Ximiyaviy reaksiyalar energiyasi - lyuminessensiyani uyg‘otishning yana bir manbaidir. Tilla qo‘ng‘iz organizmida ximiyaviy energiya 100% ga yaqin katta FIK li yorug‘lik energiyasiga o‘tadi. Bu lyuminessent lampalarnikidan 5 marta kattadir. Bunday xil lyuminessensiya xemilyuminessensiya deb ataladi.
Lyuminessensiya faqat gaz-razryadli lampalar va kineskoplardagina emas, boshqa sohalarda ham qo‘llaniladi. Moddalarning juda kichik konsentratsiyasida lyuminessent nurlanish kuzatiladi. Lyuminessent analiz usuli ana shunga asoslangan. Bug‘langan quduqdan chiqadigan jinslar bo‘lagining lyuminessensiyasini tadqiq qilib, neftchilar neft qatlamlari yaqinligini bilib oladilar va hatto neft miqdorini hisoblaydilar.
Optik kvant generatorlari (lazer)
Lazer nurlanishning xossalari
Lazerlarning qo’llanishi
Mazerlar, razerlar va grazerlar haqida ma’lumotlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar