Misollar
1. AB to`g’ri chiziq va P tekislik eng katta qiyalik chizig’i CD ning son
belgili proyeksiyasi (a
3
b
7
,c
6
d
1
) berilgan 1.49-shaklda. AB to`g’ri chiziqning P
tekislik bilan kesishish nuqtasining son belgili proyeksiyasi topilsin.
2. CD to`g’ri chiziq va P tekislik A nuqtasining son belgili proyeksiyasi (c
2
d
6
, a
5
) hamda P tekislikning P
H
izi berilgan (1.50-shakl).CD to`g’ri chiziq bilan P
tekislikning kesishish nuqtasini son belgili proyeksiyasi topilsin.
3.1.51-shaklda AB to`g’ri chiziqning son belgili proyeksiyasi (a
4
b
9
), P
tekislikning qiyalik masshtabi (P
i
) berilgan. AB to`g’ri chiziqning P tekislik bilan
kesishish nuqtasining son belgili proyeksiyasi aniqlansin.
4. AB to`g’ri chiziq va CDE tekislikning son belgili proyeksiyasi (a
7
b
2
,c
7
d
2
e
1
)berilgan (1.52-shakl). To`g’ri chiziqning tekislik bilan kesishish nuqtasining son
belgili proyeksiyasi topilsin.
35
1.8-§. Ko`pyoqlik va sirtlarning proyeksiyasi
Son belgili proyeksiyalarda ko`pyoqlik uchlarining son belgili proyeksiyasi
bilan, sirt ostki va ustki asosi markazining (markazi va uchi konus bo`lsa) son
belgili proyeksiyasi bilan va gorizontallarining son belgili proyeksiyasi bilan
beriladi.
Yer sirti topografik sirt deb ataladi. U tekislik, tepalik, chuqurlik va
hokazolardan iborat bo`lib, geometrik qonunlarga bo`ysunmaydi. Topografik
sirtlarni o`rganish, ularga doir injenerlik masalalarini yechish, topografik sirt
gorizontallarining son belgili proyeksiyasi bilan tasvirlanganda ancha oson bo`ladi.
Sirtni proyeksiya tekisligi H ga parallel tekislik bilan kesilishidan hosil
bo`lgan chizig’iga shu sirtning
gorizontali
deb aytiladi. Yondosh gorizontallar
orasidagi vertikal masofa qabul qilingan birlikka ya`ni 1m ga teng qilib olinadi.
1.53-shaklda asosi 2m balandlikda uchi 7m balandlikda joylashgan,
balandligi 5m bo`lgan og’ma uchburchakli piramidaning, 1. 54-shaklda asosi
proyeksiya tekisligida joylashgan, balandligi 6m bo`lgan uchburchakli og’ma
prizmaning, 1.55-shaklda asosi proyeksiya tekisligida joylashgan, balandligi 7m
bo`lgan og’ma elliptik silindrning, 1.56-shaklda asosi 2m balandlikda uchi 6m
balandlikda joylashgan og’ma elliptik konusning, 1.57–shaklda asosi proyeksiya
tekisligida joylashgan balandligi 3m bo`lgan to`g’ri doiraviy konusning, son belgili
proyeksiyasi berilgan. To`g’ri doiraviy konusning hamma yasovchilari proyeksiya
tekisligiga bir xil burchak ostida qiya bo`lganligi sababli gorizontallarining
proyeksiyalari orasidagi masofalar teng bo`ladi. 1.58-shaklda proyeksiya
tekisligida turgan radiusi 3m ga teng yarim sharning, 1.59-shaklda balandligi 4m
bo`lgan tepalikning va 1.60-shaklda 3m li chuqurlikning son belgili proyeksiyasi
berilgan.
|