Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari



Yüklə 20,93 Kb.
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü20,93 Kb.
#44280
1   2   3   4
Документ (10)

Tog‘lari. Tyanshan  va  Hisor-Oloy tog‘ tizmalarining g‘arbiy va janubi-g‘arbiy tarmoqlari O‘zbekiston hududida joylashgan. Ularning okean sathidan balandligi janub va g‘arb tomon asta-sekin pasayib borib, tekisliklarga tutashib ketadi. O‘zbekistonning shimoli-sharqiy qismida G‘arbiy Tyanshanning bir qancha tog‘ tizmalari (Qorjontov, Ugom, Piskom, Chatqol, Qurama) joylashgan. Bular Talas Olatovidan boshlanadi. Bu tog‘ tizmasida Manas  nomli cho‘qqi bo‘lib, uning okean sathidan balandligi 4484 m dir. Chatqol tog‘ tizmasining O‘zbekiston hududida joylashgan qismida esa Katta Chimyon nomli cho‘qqi bo‘lib, uning balandligi 3309 m ga yetadi. Chatqol va Qurama tog‘ tizmalari orasida Ohangaron platosi joylashgan. G‘arbiy Tyanshan tog‘ tizmasining okean sathidan balandligi  2500-4000 m bo‘lib, uning yuqori qismlarida muzliklar uchraydi.

Farg‘ona botig‘ining markaziy qismi O‘zbekistonda joylashgan bo‘lib, g‘arbdan Qurama, shimoldan Chatqol, sharqdan Farg‘ona, janubdan Oloy, Turkiston tog‘ tizmalari o‘rab olgan.

Turkiston tog‘idan shimoli g‘arbga qarab Morguzar va Chumqor tog‘lari ajralib chiqqan. Chumqor tog‘ining faqat shimoliy yonbag‘rigina O‘zbekistonga qaraydi. Morguzar tizmasining shimoli g‘arbida Nurota tog‘ tizmalari o‘rin olgan bo‘lib, ular bir-biridan Sangzor daryosining «Amir Temur darvozasi»  darasi bilan ajralib turadi. Nurota ikki qismdan — Shimoliy va Janubiy Nurota tizmalaridan iborat. Shimoliy tog‘ tizmasidagi Hayotboshi cho‘qqisining balandligi 2169 m ga yetadi. Janubiy Nurota alohida ko‘tarilmalar (Oqtov, Qoratov, Qarachatog‘, G‘ubdintog‘)dan iborat.

Zarafshon daryosi vodiysining janubida Zarafshon tizma tog‘lari joylashgan bo‘lib, u O‘zbekiston hududida Chaqilkalon va Qoratepa nomlari bilan ataladi va ancha pasayib qoladi. Bu tog‘larning g‘arbida esa Zirabuloq, Ziyovuddin nomli past tog‘ tizmalari bo‘lib, ularning eng baland qismi 1115 m ga yetadi.

Zarafshon tizma tog‘larining janubida Hisor tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy tarmoqlari (Yakkabog‘, Surxontog‘, Ko‘hitang va boshqalar) joylashgan. O‘zbekistonning eng baland cho‘qqisi Hazrat Sulton (4643 m) Hisor tog‘ida joylashgan. Janubiy O‘zbekistonda Bobotog‘ tizmasi ko‘tarilgan bo‘lib, Zarkosa cho‘qqisining balandligi 2289 m dir.


Yüklə 20,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin