiq jismning zichligi suyuqlikning zichligidan ancha katta. Shuning uchun qattiq jismning atom yoki molekulalari suyuqlik molekulalariga nisbatan bir –biriga juda yaqin joylashgan. Shu sababli qattiq jism molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir kuchi suyuqlik molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir kuchidan ancha katta. Qattiq jism molekulalari biror muvozanat vaziyati atrofida asosan tebranib turadi. Kamdan –kam hollarda qattiq jism molekulalari o’zining muvozanat vaziyatini o’zgartiradi. Shu sababli qattiq jism muayyan hajmga va muayyan shaklda ega bo’ladi. Agar qattiq jismning atom yoki molekulalarining muvozanat vaziyati markazlarini to’g’ri chiziq bilan tutashtirsak, kristall panjara deb ataluvchi fazoviy panjara hosil bo’ladi. Kristall panjarada atomlarning joylashishidagi ichki tartib tufayli uning tashqi ko’rinishi ham muntazam geometrik shaklda bo’ladi.

Modda tuzilishining molekulyar –kinetik nazariyasi uning gaz, suyuqlik va qattiq holatlari orasidagi asosiy farq quyidagilardan iborat ekanligini bildiradi: