Yillarda buxoro xududi



Yüklə 200,72 Kb.
səhifə4/9
tarix03.12.2022
ölçüsü200,72 Kb.
#72064
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1860-1920-yillarda buxoro xududi

Sharik qoʻzgʻoloni
Dastlabki vaqtlarda Buxoroga kelib oʻrnashgan arab qabilalari 750-yili Arab xalifaligida Abbosiylar sulolasi hokimiyat tepasiga kelishini maʼqul koʻrishmadi, oʻsha yili Abbosiylarga qarshi Sharik ibn Shayx Maxri boshchiligida boʻlgan qoʻzgʻolon shundan dalolat beradi. Buxoroning arab hokimiyati vakillari va shahar aholisi qoʻzgʻolonchilarni qoʻllab-quvvatladi. Abu Muslim Buxoro va Samarqand hokimi Ziyod ibn Solihni Sharikka qarshi yubordi. Ibn Solih qoʻshinlari isyonni shafqatsizlarcha bostirdi. Buxoroga oʻt qoʻyildi, shahar 3 kun oʻt ichida qoldi. Asirlar shahar darvozalariga osib qoʻyildi. Buxorxudot Qutayba ibn Tugʻshoda 700 Xurosondan shimoldagi qoʻrgʻon aholisi bilan hamjihat Ziyod ibn Solih tomonida jang qildi, ammo keyinchalik u, qoʻzgʻolonni bostirishda faol qatnashganligiga qaramay, islomdan yuz oʻgirganlikda ayblanib, Abu Muslimning koʻrsatmasiga binoan qatl etildi.
Muqanna qoʻzgʻoloni
VIII asr 3-choragida arablar Buxoroda hukmronligi nomigagina boʻlib qolgan Buxorxudotlarni siqib chiqardi, oʻz hokimiyatini toʻliq mustahkamlab oldi. Buxorxudotlar Buxoroni Abbosiylarga qarshi oʻz kurashining tayanchi qilib olgan Hoshim ibn Hakim (Muqanna) tomonida boʻlishgan. Bu kurashga Mavoli Tagif, Yusuf Garm boshchilik qilishgan. Muqannaning buxorolik muridlari asosan Narshax qishlogʻida toʻplanishgan.
Muqanna qoʻzgʻoloni bostirilganidan keyin Musayb ibn Zuhayr hukmronligi davrida 782-yili Varaxshada Muqanna qoʻzgʻolonini qoʻllab-quvvatlagani uchun soʻnggi Buxorxudot Bunyod oʻldirildi. Binobarin, Buxoroda bir necha yuz yilliklar davomida hukmronlik qilgan Buxorxudotlar sulolasi, ayni vaqtda Buxoro tarixidagi islomgacha boʻlgan davr Bunyodning oʻlimi bilan nihoyasiga yetdi. Oʻshandan boshlab sulola yoʻqotib yuborilmagan boʻlsada, amalda siyosiy hokimiyatdan mahrum boʻldi.
Rofe ibn Lays qoʻzgʻoloni
806—810-yillarda butun Movarounnahr isyonkor amir Rofe ibn Lays qoʻliga oʻtdi. Uni Xuroson noibi Ali ibn Isoning ogʻir soliq zulmidan va poraxoʻrligidan gʻazablangan sugʻdiylar faol qoʻllab-quvvatlashdi. 809-yilda xalifa Horun ar-Rashid qoʻzgʻolonchilarga qarshi katta qoʻshin yubordi va Buxoro qamal qilindi. Buxorodagi qoʻzgʻolonga va shaharning mudofasiga Rofe ibn Laysning ukasi Bashir ibn Lays boshchilik qildi. Nihoyat, shahar zabt etildi, Bashir asir olinib, xalifaning buyrugʻiga koʻra qatl qilindi.
IX asr boshlarida Movarounnahrda Tohiriylar oʻrnini Somoniylar sulolasi egalladi.
Somoniylar sulolasi asoschisi Somonxudot nevaralari oʻz boshqaruviga olgan Movarounnahr viloyatlari orasida Buxoro yoʻq edi. Faqat yarim asr oʻtgach, 874-yilda Somonxudotning 25 yoshli avarasi, keyinchalik mashhur boʻlib ketgan Ismoil ibn Ahmad Buxorodan Husayn ibn Tohir quvilganidan soʻng bu yerda qaror topdi. Ismoil Somoniyning koʻtarilishi shu yerda boshlandi. 892-yili u butun Movarounnahr hukmdori boʻlib qoldi.
Ismoil Somoniy taxtga oʻtirishidan ancha oldin Buxoro vohasi atrofiga anchagina uzun boʻlgan Kanpir devor nomli devor oldirilgan edi. Uni risoladagidek saqlab turish uchun katta mablagʻ va kuch talab qilingan. Ismoil Somoniy vaziyatni qatʼiy oʻzgartirdi va qonuniy faxr bilan: „Men tirik ekanman, men — Buxoro devoriman“, deb xitob qilgan.
Keyingi yillarda u Tarozni (hozirgi Janubiy Qozogʻistonda), Gʻarbiy Afgʻoniston, Sharqiy va Markaziy Eron yerlarini oʻz saltanatiga qoʻshdi. Ulkan Somoniylar davlati shu tarzda barpo etilib, taxminan oʻsha sarhadlarda X asr oxirlarigacha yashab keldi. Ismoilning mehri tushgan Buxoro oʻz tarixida ilk bor katta saltanatning poytaxti boʻlib qoldi.

Yüklə 200,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin