Yigitlik yillari Davlat va jamoat arbobi



Yüklə 48,54 Kb.
səhifə4/6
tarix16.12.2022
ölçüsü48,54 Kb.
#75655
1   2   3   4   5   6
Alisher Navoiy

Ijod ogʻushida
Alisher Navoiy sheʼrni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham sheʼr yozishni toʻxtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga ragʻbat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Bayqaroning oʻzi unga rahnamolik qildi. Ulugʻ shoirning ilk sheʼriy devonini muxlislari tuzgan boʻlsalar, birinchi devoni — „Badoye ul-bidoya“ („Badiiylik ibtidosi“)ni 1472-1476-yillarda shohning amri va istagiga koʻra oʻzi kitob qildi. 1485-1486-yillarda ikkinchi devon — „Navodir un-nihoya“(„Nihoyasiz nodirliklar“) maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481-1482-yillarda „Vaqfiya“ asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarfu xarajatini taʼmin qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi. Alisher Navoiyning eng katta orzusi doston yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141-1209) dan keyin shoirlik qudtarining mezoniga aylanib qolgan „Xamsa“ yaratish edi. Nizomiyning „Panj ganj“ nomi bilan tarixga kirgan „Xamsa“si 5 masnaviydan tashkil topgan edi: „Maxzan ul — asror“(„Sirlar xazinas“), „Xusrav va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Hayf paykar“(„Yetti goʻzal“), „Iskandarnoma“. Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy (1253-1325) javob qildi. U oʻz dostonlarini „Matla ul-anvor“ („Nurlar boshlanishi“), „Shirin va Xusrav“, „Majnun va Layli“, „Hasht behisht“(„Sakkiz jannat“), „Oynayi Iskandariy“ (Iskandar oyinasi) deb ataladi. Lekin bular hammasi forsiy tilda yozildi. Ulardan forslar, shu tilni bilganlargina bahramand boʻldilar. Oʻz xalqining shunday hazinadan bebahra qolishi Navoiyni qiynadi.
Navoiy maslahatga ustozi Abdurahmon Jomiy huzuriga boradi. Jomiy Navoiyni bu ishga tezlikda kirishishga undaydi, uning oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonchini mustahkamlaydi. Navoiy besh dostonni ikki yilda tamomlaydi. 1483-yilda oʻz „Xamsa“sini yoza boshlab, 1485-yilning boshida yugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba „Xamsa“ yaratiladi. Olimu fuzalo — barcha bu hodisani zoʻr olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning „Badoyeʼ ul-vaqoe“sidan: "Shoh Navoiyga: „Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan koʻpdan hal boʻlmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik“, deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi boʻlishini koʻpdan orzu qilar va uni „pirim“ deb atar edi.
Alisher esa har gal: „Yo Ollo, yo Ollo, bu qanday gap boʻldi! Aslida — biz muridmiz, siz — hammasiga pirsiz“, der edi. Endi Sulton Husayn Alisherdan soʻradi: — Pir nima-yu, murid nima?
Alisher javob berdi:

  • Pirning tilagi — muridning tilagi boʻlishi kerak.

  • Shunda Sulton Husayn oʻzining oq otini olib kelishni buyuradi. Ot juda asov, chopagʻon edi.

Sulton Husayn aytdi:

  • Siz pir, men murid boʻladigan boʻlsam, Siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman.

Alisher noiloj otga minishga majbur boʻladi. Ot gʻoyat asov boʻlib, shohdan boshqani oʻziga yaqinlashtirmas edi. Alisher oyogʻini uzangiga qoʻyishi bilan ot tipirchilay boshladi, Sulton Husayn otiga oʻshqirdi, ot itoat qilib, Alisherning minishini kutdi. Alisher egariga oʻtirishi bilan Sulton Husayn otining jilovidan ushlab yetaklay boshladi. Alisher hushidan ketdi. Uni egardan koʻtarib oldilar. Tarihda bunday hol koʻrilmagan edi. Hech bir zamonda shoh shoirga jilovdorlik qilmas edi. 1480-1490-yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali davr boʻldi. Shoir „Xamsa“ dan keyin koʻp oʻtmay, ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi. U 1488-yilda yozgan „Tarixi mulki ajam“ („Ajam shohlar tarixi“) shularning biri edi. Bu asar „Muhokamat ul-lugʻatayn“da „Zubdat ut-tavoxir“(„Tarixlar qaymogʻi“) deb ham ataladi. 1480-yillarning oxiri, 1490-yillarning boshida Navoiyning yaqin doʻstlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492), Pahlavon Muhammad (1493) ketma-ket vafot etdilar. Navoiy ularga bagʻishlab „Holoti Sayyid Hasan Ardasher“, „Xamsat ul-mutahayyirin“, „Holoti Pahlavon Muhammad“ asarlarini yozadi. Bu asarlar nasriy boʻlib, shoirning bu ulugʻ zamondoshlari haqidagi memuar xotiralaridan tashkil topgan edi. 1491-yilda muammo janriga bagʻishlangan „Risolayi muammo“ (ikkinchi nomi „Mufradot“) risolasini yozi. Navoiy zamonasida muammo janri keng tarqalgan boʻlsa — da, asosan, fors tilida yozilar edi. Navoiy oʻzbek tilida muammo yozgan ilk oʻzbek shoirlaridan boʻldi. „Xazoyin ul-maoniy“ga uning 52 muamosi kiritilgan. Shoirning fors tilidagi muammolarini esa 500 chamalaydilar. Navoiyning 1490-yillardagi eng katta xizmatlaridan biri „Xazoin ul maoniy“ („Maʼnolar xazinasi“)ni tuzish boʻldi. 1492-1498-yillarda tartib qilingan 4 qism devondan iborat bu ulkan sheʼriy kulliyot shoirning turkiy tilda yozilgan deyarli barcha lirik sheʼrlarini qamrab olgan edi. Shoir 7-8 yoshidan 20 yoshigacha boʻlgan davrni umrining navbahori hisobladi va shu davr devonini „Gʻaroyib us-sigʻar“(„Yoshlik gʻaroyibotlari“) deb atadi.

1490-yillarning boshidagi ogʻir yoʻqotishlar, ayniqsa, 40 yillik qadrdoni Pahlavon Muhammad bilan ustozi Jomiydan judo boʻlish Navoiyga qattiq taʼsir etdi. Buning ustiga saroyda Xadichbegim Nizomulmulk bilan mulk va mansab ishtiyoqida yangi-yangi fitnalar toʻqiydi. Shu fitnalar natijalaridan biri pok qalbli barcha kishilarni larzaga solib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirib qoʻyadi. Bu-Moʻmin Mirzoning oʻz bobosi farmoni bilan qatl qilinishi edi. 1489-yilda Navoiy Hirotga qaytgach oʻrniga Astrobod hokimi qilib Badiuzzamon tayinlagan edi. Bu orada Balxda Darveshali qoʻzgʻoloni boshlanadi. Husayn Bayqaro Navoiyni olib, Balxga joʻnaydi. Darveshali bilan sulh tuziladi, lekin Hisorda Abusaidning oʻgʻli Sulton Mahmud Husayn Bayqaroga qarshi kurash boshlaydi. Shoh Navoiyni Balxda qoldirib, oʻgʻli Badiuzzamonni olib Hirotga otlanadi. U bilan ham murosaga kelishib, orqaga qaytadi va Balxni Badiuzzamon tasaruffiga beradi. Badiuzzamon oʻgʻli — 13 yoshli Moʻmin Mirzoni Astrobodda qoldirib Balxga keladi. Xadichbegim Nizomulkmulk bilan birgalikda Astrobodga Muzaffar Mirzoni hokim qilib tayinlashga erishadilar. Husayn Bayqaro va Badiuzzamon oʻrtasidagi munosabat yomonlashadi. Badiuzzamon Moʻmin Mirzoga Muzaffar Mirzoni shaharga kiritmaslikka buyuruq beradi. Shoh tezda Navoiyni Balxga yuboradi. Navoiy ota va oʻgʻil orasiga tushib, ularni yarashtiradi. Biroq huddi shu paytda Husayn Bayqaroning Badiuzzamonni qoʻlga tushirish va qamoqqa olish haqidagi Balxga, shahar qutloviga yoʻllagan yashirin farmoni maʼlum boʻlib qoladi. Yarash yana urushga aylanadi.


Alisher Navoiy maqbarasi tolibonlar xujumigacha, Hirot, 1976-yil.


Navoiy voqeani bunday izga kirib ketganidan qattiq iztirob chekadi va umidsiz orqaga qaytadi. Ota-oʻgʻil urushida Badiuzzamon yengiladi. Moʻmin Mirzoni Muzaffar Mirzo asir oladi. 1499-yilda Marvda Husayn Bayqaroning yana bir oʻgʻli Abulmuhsin otasiga qarshi bosh koʻtaradi. Shoh oʻz qoʻshini bilan Marvga otlanadi. Bu paytlarda Navoiy hajga boorish orzusida edi. Mirxondning xabar berishicha, Abulmuhsin otasi bilan sulh tuzish uchun Alisherning podshoh nomidan vakil boʻlib kelishini shart qilib qoʻyadi. Navoiyga tez chopar yuboriladi. Chopar shoirga yetib, shohning maktubini topshiradi. Unda shoirning hajni keyinga qoldirib, texda Marvga yetib kelishi iltimos qilingan edi. Alisher Mashhad ulugʻlari va hamrohlari bilan maslahatlashadi. Ular mamlakatning tinchiligi uchun Alisherning hajga borishidan kechishini soʻraydilar. Alisher belgilangan joyga yetib boradi, ota-oʻgʻillarni yarashtirib, Hirotga qaytadi.
1498-yilda Alisher Navoiy „Majolis un–nafois“ni qayta koʻzdan kechirib, toʻldirdi. Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbida muhirlanib kelgan „Mantiq ut–tayr“ ga javob yozadi. „Lison ut-tayr“ Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. Buyuk shoir 1498-1499-yillarda xatlarini toʻplab, „Munshaot“ tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan boʻlib, ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yoʻllangan. Shoirning 1500-yilning oxirlarida yozib tugatgan „Mahbub ul–qulub“ asari uning eng soʻnggi asari boʻlib qoldi. Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etadi. Butun xalq — shohda gadogacha, olimdan choʻpongacha, shoirdan dehqongacha ulugʻ farzandining oʻlimiga qaygʻu va iztirob bilan motam tutadi.
„Xamsa“
Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq „Xamsa“ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu toʻplamni Nizomiy Ganjaviyning „Panj Ganj“ („Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilganligini oʻquvchilarga anglatmoq maqsadida „Xamsa“ning kirish qismida:
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasigʻa panja urmoq.“

deya taʼkid etadi.
„Xamsa“ tarkibiga „Hayrat ul-abror“, „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Sabʼai sayyor“, „Saddi Iskandariy“ kabi dostonlar kiradi.
"Hayratul-abror"da hamd, munojot, naʼt, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga boʻlgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, maʼrifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yoʻlida ulusdan oʻta olmaganini anglatish bilan oʻzining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.
„Farhod va Shirin“da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki oʻsha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqdiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali oʻzining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy anʼanalari yangilangan boʻlsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining oʻzak muammolarini hal etishda asosiy oʻrin tutdi va bu yoʻnalishda Ahmad rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi.
„Layli va Majnun“ dostonida arab ertaklari orqali maʼlum syujet oʻzining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun maʼnaviy zamin boʻldi. „Xamsa“ tarkibidagi „Sabʼai sayyor“ va „Saddi Iskandariy“da shohlik bilan bogʻliq masalalarni birinchi oʻringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik anʼanasida oʻzining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. „Xamsa“ga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414—1492) yuqori baho berdi.
OʻR FA ShI qoʻlyozmalar fondida 15-20 asrlarda koʻchirilgan 166 qoʻlyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan.
„Xamsa“ haqida xorijiy olimlar A.Vamberi, J.Malokolin, F.Richard, L.Vari, Y.Ekman, E.Partele; rus tadqiqotchilari I.Krachkovskiy, V.Bartold, E.Bertels, Konrad, B.Jirmunskiy, A.Yakubovskiy, A.Semyonov; turk olimlari F.Koʻprulu, A.S.Levend, K. Eraslon; ozar olimlari H. Arasli, G. Aliev; oʻzbek olimlari Fitrat, I.Sulton, V.Zohidov, A.Qayumov, T.Jalolov, Sodir Erkinov, S.Nazrullaeva, A.Abdugʻafurov, M.Hakimov, S.Hasanov v.b. ishlari maʼlum.
OʻzMUda „Xamsa“ni tadqiq etish borasida B.Qosimov, B.Akrom, H.Boltaboev, A.Erkinov, D.Farmonova tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Tasavvufiy asarlari
Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singigan boʻlsa-da, maxsus "Lison ut-tayr" dostoni(1499)da, "Nasoyim ul-muhabbat" (1495-96)da, "Tarixi anbiyo va hukamo"(1485-8), „Arbain“, „Munojot“ singari asarlarida aks etgan.
"Lison ut-tayr"da borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Navoiy asarlarini diniy va soʻfiylik jihatidan oʻrganish kengaydi, ular obʼektiv va ilmiy bahosini olmoqda. „Arbain“, „Munojot“ kabi asarlari chop etildi. Jomiyning „Nafahotul-uns min hazarotil-quds“ tazkirasini tarjima qilib va toʻldirib, soʻz yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.
Nasriy asarlari
Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy yoʻnalishdadir.
"Mahbub ul-qulub"(1500-1501) Navoiyning soʻnggi yirik asari boʻlib, unda ulugʻ mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, toʻplagan boy tajribasi oʻz yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda „Soriun-nosning afʼol va ahvolining kayfiyati“ (1), axloqiy muammolar (2), „mutafarriqa favoyid va amsol surati“ (3) masalalari ifodalangan.
„Xamsatul-mutahayyirin“(„Besh hayrat“,1494) asarida ustozi va doʻsti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi.
„Holoti Sayyid Hasan Ardasher“ (1488-89), „Holoti Rahlavon Muhammad“(1493) asarlari manoqib-holot yoʻnalishida boʻlib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.
„Munshaot“ (1498-1499) Navoiyning maktublari toʻplami (jami 88 ta xat) boʻlib, ular sogʻinchlik xatlari, navroʻz tabriklari, taʼziyanomalar, siyosiy oʻgitlar, sulhnomalar va boshqa yoʻnalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan.
Ilmiy-filologik merosi
„Majolisun-nafois“ (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira boʻlib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida maʼlumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot boʻlmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, toʻrtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi maʼlumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy(1521-22), Muhammad Qazviniy(1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.
Navoiy „Muhokamatul-lugʻatayn“ asarini oʻz zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bagʻishladi. Jonli xalq tilida qoʻllanilgan koʻplab soʻzlarni asarga kiritib, adabiy tilda qoʻllanilishiga sababchi boʻldi. Oʻzigacha ishlatilgan soʻzlarni yangi maʼno qatlamlarini ochdi. oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning tili grammatikasini Mahmud Koshgʻariydan soʻng ilmiy asosga soldi. oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi boʻldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va eʼtiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.
Aruz nazariyasiga bagʻishlangan „Mezonul-avzon“(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va ogʻzaki sheʼriyati namunalarining vazn xususiyatlarini oʻrgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk sheʼriyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. Toʻqqizta yangi vazn va sheʼriy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.
Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish 20 asrning 20-yillaridan yoʻlga qoʻyildi. Bu yoʻnalishda Fitrat, Oybek, A.Saʼdiy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari eʼtiborli.
Tarix va iqtisodga oid asarlari

Navoiyning portreti. Portret Qirgʻizistonning Isfana shahridagi Alisher Navoiy oʻrta maktabining asosiy zalida uzoq yillar davomida turgan. Portret 2012-yil mahalliy qirgʻiz rasmiylarining tazyiqi ostida asosiy zaldan olib tashlangan. Mahalliy rasmiylar maktab nomini almashtirishga harakat qilishmoqda.


„Tarixi muluki Ajam“ („Ajam shohlari tarixi“,1488) qisqa tarix boʻlib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan „Tarixi Tabariy“, „Shohnoma“ asarlarini mantiqan toʻldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning soʻnggi vakili Yazdi Shahriyorgacha boʻlgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi.
„Tarixi anbiyo va hukamo“ („Paygʻambarlar va hakimlar tarixi“, 1485—1498) asarining birinchi boʻlimida „Qissasul-anbiyo“lar anʼanalarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Yaʼqub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi paygʻambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning „Hukamo zikrida“ deb nomlangan ikkinchi boʻlimida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishogʻurs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.
„Vaqfiya“ (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablagʻi evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yoʻnalishda madrasa va xonaqohlarda oʻrnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy oʻz ixtiyoridagi mablagʻlar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bogʻlarni sanab oʻtdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini oʻrganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.
Tarix va iqtisodiy yoʻnalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.Gʻulomov, V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan.
Arab va fors tillaridagi asarlari. Alisher Navoiy fors tilida yozgan sheʼrlari asosida „Devoni Foniy“ tuzilgan boʻlib, uning muqaddimasida „Sittai zaruriya“ („Olti zarurat“) va „Fusuli arbaa“ („Toʻrt fasl“) forsiy qasidalari majmualari berilgan. „Sittai zaruriya“ toʻplamidagi qasidalar „Ruhul-quds“ („Muqaddas ruh“), „Aynul-hayot“ („Hayot chashmasi“), „Tuhfatul-afkor“ („Fikrlar tuhfasi“), „Qutul-qulub“ („Qalbdar gʻizosi“), „Minhojun-najot“ („Qutilish yoʻli“), „Nasimul-xuld“ („Jannat nasimi“) kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida yozilgan. „Fusuli arbaa“da Sulton Husayn Boyqaro madhidan soʻng „Bahor“, „Saraton“, „Xazon“ („Kuz“) va „Day“ („Qish“) vasfidan iborat. Muammo janri qoidalariga bagʻishlangan „Mufradot“ (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz sheʼriyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uni ifodalangan janrlar ruboiy, qitʼa, tuyuq, ayrim hollarda gʻazal munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini oʻrgatish barobarida 121 ta misol keltirdi. Navoiyning arab tilida „Sabʼatul-abhur“ („Yetti dengiz“) nomli diniy-tasavvufiy ruhda lugʻat xarakteridagi asar yozgani maʼlum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada oʻrganilmagan. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat, H.Sulaymon, N.Mallaev, Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva tomonidan oʻrganilgan. Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat maʼnaviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam oʻrin oldi. Mustaqil Oʻzbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, Oʻzbekiston Davlat mukofoti, OʻzRFA Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, Oʻzbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-maʼrifiy muassasalar, jamoa xoʻjaliklari ulugʻ shoir nomi bilan ataladi. [Kitobning butun bir ko'rinishi]
Alisher Navoiy oʻz asarlarida oʻzbek sʻozini etnonim sifatida ishlatgan. „Shohu toju xilʼatekim, men tomosha qilgʻali, Uzbakim boshida qalpoq, egnida shirdogʻi bas“.[4]
Sheʼrlari

Yüklə 48,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin