Estrogen va progesteron Ayollarning jinsiy gormonlari 45 yoshdan keyin, ayollarda menopauza boshlanganida o‘zini ko‘rsatadi. Estrogenning past darajasi qorin sohasida yog‘ hujayralari to‘planishiga hissa qo‘shadi. Progesteronning past darajasi organizmni ko‘proq suyuqlik to‘plashga majbur qiladi. O‘z-o‘zidan tana o‘lchami ortib boradi.
Testosteron Menstural siklning o‘zgarishi va tuxumlarning polikistozi ayrim hollarda testosteronning yuqori ko‘rsatkichi sababli yuzaga keladi. Bu vaznning nazoratsiz ortib borishi, yuzda tuklar, husnbuzarlarning paydo bo‘lishi va bepushtlikka olib keladi. Menopauza vaqtida testosteronning past darajasi moddalar almashinuvi sur’atini pasaytiradi, bu esa semizlikning sabablaridan biriga aylanadi.
Insulin Oshqozon osti bezi tomonidan ishlab chiqariladigan yog‘larni parchalaydigan fermentlar faoliyatini bosib, yog‘ almashinuvida muhim vazifani bajaradi. Insulin yog‘ to‘qimasida ortiqcha shakar ishlab chiqarilishiga hissa qo‘shadi. Agar shirinlikni xush ko‘rsangiz, bilingki, o‘ta ko‘p miqdorda iste’mol qilish insulin ko‘rsatkichini keskin oshiradi, oqibatda, qorin atrofida ortiqcha kilogramm paydo bo‘ladi.