Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari



Yüklə 20,93 Kb.
səhifə4/4
tarix02.01.2022
ölçüsü20,93 Kb.
#44280
1   2   3   4
Документ (10)

Zarafshon botig‘i joylashgan. Bu botiqdan Zarafshon daryosi oqib o‘tadi va Samarqand shahri yaqinida ikkiga — Oqdaryo va Qoradaryoga ajraladi. Xatirchi qishlog‘i yaqinida yana birlashadi va uzunligi 100 km, kengligi 15 km ga yaqin Miyonqol orolini hosil qiladi. Botiqning okean sathidan balandligi sharqiy qismida 900 m, g‘arbida esa 300 m.

Zarafshon tizma tog‘larining janubida Kitob-Shahrisabz tog‘ oraliq botig‘i joylashgan bo‘lib, u janubi sharqdan Hisor tog‘ining janubi-g‘arbiy tarmoqlari bilan o‘ralgan, g‘arb tomoni esa ochiqdir. Uning okean sathidan balandligi g‘arbida 500 m, sharqida esa 1000 m gacha ko‘tarilgan.



O‘zbekistonning janubiy qismida Surxon-Sherobod botig‘i shimoli sharqdan janubi g‘arbga qarab cho‘zilgan. U shimol, shimoli g‘arb va g‘arbdan Hisor tog‘i va uning tarmoqlari bilan o‘rab olingan. Botiqning o‘rta qismidan Surxondaryo va Sherobod daryolari kesib o‘tadi. Surxondaryo vodiysining okean sathidan balandligi janubi g‘arbida 300 m, shimoli sharqida esa 700 m. 
Yüklə 20,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin