Yillarda O'zbekiston Reja: O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi. O'zbekiston ssr tuzilishi


Turkiston ASSR davrida O’rta Osiyo



Yüklə 42,9 Kb.
səhifə4/6
tarix10.04.2023
ölçüsü42,9 Kb.
#95479
1   2   3   4   5   6
1921-1924 yillarda O\'zbekiston

3.Turkiston ASSR davrida O’rta Osiyo
Yer-suv islohoti: Turkiston sovetlarining XI syezdida (1920) o'lkada yer-suv islohoti masalasi ко'rib chiqildi, bu sohadagi asosiy vazifalar belgilandi. Bunga ko'ra aholi qo'lidagi katta yerlarni musodara qilish, yevropalik kelgindi aholi bilan yerli xalqlar o'rtasida yer-suv masalasida vujudga kelgan tengsizlik munosabatlariga barham berish, mehnatkash aholini Sovetlar tevaragiga jipslashtirish zarur deb topildi. Shu maqsadda joylarda qishloq va ovullar mahalliy aholisining yersiz, kambag'al qismini birlashtiruvchi "Qo'shchi" uyushmalari tuzila boshlandi. "Qo'shchi" uyushmalari kommunistlarning dehqonlar orasidagi tayanchiga aylanib, yer-suv islohotini o'tkazishda partiyaga katta yordam ko'rsatib bordi. Turkiston ASSR hududida 1921-1922—yillar davomida yer-suv islohotining birinchi bosqichi yirik yer-suv egalariga qarshi keskin kurash shiori ostida o'tkazildi.
Masalan, Samarqand viloyatida 350 ta katta yer egalaridan 13 ming desyatina yerlar tortib olindi. Respublika bo'yicha boy va o'ziga to'q aholidan 1,7 mln. desyatina yer tortib olindi, ularning 117 ming desyatinasi yersiz kambag'allarga berildi, qolgan katta qismi asosida "Qo'shchi" uyushmalari tuzildi. Bu Sovet hokimiyatining kamba-g'allarni o'z tomoniga og'dirib olishga qaratilgan harakati edi. O'rta hoi dehqon xo'jalikiari saqlab qolindi12.
1925—yil dekabrda bo'lgan O'zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasining Favqulodda sessiyasi "Yer va suvni milliylashitirish davlat tasarrufida olish to'g'risida" dekret qabul qildi. Dekretga binoan quyidagi tarzda yerlar batamom musodara qilinishi kerak edi:
> Qayerda turishidan qat'i nazar Farg'ona viloyatida 40 desyati-nadan, Toshkent va Samarqand viloyatlarida 50 desyatinadan ortiq sug'oriladigan yeri bo'lgan mulk egalarining yerlari, jami jonli va jonsiz rnulki bilan;
> Qishloq va ovullarda yashamagan, o'zlari va oila a'zolaridan birortasi ham yerda ishlamaydigan shaxslarga qarashii yerlar, boshqa mol-mulki bilan;
> Vaqf yerlari, xo'jayinlari noma'lum yerlar.
Yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi qishloqda asosiy kuch bo'lgan O'rtahol dehqon bilan aloqani mustahkamlash shiori ostida o'tdi. Farg'ona viloyatida 7 desyatina, Toshkent va Samarqand viloyatida 10 desyatinagacha yeri bor O'rtahol dehqonlar mulki saqlanib qoladigan bo'ldi. Bundan ko'zlangan maqsad ularni Sovet hokimiyatining tayanchiga aylantirish edi.
1926— yil dekabrda yuqorida nomlari qayd etilgan uch viloyatda o'tkazilgan yer-suv islohoti tajribasi respublika miqyosida umumlash-tirilib, uni qolgan viloyatlarda ham o'tkazishga qaror qilindi. Islohot Zarafshon viloyatida boshlanib, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida davom ettirildi.
Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda 20 gektar sug'oriladigan va 45 gektar lalmikor va bahorikor yerga ega bo'lgan katta yer egalarining oshiqcha yerlari musodara qilindi. 1929— yilda yer-suv islohoti Qoraqolpog'istonda ham o'tkazildi.
Yer-suv islohoti natijasida O'zbekistonda jami 4801 "pomeshchik" tipidagi xo'jaliklar tugatildi. 13036 tabadavlat mulkdorlarning ortiqcha yerlari tortib olindi. Respublikaning yer fondiga 474393 desyatina yer qo'shildi. Qishloq aholisini qishloq xo'jalik artellariga birlashtirish kuchayib bordi. 1929— yilda ularning soni 1665 taga yetdi. Jamoa xo'jaligi hisoblangan artellarga 30 ming kishi a'zo bo'lgan edi.
20— yillarda o'tkazilgan yer-suv islohoti davrida badavlat dehqonlarning yerlari, vaqf yerlari, ruhoniylarga tegishli yerlar davlat tomonidan tortib olingan edi. Yer bilan birga hamma ot-ulov va asbob-uskunalar ham musodara qilindi. Umuman, 1925-1929— yillarda boylar, yirik savdogarlar va ruhoniylarning 45 mingga yaqin xususiy xo'jaliklari batamom tugatildi. Ko'pgina xo'jaliklar tasarrufidagi ortiqcha yerlar ham tortib olingan edi. Bu yerlar qayta taqsimlanib, ularning katta qismi yersiz yoki kam yerli dehqon xo'jaliklariga mulk qilib berildi. Buning natijasida batrak - kamba-g'allar toifasi islohotdan oldin barcha dehqonlarning 76 foizini tashkil etgan bo'lsa, islohotdan so'ng ularning soni 39 foizgacha qisqardi. Ularning xo'jalik turmushi yaxshilanib, o'sib borganligi bois, O'rta hoi dehqonlar salmog'i 17 foizdan 52 foizga ko'tarildi. Shu tariqa, qishloqda tovar-g'alla yetishtiruvchi mayda ishlab chiqaruvchilarning salmog'i ko'payib bordi. Bu islohot jarayonida respublikada jamoa xo'jaliklari, ya'ni kolxozlar tashkil etildi. Biroq ularning hali xo'jalik va moliyaviy zaifligi, ishlab chiqarish ko'r-satkichlarining pastligi ko'zga tashlanib turardi13.
20— yillar oxirlariga kelib respublika qishloq xo'jaligi, ayniqsa, paxtachilik sohasining Markaz hukumatiga qaramligi, paxta yak-kahokimligi kuchaydi. Chunonchi, 1927-1928 xo'jalik yilida o'lkadan Markazga olib ketilayotgan tovarlar umumiy qiymatining 77,8 foizini paxtachilik mahsulotlari tashkil etgan. Buning ustiga, sovet mamlakati ehtiyoji uchun yetishtirib berilayotgan o'zbek paxtasining xarid narxi dunyo bahosidan ancha kam belgilanardi.
Sovet hokimiyatining 20— yillarda qishloqda yuritgan bir qadar mo'tadil siyosatidan bahra olib, yer-suv islohotidan naf topib, o'z xo'jaliklarini anchayin oyoqqa turgizib, O'rla hollar darajasiga ko'tarilib olgan o'zbek dehqonlari hayoti va qismati, taassufki, tez orada hukmron partiya boshlab yuborgan ommaviy kollektiviashtirish jara-yoni girdobiga g'arq bo'ldi. Ommaviy kollektiviashtirish jarayoni qishloq ahli hayotini ag'dar-to'ntar qilib yubordi.
Yoppasiga kollektivlashtirish. VKP(b) XV syezdi (1927) belgilab bergan qishloqda kollektiviashtirish siyosati va uni izchil amalga oshirish butun mamlakatda bo'lgani singari O'zbekiston va Lining xalqi uchun ham asosiy amaliy vazifaga aylangandi. Totalitar hoki-miyat qishloqda kollektiviashtirish siyosatini zo'rlik, o'zboshimchalik va ma'muriy-buyruqbozlik usullari bilan o'tkazishga kirishdi.
Markaz buyrug'i va ko'rsatmasini bajarishni o'zlari uchun katta sharaf deb bilgan, unga ko'r-ko'rona asoslangan rahbarlar dehqon-larni zudlik bilan kolxozlarga kiritish uchun "jon kuydirdilar". Ayniqsa, 1929—yilning ikkinchi yarmi va 1930—yil boshlaridan mavjud reallik bilan hisoblashmay omonat jamoa xo'jaliklari tuzish mavsumi avj oldirildi. Masalan, O'zbekiston partiya va hukumatining 1930—yil 17-fevraldagi "Kollektiviashtirish va quloq xo'jaliklarini tugatish to'g'risida"gi qarorida respublikaning 17 ta tumanida yoppasiga jamoalashtirish vazifasi belgilangan edi. Ko'p joylarda quloqlarni tugatish shiori ostida O'rtahol, hattoki kambag'al dehqon xo'jaliklariga nisbatan ham zulm o'tkazildi. 1929—yil oktabrga qadar respublikadagi dehqon xo'jaliklarining 3,4 foizi kolxozlarga kirgani holda, 1930— yil martiga kelganda dehqon xo'jaliklarining 47 foizi kolxozlashtirilgan edi. 1931— yil oxiridabu ko'rsatkich 68,2 foizga yetdi.
Kollektiviashtirish ishidagi shoshma-shosharlik, joylardagi real shart-sharoitlar bilan hisoblashmaslik, milliy hududlarning o'ziga xos hususiyatlari, aholisining milliy an'analari, udumlarini, dindorlik darajasi, madaniy-ma'naviy saviyasini e'tiborga olmaslik oxir-oqibatda bundan ham ko'ngilsizroq holatlarning yuz berishiga sabab bo'ldi. Ko'p qishloq tumanlarida hokimiyat organlarining zo'ravonligi, o'zboshimchaligiga aholi keskin norozilik bildirib, turli harakatlar uyushtirishga majbur bo'ldi. 1929-1930— yillarda dehqonlarning sovet tuzumiga nisbatan ommaviy norozilik harakatlarida faqat Qashqadaryo okrugidan 14 ming nafar kishi qatnashgan. Ma'lumotlarda qayd etilishicha, bunday ommaviy norozilik harakatlari shu davrda respublika bo'yicha 240 marta sodir bo'lgan. Eng achinarlisi shuki, ko'plab oddiy dehqon xo'jaliklari arzimagan sabablar bilan yoxud birgina jamoa xo'jaligiga kirishga rag'bat bildirmaganligi vajidan bor-budidan mahrum etilib, uy-joyi, mol-mulki tortib olinib, quloqlar ro'yxatiga tirkab yuborilavergan. Bu nohaqlikni oldini oladigan, uni adolatli hal etib ajrim qiladigan biror bir mard o'sha kezlarda topilmagan . Hamma o'zini o'ylash, bu balo-qazolardan ehtiyotlanish choralarini izlashga majbur bo'lgan edi14.
Quloqfaslitirish. Sfatistik ma'lumotlarga qaraganda jamoalashtirish boshlarida O'zbekistonda shartli ravishda "quloq" xo'jaligiga kiritish mumkin bo'lgan xo'jaliklarning salmog'i aslida umumiy dehqon xo'jaliklarining 5 foizidan kamrog'ini tashkil etardi, xolos. Biroq ommaviyjamolashtinsh boshianishi bilan 15 foizdan ortiq xo'jaliklar "quloqlashtirish'ga duchorbo'ldi. Haqiqatda esabular O'rtahol dehqon oilalari edi. Faqat 1930— yilning o'zida respublikada "boy" va "quloq" xo'jaliklar toifasiga kiritilgan 2648 ta O'rtacha dehqon xo'jaliklari tugatilgan edi. 1931— yil avgustga kelib respublikada qo'shimcha yana 3828 ta "quloq xo'jaliklari" tugatildi.
Respublikaning o'ziga to'q, bozorga tovar g'alla yetishtirib berishga qodir son-sanoqsiz dehqon xo'jaliklari bor narsasidan mahrum bo'lib, haqsiz-huquqsiz holda o'z oila a'zolari bilan uzoq hududlarga (Sibir, Ukraina, Qozog'iston) yoki yangi o'zlashtirilayotgan cho'Ui, to'qayzor, qamishzor yerlarga badarg'a qilindilar.
Ayni paytda, dehqon xo'jaliklarini majburiy quloq qilish, boshqa joylarga surgun qilish ishlari avj oldirildi. O'zbekistondan Ukraina, Sibir va Shimoliy Kavkazga 3871 "quloq oilasi" surgun etildi. 1933— yilda surgun qilingan "quloq" xo'jaliklari soni 5500 taga yetdi. Ming-minglab qishloq oilalari bunday xavf-xatarning bo'lishini oldindan his qilib, o'z kindik qonlari to'kilgan muqaddas zaminni tark etib, uzoq begona yurtlarga bosh olib ketishga majbur bo'ldilar. Ularning ko'plari uzoq yillar xorijiy ellarda umrguzoronlik qilib, ona yurt sog'inchi bilan, unga talpinib yashab o'tdilar. Faqat O'zbekiston milliy mustaqillikka erishgandan so'nggina orzu-armonlari ushalib, yangidan Vatanning mo'tabar tuprog'ini tavof qilish baxtiga mushar-raf bo'ldilar.
Ma'muriy tazyiq, oshkora zo'ravonlik, iqtisodiy terror usullari va shu kabi ta'sir choralari orqasida "Kolxoz qurilishi" rivojlantirib borildi. 1932—yil oxiriga kelib, umuman O'zbekistonda jamoalash-tirilgan xo'jaliklar barcha dehqon xo'jaliklarining 81,7 foizini birlashtirgan edi. 800 ming dehqon xo'jaliklari negizida 9734 ta kolxoz va 94 ta sovxoz tashkil etilgandi. Bu jarayon keyingi yillarda ham davom ettirildi. 1937— yilda dehqon xo'jaliklarining jamoalasfrtirish darajasi 95 foizga yetgan bo'lsa, 1939— yilda u 99,2 foizni tashkil etdi.
Ommaviy kollektivlashtirish jarayonida O'zbekiston bo'yicha 60 mingdan ortiqroq kishi "quloqlaf'ga mansublikda ayblanib qatog'on qilindi. Shunday qilib, 30— yillar davomida O'zbekistonda zo'rovonlik yo'li bilan "Qishloq xo'jaligini kollektivlashtirish", "quloqlarni sinf sifatida tugatish" siyosati uzil-kesil hal qilindi."SSSRning paxta mustaqilligini ta'minlash" asosan O'zbekiston xalqi zimmasiga yuklatilgan edi. 1935— yilda O'zbekistonda 1 mln. tonna paxta tayyorlangan bo'lsa, bu ko'rsatkich 1939— yilda 1,5 mln. tonnani, 1941- yilga kelib esa 1 mln. 656,2 ming tonnani tashkil etdi. Bu Butunittifoq bo'yicha tayyorlangan paxtaning 60 foizidan ziyodrog'ini tashkil qilardi. 30— yillar davomida respublika qishloq xo'jaligi tizimida paxta yakkahokimligi mustahkam o'rin egallab bordi. Jumladan, agar 1933— yilda paxta mahsuloti respublika yetishtirib tayyorlab beradigan qishloq xo'jalik mahsulotlari umumiy hajmining 81,5 foizini tashkil etgan bo'lsa, 1937— yilga kelib bu ko'rsatkich 93,4 foizga etdi.Texnikaviy ta'minot. O'zbekistonda dehqon xo'jaliklarini ommaviy tarzda jamoalashtirish ishlari ayni chog'da yangi xo'jaliklarga moddiy-texnik baza bo'lib xizmat qiladigan mashina-traktor stansiyalari (MTS) ni tashkil etish bilan uzviy bog'liq holda olib borildi. O'zbekistonda dastlabki mashina-traktor stansiyasi 1929—yilda Andijon viloyatining Asaka tumanida tashkil etilib, u yangidan tuzilgan jamoa xo'jaliklariga texnik yordam ko'rsatgan edi. Asta-sekin ularning soni ortib bordi. 1931—yilga kelib MTSlar 48 ta qishloq tumanlarida tashkil etilib, qishloq ahlining dala yumushlariga xizmat ko'rsatdi. MTSlarning yirik dehqon xo'jaliklariga nafi katta bo'lganligidan, ularning safi respublikada to'xtovsiz ortib bordi. Jumladan, 1937—yilda ularning soni 163 taga, 1941—yilga kelganda esa 189 taga yetdi.
Xulosa
Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, yirik ishlab chiqarish vositalari MTSlar orqali tobora davlat qo'lida to'plana bordi. MTSlar jamoa yerlarini natural haq evaziga ishlab berar, bu haqning miqdori esa yuqoridan, davlat organlari tomonidan belgilanardi.
Irrigatsiya va nielioratsiya ishlari O'zbekiston qishloq xo'jaligi, ayniqsa, uning yetakchi tarmog'i paxtachilik sohasining tezkor rivoj-lanishidan manfaatdor bo'lgan sovet hukumati avval boshdan rcspublikada irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash va takomil-lashtirishga jiddiy e'tibor berib bordi15.
Shu maqsadda 1922—yildayoq respublikada irrigatsiya tizimini qayta tiklash va yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berildi. Xususan, O'zbekiston hukumati tarkibida suv va qishloq xo'jaligi Xalq Komissarligi, uning huzurida esa suv xo'jaligi bosh boshqar-masi, joylarda viloyat, tuman, uchastka suv qo'mitalari tashkil etildi. Ularga davlat yordami ko'rsatib borildi. Jumiadan, 1922— yilda irrigatsiya ishlariga 6 mln. oltin rubl hisobida mablag' ajratildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad sug'oriladigan yerlarni 2 yil ichida 2 mln. desyatinaga yetkazish edi. Joylarda suv inshootlari qurilishi avj oldirib yuborildi. Yangi kanallar, ariqlar qurildi. Ko'plab yangi yerlar o'zlashtirildi. Natijada 1924— yilga kelib sug'oriladigan yerlar miqdori 2,4 mln. desyatinaga, shu jumiadan, paxta ekiladigan maydon esa 500 ming desyatinaga yetkazildi.


Yüklə 42,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin