yerning ichki tuzilishi Yer nazariy – farzaiy jihatdan uch asosiy qismga bo’lib o’rganiladi: Qobiq, Mantiya va Yadro. Yer qobig’i qalinligi, okean chuqurliklariga nisbatan, 5 – 10 kilometr, tekisliklarda esa, 35 – 45 km, tog’li hududlardan esa 70 kilometr va undan yuqori masofada o’zgaradi. Umuman olganda esa, yer qobig’ini o’rtacha 33 kilometr qalinlikdagi bir jinsli qatlam sifatida, shartli ravishda tasavvur qilinadi. Qobiqdagi tog’ jinslari harorati o’rtacha har 33 metrda 1°C ga ko’tariladi. Qobiq qatlamida bir birini almashtirib takrorlanuvchi (qum, tuproq, gil, ohaktosh kabi) cho’kindi jinslar qavati hamda, granit va bazaltdan iborat magmatik qavatlar mavjud. Cho’kindi jinslar asosan organik moddalarning yig’indisidan iborat bo’lib, ularning ko’pchiligi foydali qazilmalar sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Cho’kindi jinslar qavatidan keyin granit qatlami mavjud bo’lib, u yer qobigi’da magmaning yuqori bosim va haroratda otilib chiqishi va sovub, qattiq holatga o’tishi tufayli vujudga kelgan. Granitdan keyin bazalt qatlami mavjud bo’lib, u granitdan ko’ra og’irriq va unda temir, kaltsiy va magniy moddalari ko’proq. Qobiqdan keyin, 33 – 29000 kilometr chuqurlik intervallarida Mantiya joylashgan. Mantiya Temir, Magniy va Qo’rg’oshindan ekanligi va o’rtacha harorati 2000 °C atrofidaligi taxmin qilinadi. Yer qobig’i va mantiyasining yuqori qismi o’zaro birgalikda yer litosferasini tashkil qiladi. Litosfera bir necha ulkan litosferik plitalardan iborat bo’lib ular doimo bir biriga nisbatan harakatda bo’ladi. Aynan shu litosferik plitalar chegaralari bo’ylab zilzilalarning nisbatan ko’p o’choqlari paydo bo’ladi. Mantiya va qobiq chegarasi – «Moxrovich yuzasi» deb ataladi va unda seyesmik to’lqinlar tarqalish tezligi keskin sakrashlar bilan kuchayadi. Materiklardan 120 – 150 km, okeanlardan esa 60 – 400 km chuqurlikda «Atenosfera» deb nomlanuvchi qatlam joylashgan bo’lib, bu qatlamdagi moddalar erish haroratiga yaqin va juda ham past qovushqoqlik xususiyatida ekanligini, va bu qatlam o’zidan yuqorida joylashgan litosfera qatlamlarini o’z sirti bo’ylab sirpangan singari harakatga keltirishini soha mutaxassislari taxmin qiladilar. Yerning markaziy qismini esa, 2900–6371 kilometrlik qatlamda yer Yadrosi joylashgan. Yadro ham o’z navbatida ikki qismdan iborat deb taxmin qilinadi: Birinchi, tashqi qismi 2900–5000 kilometr qalinlikda bo’lib, uning suyuq holda, ya’ni, erigan temir va uning aralashmaliridan iborat ekanligi, va ikkinchi – ichki yadro 5000–6731 kilometr qatlamda bo’lib, qattiq qatlam deb faraz qilinadi. Yer yadrosining tuzilishi va fizik xususiyatlari hali to’liq o’rganib chiqilmagan. Olimlar (hatto asboblar yordamida ham) Yer qa'riga juda chuqur kirib borish imkoni bo’lmagani uchun uni o’rganishda tadqiqotning boshqa usullaridan foydalanishadi. Shunday usullardan biri vulqonlar otilishini o’rganishdir. Vulqonlar Yer yuzasiga nihoyatda qizib ketgan gazlarni va suyuq tog’ jinslarini chiqarib tashlaydi. Bu Yer qa'ridagi temperatura juda issiq ekanini ko’rsatadi. Yana bir usul zilzilalarni o’rganishdir. Zil-zila vaqtida paydo bo’ladigan to’lqinlar Yerning ichki qismini rentgen surati kabi aks ettiradi. Zilzila ro’y berayotganda tog’ jinslari orqali turli tomonga har xil tebranishlar tarqaladi. Bu tebranishlar seysmik to’lqinlar deb ataladi. Ular turli materiallardan turlicha tezlikda o’tadi, bir tog’ jinsidan ikkinchisiga o’tayotganda, yo’nalishi ham o’zgarib ketadi. Olimlar bunday to’lqinlarni o’ta sezgir asboblar yordamida o’rganib, Yerning ichki qatlamlarida nima bor ekanini bilib olishadi. Ular 2 880 km chuqurlikda seysmik to’lqinlar harakati keskin o’zgarishini aniqlashdi. U yerda to’lqinlarning ayrim turlari yo’nalishini o’zgartiradi, boshqalari esa butunlay yo’q bo’lib ketadi. Demak, ushbu chuqurlikda material o’zgaradi. Zilziladan hosil bo’ladigan zarba to’lqinlari turli seysmik stansiyalarga turli vaqtda yetib boradi. Bu qisman to’lqinlarni o’tkazadigan materialga bog’liq. Bu Yer qa'rida nimalar borligini o’rganish kalitidir. Yer qa'rida nima bor, degan savolga qisqacha javob quyidagichadir: qattiq tog’ jinslaridan tarkib topgan ustki qatlam va qobiqning qalinligi qit'alar ostida 50 km.ni, okeanlar ostida esa 5 km.ni tashkil etadi. Qobiqning ostida ham qattiq jinslardan tarkib topgan mantiya bor. Uning qalinligi 2900 km.dir. Yerning ichki qismida yadro bor. Yadro ham ikkiga bo’linadi. Tashqi suyuq yadro erigan temir va nikeldan tarkib topgan, uning ichida esa qattiq metalldan iborat ichki yadro bor. KATTA RAHMAT