Yogʻochga


Yog’och materiallar, turlari va xususiyatlari to’g’risida ma’lumot



Yüklə 380,95 Kb.
səhifə3/8
tarix03.03.2023
ölçüsü380,95 Kb.
#86335
1   2   3   4   5   6   7   8
Yog ochga

Yog’och materiallar, turlari va xususiyatlari to’g’risida ma’lumot
Yog‘och tayyor qurilish materiali bo‘lib, u xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng ko‘lamda ishlatiladi. Yog‘och duradgorlikda ishlatiladigan asosiy material hisoblanadi. Undan qurilish va inshootlarda, avtomobilsozlik, vagonsozlik, kimyo va ko‘mir sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari tayyorlash va boshqasohalarda foydalaniladi.
Yog‘ochning keng ko‘lamda ishlatilishiga sabab uning texnik xossalarining yuqoriligidir. Yog‘ochni ishlash oson, vazni yengil, puxtaligi yuqori, issiqlik vaelektrni yomon o‘tkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez yemirilmaydi, ko‘pchilik yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lib, puxta yelimlanuvchan bo‘ladi vayaxshi pardozlanadi. Ammo yog‘ochning ayrim kamchiliklari ham bor:temperatura, namlik o‘zgarishi natijasida yog‘och qurib tob tashlaydi, namtortib shishadi, eshilib-toblanadi, yoriladi va hokozo. Yog‘ochning puxtaligi,qattiqligi va boshqa mexanik xossalari, metallardagi singari, turli yo‘nalishdaturlichadir, yog‘ochning mexanik xossalari nam ta’sirida keskin kamayadi.Yog‘och oson alangalanadi, chirishga, hasharotlarning emirishiga qarshilikko‘rsata olmaydi.
Hozirgi kunda yog‘och ishlash korxonalarida tabiiy yog‘och o‘rnini oladigan yangi tur materiallar ishlab chiqarilmoqda va ishlatilmoqda. Yog‘och ishlash korxonalarida hosil bo‘ladigan chiqindilardan: arra qipig‘i va payraxalaridan


Mavzu:Detallarni o’lchamiga qarab kuydiruvchi asboblarni tanlash
Reja:
1 Detallar o‘lchamiga qarab kuydiruvchi asboblarni tanlash.

2 .Kuydirilgan buyumlarni rang-barang qilib bo’yash



.Kuydirib gul solish uchun rasmli maxsus albomlar ishlab chiqariladi; bu maqsad uchun, shuningdek, lobzik bilan arralash uchun mo’ljallangan albomdagi rasmlardan, bo’yash uchun bolalarga chiqariladigan albomlardan, kitob va jurnallarning rasmlaridan ham foydalanish mumkin. Yog’ochga rasmni to’g’ri ko’chirish juda muhim. Buning uchun tanlangan rasm kalka yoki papiros qog’oziga ko’chirib olinadi, so’ngra nusxa ko’chirish (kopirovka) qog’ozi
yordamida yog’och sirtiga o’tkaziladi. Yog’ochga nusxa ko’chirishdan oldin, u jilvir qog’oz bilan yaxshilab pardozlanadi. Naqshlarni va bir xil konturli rasmlarni kuydirib hosil qilishda fanerdan arralangan yoki qattiq qog’ozdan kesilgan andaza (shablon)lar va trafaretlar ishlatilishi mumkin. Ularni yog’ochning yaxshi pardozlangan sirtiga qo’yib qalam bilan chizib chiqiladi. Dastlabki snnab ko’riladigan rasmlarni nukta qo’yibi kuydirish kerak. Zich yoki siyrakroq nuqtalar qo’yib, ularning o’lchamlarin va chuqurligini o’zgartirib
tasvirlanadigan predmetlar hajmini katta qilib ko’rsatish. yorug’dan soyaga o’tishlarni hosil qilish mumkin. Buyumga kuydirib gul solish vaqtida uni stol ustiga nisbatan ma’.lum burchak ostida va ko’zdan 30—35 sm oraliqda o’rnatish kerak. Eng muhimi Buyumning ishlov beriladigan sirti yaxshi yoritilgan bo’lishi lozim. Ish vaqtida yog’ochning ko’yishi natijasida xonaning havosi buziladi, shuning uchun xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turish kerak. Kuydirish vaqtida ko’z nisbatan tez charchaydi, shuning uchun har 15—20 minutdan so’ng dam olish lozim.
Kuydirilgan Buyum bir xil rangga bo’yalishi, rang-barang qilib bo’yalishi yoki lak bilan qoplanishi mumkin. Rang-barang qilib bo’yash uchun suvda eritiladigan bo’yoqlar (anilin bo’yeqlari, har xil tushlar, rangli siyohlar) tanlanadi, Buyumni tezob (yog’ochnibo’yash uchun ishlatiladigan o’tkir suyuq modda) bilan jigar rangga bo’yash mumkin. Bo’yashdan oldin Buyumning syrtini jilvir qog’oz bilan yaxshilab tozalash kerak. Oxirgi tozalashda jilvir qog’ozni yog’ochning fa qat tolasi bo’ylab yurgizish lozim. Bo’yagichlarning suvdagi eritmalari juda ham quyuq bo’lmasligi kerak; rangnnig ravshanligi va quyuqligiga erishish uchun bitta joyga bo’yoqning suyuq eritmasidan 2—3 marta surkash yetarli bo’ladi. Yog’ochning kesilgan joylari, shuningdek fanerning qirralari bo’yashdan oldin suv bilan namlanadi, chunki yog’ochning buiday joylari namni, shu bilan birgabo’yoqni ham yon tomonlariga nisbatai ko’proq shimib oladi va bo’yalgandan so’ng nisbatan to’qroq bo’lib chiqishi mumkin. Bo’yash vaqtida yog’ochning tolasi bo’ylab mayda bo’yoq oqimlari hosil bo’lmasligi uchun kontur chegaralari bo’yicha chi-ziqlarni uzluksiz kuydirish kerak. Kuydirib naqsh solnigan Buyumlarni rang-barang qilib bo’yash uchun uncha katta bo’lmagan yumshoq cho’tkadan foydalaniladi. Buyumning sirtini yaxlit qilib.bo’yashuchun bo’yoq toza ip-gazlamaga o’ralgan raxta tampon bilan surkaladi.Bo’yoqning bir tekis bo’yalishiga erishish uchun bo’yoq berilgandan so’ng tezlik bilan bo’yalgan sirtni toza yumshoq latta bi lan artish kerak.

Mavzu:Detrallarni o’lchamiga qarab kuydiruvchi mmateriallarni tanlash.


Reja:


  1. Yüklə 380,95 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin