2.4.8.O`simliklar va tuproq (yer)lar
Pichan (beda o`t) shaxmat tartibida joylashgan vertikal vaziyatdagi ikkita
parallel chiziqchalar ko`rinishidagi ko`kalamzorning shartli belgisi sifatida
tasvirlanadi. Belgining o`lchami va ular orasidagi masofa plan masshtabiga
bog’liq, pichan shartli belgisini chizish uchun qalam bilan grafalar
(kvadratchalardan iborat to`r) chizib chiqiladi (2.14-shakl, a). Kvadrat chiziqlari
orasidagi masofa xarita (plan) masshtabiga bog’liq. To`rni tuzishda kerakli
masshtabda bajarilgan (1:5000) shartli belgilar jadvalidagi belgi o`lchamidan
foydalaniladi (2.14-shakl, b). Shartli belgilar tush bilan chizib bo`lgandan so`ng
to’r o`chirg’ich bilan o`chiriladi. Shartli belgilarni joylashtirishni tezlashtirish
uchun shafof materialdan tayyorlangan trafaretdan foydalanish mumkin.
Yaylov yoki o`tloqning shartli grafik belgisi uchi shimol tomonga qaragan
va to`g’ri burchak ostida uchrashadigan ikkita chiziqchadan iborat (2.15-shakl).
Belgilar shaxmat tartibida joylashgan. Belgining o`lchami va ular orasidagi masofa
plan masshtabiga bog’liq (2.15-shakldagi tasvir 1:5000 masshtabda
bajarilgan).Belgilarni to`g’ri joylashtirish uchun, diagonallari belgining uchidan
o`tadigan to`rdan foydalaniladi. Tayyor to`rga chizma perosida tush bilan chizib
chiqiladi. So`ngra to`rlar yumshoq o`chirgich bilan o`chiriladi. To`r o`rnida
trafaretdan foydalanish mumkin.
O`rmon va daraxtzorlar aylanachalar bilan belgilanadi. Uning radiusi
masshtabga bog’liq. Aylanachalar markazlarining o`rni ko`z bilan chamalab tekis
(bir xil oraliqda) joylashtirib krontsirkul bilan chiziladi. Aralash bargli o`rmonni
tasvirlashda ularning ikki turi ko`rsatiladi. Ulardan ko`p uchraydigani belgisi
65
birinchi qo’yiladi. Belginig o`ng tomoniga daraxtning xarakteristikasi yoziladi.
Bunda metrda daraxtning o`rtacha balandligi, o`rtacha yo`g’onligi bularning o`ng
tomonida daraxtlar orasidagi o`rtacha masofa ko`rsatilgan bo`ladi (2.16-shakl).
Siyrak o`rmon (2.17-shakl,a) kesilgan o`rmon (2.17-shakl,b), yongan
o`rmon (2.17-shakl, c) va boshqalar shartli belgilar jadvalida berilgan maxsus
shartli belgilar bilan belgilanadi. Belgilarning o`lchami xarita (plan)ning
masshtabiga bog’liq 2.17-shakldagi shartli belgilar 1:5000 masshtabda bajarilgan.
Ko`ygan o`rmonning shartli belgisining pastida to`g’ri burchak ostida joylashgan
2.14-
shakl.
2.15-
shakl.
2.16-
shakl.
66
ko`ndalang shtrixi (chiziqchasi) bor. Bu shartli belgilarni ham trafaret yordamida
chizish mumkin.
Butazor va changalzor (2.18-shakl) xarita (plan)larda aylanacha va nuqtalar
bilan tasvirlanadi. Ularning shartli belgisidagi aylanachalar qalamda chizilmasdan
to`ppadan-to`g’ri krontsirkul bilan tushda chiziladi. Kontur markaziga butazor va
changalzorlarning turini ko`rsatuvchi belgi qatorida ularning balandligini metrlarda
ifodalovchi yozuv bo`ladi. Butazor va changalzorlarning shartli belgisi yuza
bo`yicha teng taqsimlanadi.
Poliz ekinlari (2.19-shakl) 1:5000 va 1:10000 masshtablarda har xil
tasvirlanadi: 1:10000 masshtabda parallel shtrix va uzluksiz chiziqlar navbati bilan
takrorlanadi. Shtrix chiziq qatorning oxiri, uzluksiz chiziqlar esa qatorning soyasi
hisoblanadi. Bu chiziqlar ko`chaning shartli belgisiga nisbatan 45
0
qiya bo`ladi.
Poliz ekinlarining shartli belgisi to`r chizmasdan bajariladi. 1:5000 masshtabda
poliz ekinlarning yuzasida shartli belgi chizmasdan “Poliz ekinlari” degan
tushuntirish yozuvi bo`ladi. Agar bu masshtabda poliz ekinlari katta yuzani
egallasa, u paytda shartli belgilar konturning ichki cheti bo`ylab chiziladi.
2.17-
shakl.
2.18-
shakl.
67
Bog’lar aylanachalar bilan tasvirlanadi (2.20-shakl). Ularning diametri va
oralaridagi masofalar xarita (plan) masshtabiga bog’liq. Kontur ichida shartli
belgilarni joylashtirish uchun bog’ chegarasining uzun tomoniga paralel qilib
qalam bilan kvadratlar to`ri chiziladi. Kvadratlarning har bir uchini markaz qilib
aylanachalar chiziladi.
2.19-shakl.
2.20-shakl.
2.21-shakl.
68
Qarag’at (смородина), maymunjon kabi buta va mevali o`t-alaflar shartli
belgilari qoraga bo`yalgan kichik aylanachalar (qora nuqtalar) bo`lib ular kontur
bo`ylab, bog’larning shartli belgilari kabi joylashtirib chiqiladi (2.21-shakl).
Uzumzorlar 2.22-shaklda ko`rsatilganidek xarita (plan)da maxsus shartli
belgi bilan tasvirlanadi.
Sholizor va texnika ekinlar plantattsiyalarining shartli belgilari 2.23-
shaklda ko`rsatilgan.
Shudgor (haydalgan yer) xarita (plan)da faqat konturi bilan belgilanadi.
1:5000 masshtabda kontur ichida “shudgor”degan tushuntirish yozuvi bo`ladi
(2.24-shakl,a); 1:10000 va 1:25000 masshtabda “SH””P” harfi bo`ladi (2.24-
shakl,b).
Qumlik, sochilgan toshlar, toshloq sirt (2.25-shakl) shartli belgilarning foni
jigar rang bilan bo`yaladi. Qumlik diametri 0,1÷0,2 mm bo`lgan jigar rangli
nuqtalar bilan tasvirlanadi. Ular yuza bo`ylab bir xil qo`yib chiqiladi. Past-baland,
ariqli, ko`chma qumlarning shartli belgilari qalam bilan qo`yiladi.
Botqoqliklar planda o`tib bo`lmaydigan va qiyin o`tib bo`ladiganlari bir xil
shartli belgi bilan va o`tib bo`ladigani alohida shartli belgi bilan tasvirlanadi (2.26-
shakl). Shartli belgilar orasidagi masofa plan masshtabiga bog’liq. Chiziqlarning
yo`g’onligi 0,1 mmdan 0,15 mm gacha bo`ladi.
O`tib bo`lmaydigan va qiyin o`tib bo`ladigan botqoqliklar uzluksiz
chiziqlar bilan tasvirlanadi. O`tib bo`ladigan botqoqlikning shartli belgisini
chizishdan oldin qalam bilan shtrixovka shakli chizib chiqiladi. So`ngra chizma
janubiy ramkasiga parallel qilib shartli belgilar chizib (belgilangan qismlar
shtrixovka qilib) chiqiladi. Shtrixovkalarning bo`sh joylariga o`simliklarning
shartli belgisi chiziladi.
Sho`r tuproq yerlar ikki xil bo`ladi. O`tib bo`lmaydigan va o`tib bo`ladigan
(2.27-shakl). Sho`r tuproq yerlarning shartli belgisi botqoqlikning shartli belgisiga
o`xshaydi. Ularning farqi shundan iboratki botqoqlikning shartli belgilardagi
shtrixovka chiziqlar gorizontal vaziyatda, sho`r tuproq yerlarning shartli
belgisidagi shtrixovka chiziqlar vertikal vaziyatda. Shartli belgini chizish bo`yicha
qo`yilgan talablar, botqoqlikning shartli belgisini chizishdagi kabi bajariladi .
Qamishzorning shartli belgisi 2.28-shaklda tasvirlangan. Bundagi shartli
grafik belgini chizish ancha qiyinroq bo`lgani uchun shaklda shartli belgidan
tashqari bitta shartli grafik belgi kattalashtirilgan masshtabda o`lchamlari bilan
ko`rsatilgan.
O`simliklarning shartli belgilari birikmasini chizish grafik materiallarni
tasvirlashda muhim o`rin tutadi.Chunki hamma vaqt ham bir maydon faqat bitta
predmetdan iborat bo`lmaydi. Masalan, pichanzorli yerda buta ham bo`lishi
mumkin. Shu yerning bir qismi botqoqlik, bir qismi sho`r yer bo`lishi mumkin va
h.k. Bunday paytda shartli belgilar kombinatsiyasi qo`llaniladi. Bitta konturda
botqoqlik, sho`r yer va zaxkashlarni hisoblamaganda uchtadan ortiq bo`lmagan
shartli belgilar kombinatsiyasiga ruxsat beriladi. Birinchi navbatda siyrak
grafalarga asosiy shartli belgi chiziladi. Masalan, birinchi pichanzor shartli belgisi
so`ngra birikma tarkibidagi boshqa predmetlarning shartli belgisini chizish
69
boshlanadi. 2.29-shakl,a da normal yerdagi pichanzor. 2.29-shakl,b da sho`r
yerdagi pichanzor. 2.29-shakl, c da butazorli pichanzorni tasvirlashga misol
keltirilgan. Agar yerda bir turdagi predmetlar (masalan maysa o`simliklar)ni
tasvirlash kerak bo`lsa, bunday o`simliklarning shartli belgisi qator bilan qo`yiladi
(2.29-shakl, d)
2.24-shakl.
2.23-shakl.
2.22-shakl.
|