«Yig`ish chizmalarini bajarish» mavzusini o‘qitish metodikasi. Reja


Yig’ish chizmalarini o’qish va detallarga ajratish



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə5/7
tarix04.02.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#82823
1   2   3   4   5   6   7
«Yig`ish chizmalarini bajarish» mavzusini o‘qitish metodikasi. R

Yig’ish chizmalarini o’qish va detallarga ajratish

Yig’ish chizmasi buyumlarni yig’ish va nazorat qilish uchun xizmat qiladi. O’quv protsessida yig’ish chizmalaridan, odatda, detallarning ish chizmalarini bajarish uchun (detallarga ajratish uchun) foydalaniladi.

Yig’ish chizmalarini detallarga ajratish yo’li bilan o’qish, detallarning chizmadagi tasvirlari bo’yicha bu detallarning shaklini fikran tasavvur qila olish qobiliyatini ustiradi.

Detallarning ish chizmalarini chizishda ularning o’lchamlari bevosita yig’ish chizmasidan lineyka va sirkul, yig’ish chizmasi masshtabini nazarda tutgan holda o’lchab olinadi.

Yig’ish chizmasini detallarga ajratib chizishdan oldin spetsifikatsiya bilan tanishib chiqish lozim. Spetsifikatsiyadaga pozitsiya nomerlariga qarab yig’ish chizmasidan har bir detalning tasviri shakli va o’lchamlari aniqlanadi.

Bir detalning o’zi hamma qirqimlarda bir tomonga shtrixlanishi, tutash (yondosh) detallar esa turli yo’nalishlarda shtrixlanishi esda tutish zarur.

Detalning ish chizmasidagi tasvirlarning joylashishi yig’ish chizmasidagiga o’xshash bo’lishi shart emas. Ko’rinishlarni, qirqimlarni va kesimlarni chizishda GOST 2.305-68 tavsiyanomalariga amal qilish zarur.

Detallarning ish chizmalari standart formatli alohida listlariga chiziladi.

Yig’ish chizmasiga asosan detalning ish chizmasini bajarish misoli. Yig’ish chizmasida (12-shakl) quyma buyumlarni karbonat angidrid gazini purkab tozalash uchun mo’ljallangan klapan – pistolet tasvirlangan.


12-shakl

Detallarga ajratishga kirishdan oldin buyumning tuzilishi va bu buyumning ishini tushuntiruvchi tekstini ukib chikish va buyumning shakli to’g’risida umumiy tasavvur hosil qilish kerak

Yg’gma birlikning (12-shakl) vazifasi va tuzilishini aniqlab olgandan keyin spetsifikatsiyasining mazmuni (13-shakl) bilan tanishib chiqish kerak.

Har bir detalning shaklini ko’z oldimizga keltirib olganimizdan keyin (13-shakl) detallarni o’quv ish chizmasini bjarishga kirishish mumkin.

Klapan-pistolet korpusining ish chizmasi 14-shaklda keltirilgan.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin