Yillardagi Birinchi jahon urushi Urushning boshlanishi



Yüklə 40 Kb.
səhifə3/4
tarix30.05.2022
ölçüsü40 Kb.
#60079
1   2   3   4
1914-1918 yillardagi Birinchi jahon urushi

Buyuk сhekinish.


Sharqiy front 1915-yilda asosiy urush harakatlari maydoniga aylandi. Germaniya va Avstriya-Vengriya o`z qurolli kuchlarining yarmiga yaqinini Rossiyaga tashlashga qaror qildilar. Ittifoqchilarning qo`shinlari 1915- yilning bahorida hujum harakatlarini Galitsiyadan (g`arbiy Ukraina) boshladilar. Natijada, 1915- yilning bahori va yozida rus armiyasi qonli mudofaa janglari olib borishga majbur bo`ldi. Rus armiyasi mislsiz darajada talafot ko`rdi. 850 ming soldat va ofitser halok bo`ldi. 900 ming nafari esa asirga tushib qoldi.
Rus armiyasi qattiq qarshilik ko`rsatsa-da, kuchlar noteng bo`lgan janglar natijasida Polshani, Boltiqbo`yi, g`arbiy Belorussiya va g`arbiy Ukrainaning bir qismini tashlab chiqishga majbur bo`ldi. Bu chekinish birinchi jahon urushi tarixiga «buyuk chekinish» nomi bilan kirgan.

G`arbiy frontdagi ahvol


Sharqiy frontdagi dastlabki muvaffaqiyatlardan ruhlanga Germaniya g`arbiy frontdagi ahvolini ham o`zgartirib olmoqchi bo`ldi. Bu o`rinda u mutlaqo yangi qurol—suvosti kemalariga katta umid bog`ladi.
Ayni paytda, Germaniya harbiy harakatlar hududlaridagi har qanday suv usti kemalarini ham cho`ktirib yuborish niyatida edi. Shunday qildi ham. Chunonchi, 1915-yilning 7-may kuni Germaniya suvosti kemalari Angliyaning «Luzitaniya» deb ataluvchi ulkan yo`lovchilar tashish kemasini cho`ktirib yubordi. Uning bortida jami 2000 ga yaqin yo`lovchi (shu jumladan 126 nafar AQSh fuqarosi) bor edi. Ulardan 1195 nafari halok bo`ldi. Germaniya tomonidan yuzlab yuk kemalari yo`q qilinib tashlandi.
Germaniya faqat suvosti kemalaridangina foydalanib qolmadi. U 1915- yilning 25- aprelida Ipr jangida urushlar tarixida birinchi marotaba kimyoviy qurol—zaharli gaz (xlor) ishlatdi. Buning natijasida 15000 kishi zaharlandi. Ulardan 5 mingi vafot etdi. Biroq, bu qurol ham Germaniya kutgan natijani bermadi. Antanta armiyasi tez orada gazga qarshi himoya vositasi (protivogaz) bilan ta'minlandi.

Italiyaning urushga kirishi


Italiya rasman «Uchlar ittifoqi»ning a'zosi bo`lsada, uning maqsadi urushda kimning qo`li baland kelishiga amalda ishonch hosil qilish hamda qaysi tomon Italiyaga urushdan so`ng ko`p o`lja va'da qilishini kutib turish edi. Antanta Italiyaga u so`ragan hududlarning barchasini berishga rozi bo`ldi. 1915-yilning 26-aprelida Antanta bilan ltaliyav o`rtasida Londonda shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko`ra, Italiya bir oy o`tgach o`zining sobiq ittifoqdoshlariga qarshi urushga kirishi zarur edi. Bu majburiyat Angliyaning Italiyaga 50 mln. funt-sterling hajmda qarz berishi bilan mustahkamlandi.
3-may kuni Italiya hukumati «Uchlar ittifoqi» to`g`risidagi shartnomadan chiqqanligini bildirdi. 23-may kuni esa Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e'lon qildi. Italiyaning Antanta tomoniga og`dirilishi Germaniya diplomatiyasining katta mag`lubiyati edi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin