Yil sentabr oyida bir oy davomida har kuni ilmiy rahbarim Choriyeva S. bilan birgalikda mavzu ustida ishladik va magistrlik dissertatsiyasini birinchi va ikkinchi boblarini elektronniy nusxada tayyorlab tugatdik
Termiz Davlat universiteti Algebra va geometriya kafedrasi 70540101-Matematika ( Algebra va funksional analiz) mutaxassisligi 2-kurs magistranti Babanova Aziza Baxtiyor qizining 2022-yil sentabr oyi uchun bajarilgan ishlar
HISOBOTI
Men 2021-yil sentabr oyida ilmiy rahbarim f.m.f.f.d Choriyeva S. tomonidan magistirlik dissertatsiya mavzusi sifatida “ Singulyar koeffitsiyentli aralash tipdagi tenglamalar uchun chegaraviy xarakteristika, ichki maxsus chiziq va buzilish chizig’i kesmasida Bitsadze-Samarskiy masalasi" mavzusini olgan edim. Birinchi kurs davomida bu mavzu ustida ustozim bilan ishladik. Kerakli barcha adabiyotlar, monografiyalar, maqolalat va aftoreferatlarni yig'dik. Mavzu bo'yicha rejalar tuzdik va boblar ustida ish olib bordik. Birinchi bob va ikkinchi bobga doir malumotlarni jamlab qo'l yozma shaklida tayyorladim.
2022- yil sentabr oyida bir oy davomida har kuni ilmiy rahbarim Choriyeva S. bilan birgalikda mavzu ustida ishladik va magistrlik dissertatsiyasini birinchi va ikkinchi boblarini elektronniy nusxada tayyorlab tugatdik. Ikkinchi bobga doir "Giperbolik tipdagi buziladigan birinchi tur tenglamalar uchun Koshi masalasining qo’yilishi " mavzusida tezis tayyorladik. Hozirgi vaqtda uchinchi bob yuzasidan Aralash tipdagi tenglamalar uchun Bitsadze-Samarskiy masalalarini o'rganyapman.
Bundan tashqari sentabr oyi davomida ko'plab malakali va tajribali ustozlarning darslariga dars tahlilga kirdim va ulardan yangi pedagogik tehnologiylarni o'rgandim. Jumladan Xayrullayev I, Tursunova B, Xoliyorov J, Turopova S, Mamatmo'minov D kabi ustozlardan dars o'tish metodlarini o'rgandim. Sentabr oyida har hafta ilmiy seminarlarda ishtirok etdik.
2022-yilning sentyabr oyiga kelib mavzuim yuzasidan ikkita bob tayyor va har bitta bobga doir bittadan jami 2 ta tezis tayyor. Uchinchi bobga doir ilmiy rahbarim bergan topshiriqlarni o'rganishda davom etyapman.
Magistr: Babanova Aziza