injenerlik geodeziyasi
shug’ullanadi.
4
Geodeziya fani astronomiya, topografiya, xaritagrafiya, geografiya va
geofizika fanlari bilan uzviy bog’langan. Geodezik o`lchashlar asosida topografik
plan va xarita chizish uchun juda zarur bo`lgan ma`lumotlar, ya`ni yer yuzasidagi
joylarning geografik va to`g’ri burchakli koordinatalari, ularning balandliklari
aniqlanadi. Hozirgi vaqtda qadimgi geodeziya fani takomillashmoqda, undan yangi
fanlar ajralib chiqmoqda. O`lchash va hisoblash ishlarini takomillashtirish
maqsadida radio, svetodalnomerlar, elektron hisoblash mashinalari ishlatilmoqda.
Shu asosda yangi fan —
radiogeodeziya
vujudga keldi. Kosmosdan turib yerning
shakli va kattaligini o`lchashda, materiklarni bir-biri bilan geodezik jihatdan
bog’lashda
kosmik geodeziya
fani paydo bo`ldi.
Xaritagrafiya fani qadimiy fanlardan bo`lib, dastlab bu fanni milodning II
asrida yashagan ulug’ olim Klavdiy Ptolemey ta`riflab bergan. Bizning bobokalon
olimlarimizdan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud
Qoshg’ariylar ham geografiyaning rivojiga katta hissa qo`shgan va dunyo
xaritalarini tuzgan. VIII asr oxiri — IX asr boshida yashab, ijod qilgan Muhammad
al-Xorazmiy Yerning sharsimon ekanligini aytib bergan. X asr oxiri — XI asrning
birinchi yarmida yashagan Abu Rayhon Beruniy Yerning birinchi modeli —
globusni yasagan va asarlarida Yer sharining narigi tomonida ham quruqlik borligi
haqida yozib qoldirgan, dunyo xaritasini tuzgan. Mahmud Koshg’ariy (XI asr)
«Devonu lug’atit turk» asarida ko`p geografik joy va terminlarga izoh yozgan,
dunyo xaritasini ishlagan.
Vaqt o`tishi va fanning rivojlanishi bilan xaritagrafiyaning ta`rifi ham
takomillasha bordi.
Xaritagrafiya
— tabiat va jamiyatda vaqt o`tishi bilan o`zgaradigan voqea
va hodisalarning tarqalishini, ularning birgalikda o`zaro bog’liqligini, xaritagrafik
ma`lumotlarni obrazli—belgi-modellar vositasida ko`rgazmali ravishda tasvirlash
yo`llarini o`rgatuvchi fandir.
Xarita termini grekcha kartes so`zidan olinib, xat yozish uchun
ishlatiladigan papirus qog’ozining bir varag’i, degan ma`noni anglatadi. Geografik
xaritalar maxsus matematik yo`l bilan hisoblash natijasida yer ellipsoidini
tekislikda tasvirlash natijasida vujudga keladi. Yuqorida aytganimizdek, xaritalarda
voqea va hodisalar maxsus obrazli belgilar yordamida tasvirlanadi. Ularning
miqdorini, sifatini, joylashgan o`rnini va boshqa ko`rsatkichlarini xaritaga qarab
aniqlash mumkin. Bundan tashqari, xaritaning maqsadi, masshtabi va ishlatilishiga
qarab tafsilotlar saralanadi va umumlashtirilgan holda tasvirlanadi.
Xaritagrafik tasvir geografik xaritaning asosiy qismi bo`lib,
tasvirlanayotgan territoriyaning tabiiy va sotsial-iqtisodiy jihatlarini, voqea-
hodisalarning geografik joylashish xususiyatlarini, ularning o`zaro bog’liqligi va
hatto rivojlanishini tasvirlaydi.
Xarita qayerda nima borligini ko`rsatibgina qolmasdan, bu narsalarning
miqdori va ulardan qanday foydalanish mumkinligini ko`rsatib berish imkoniyatiga
ega. Xarita yordamida voqea-hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini aytib berish
va ularga baho berish mumkin. Xarita qadim zamolardan buyon qo’llanib kelingan.
|