39
Qiya yo`l gorizontallarining proyeksiyasini yasash uchun a
1
b
1
yoy darajalarga
bo`lingan va bu bo`linish nuqtalari 1,2,3 larni yoy markazi bilan tutashtirib, R
2
radiusli yoy bilan kesishguncha davom ettirilgan.
Qiya yo`lning ko`tarma yon bag’irlari uchlari yo`l chetlari (A
1
B
1
va A
2
B
2
)
da joylashgan yasovchilarining qiyaligi ί ga teng to`g’ri doiraviy konuslarga
urinma bo`lgan qaytish qirrali egri sirtdan iborat. Bu sirt gorizontallarining
proyeksiyasi lekalo egri chiziqlar bo`lib, bularni yasash uchun konuslar
gorizontallarining proyeksiyasidan foydalanamiz. Buning uchun son belgisi
masalan, ko`tarma ichki yon bag’iri gorizontallarining proyeksiyasini yasashda 1
nuqtadan radiusi bir interval (ℓ) ga teng, 2 nuqtadan radiusi ikki interval (2ℓ) ga
teng, 3 nuqtadan radiusi uch interval (3ℓ) ga teng aylanalar chizamiz. Bu aylanalar
uchlari qiya yo`l cheti (A
1
B
1
) da joylashgan konuslar asosining proyeksiyasidir. 4
nuqtadan R
1
radiusli yoy markaziga yo`nalgan chiziq ustiga uzunligi to`rt interval
(4ℓ) ga teng kesma o`lchab qo`yamiz. Bu nuqtadan boshlab aylanalarga urinma
qilib a
1
nuqtagacha chizilgan egri chiziq, qiya yo`l ko`tarma yon bag’irining son
belgisi nol bo`lgan gorizontal chizig’ining ya`ni yer sirti bilan kesishish
chizig’ining proyeksiyasidir.
Son belgisi 2 nuqtadan radiusi bir intervalga teng, 3 nuqtadan radiusi ikki
intervalga teng aylanalar o`tkazilib, aylanalarga urinma qilib o`ng tomonga son
belgisi 1 bo`lgan nuqtagacha, chap tomonga ko`tarma yon bag’iri proyeksiyasining
chegarasidagi son belgisi 1 nuqtagacha davom ettirilgan. Hosil bo`lgan chiziq
ko`tarma yon bag’irining bir metr balanddagi gorizontalining proyeksiyasi.
Son belgisi 3 nuqtadan radiusi bir intervalga teng aylana chizib, o`ng
tomonga son belgisi 2 nuqtagacha, chap tomonga ko`tarma yon bag’iri
proyeksiyasining chegarasidagi son belgisi 2 nuqtasigacha davom ettiramiz. Bu
chiziq ko`tarma yon bag’irining ikki metr balanddagi gorizontal chizig’ining
proyeksiyasidir.
Son belgisi 3 nuqtadan ko`tarma yon bag’iri proyeksiyasining chegarasidagi
3 nuqtasigacha egri chiziq o`tkazib ko`tarma yon bag’irining uch metr
balandlikdagi gorizontal chizig’ining proyeksiyasini hosil qilamiz.
Ko`tarma tashqi yon bag’iri gorizontallarining proyeksiyasi ham ichki yon
bag’iri gorizontallarining proyeksiyasi kabi yasaladi.
3f to`g’ri chiziq yo`l ichki yon bag’irining qiyalik masshtabi IIIe to`g’ri
chiziq qiya yo`l tashqi yon bag’irining qiyalik masshtabidir.
Dostları ilə paylaş: