Yogʻochga


Detallarning o‘lchamlari haqida tushuncha



Yüklə 380,95 Kb.
səhifə4/8
tarix03.03.2023
ölçüsü380,95 Kb.
#86335
1   2   3   4   5   6   7   8
Yog ochga

.Detallarning o‘lchamlari haqida tushuncha.

Detallarning o‘lchamlari va shakli mashinalarni konstruksiyalashtirishda aniqlanadi. Konstruktor detallarning ishlash sharoitini bilgan holda, material tanlaydi va eng ma'qul shaklini belgilab oladiki, uning hisoblab chiqilgan o‘lchamlari ishchi yuklanish ostida detalning materiali, mustahkamlik zahirasini saqlaydi. Hisoblarda hosil bo‘lgan detal o‘lchamlarining miqdori me'yoriy miqdorgacha yaxlitlanadi va ko‘p holatlarda butun raqamgacha keltirilib, bu oxirgi o‘lcham chizmalarga qo‘yiladi.



r
Detallarni yasash uchun chizma asosiy hujjat hisoblanadi. Chizmaga qo‘yilgan har qanday o‘lcham (uzunlik, eni, diametr va h.k) nominal o‘lcham bo‘lib hisoblanadi. Bu o‘lcham hamma vaqt haqiqiy o‘lchamdan farq qiladi, chunki haqiqiy o‘lcham, detalga ishlov berish natijasida hosil bo‘ladi. Haqiqiy o‘lcham deb, yo‘l qo‘yilgan xatolik bilan o‘lchangan o‘lchamga aytiladi. Tayyor detalning o‘lchami haqiqiy o‘lchamdir.
Detallarni ishlab chiqishda amalda qanday ishlov berish usuli tanlanmasin, bari - bir berilgan nominal o‘lchamni mutlaq aniq hosil qilib bo‘lmaydi, shu singari ikkala bir xil o‘lchamga ega detallarni ham ishlab chiqarish mumkin emas. Nominal va haqiqiy o‘lchamlar orasida, albatta, hamma vaqt farq bo‘ladi. Buni detalni ishlashga o‘rnatishdagi va o‘lchashdagi yo‘q qilib bo‘lmas xatoliklar va boshqa ko‘plab sabablar bilan tushuntirish mumkin. Har doim juda ham yuksak aniqlikda detallarni tayyorlash shart emas. Ba'zida nominal o‘lchamdan ma'lum miqdordagi og'ishlarga ega bo‘lgan o‘lchamli detallar ham qoniqarli darajada ishlab, unga qo‘yilgan talabni bajaradi. Shuning uchun, nominal o‘lchamni albatta
egallash shart emas.Haqiqiy o‘lcham, yo‘l qo‘yilgan ikki chekka o‘lchamlar oralig'ida bo‘lishi kerak. Bundan xulosa chiqadiki, detal tayyorlanayotganda uning o‘lchami ikkita qiymatlar, ya'ni ro‘xsat etilgan chekka qiymatlar bilan berilishi mumkin.Bu qiymatlar eng katta va eng kichik chekka o‘lchamlar deyiladi. Yaroqli detalning o‘lchami mana shu chekka o‘lchamlar oralig'ida bo‘lishi kerak. AQSHda, chizmalarda, shu chekka o‘lchamlar ko‘rsatiladi.
Kursi va kursichalar qarag‘ay, qayin, archa, tilog‘och kabi yog‘ochlardan tayyorlanadi. Ularga bop yog‘och tanlab randalash va qirqib tashlash uchun qo‘yim qoldirib oyoq, yon yog‘ochlarga moye material tayyorlanadi. • Oyoq va yon yog‘ochlar uchun brusok 1-texnologik karta asosida tayyorlanadi. • Oyoqlarni rejalashda barcha oyoqlarning uch qismlari aniq-lanib, qirqimlari tekislanadi va go‘niya asosida teriladi. So‘ngra oyoq uchidan boshl,/'hisob yuritilib, rejalash yuqoriga qarab davom ettiriladi. Oyoqning ortiqcha qismini o‘yish, yig‘ish (birikma hosil qilish) ishlaridan so‘ng kuntaxtani mixlash-dan oldin arralab tashlanadi. Unga qadar oyoqning ortiqcha qismini arralab tashlamaslik kerak. •.Ustki va ostki yon yog‘ochlarni ham alohida-alohida to‘rtta-dan «bet»larni bir tomonga, «yordamchi bet»larni ikkinchi to-monga qilib qirralari bo‘yicha teriladi va bir uchidan bosh-lab hisob yuritilib, tirnoqlar rejalanadi. Bir xil o‘lchamli detallarni hamma vaqt shu tariqa qirralari bo‘yicha juftlab terib o‘lchamlar belgilanadi va go‘niya yordamida rejalanadi. Betdagi reja chiziqlarni detalning qolgan tomonlariga yakka tartibda ko‘chiriladi. • Uya ochish va tirnoq chiqarish chizma asosida o‘yish-teshish" mashqida, tirnoqli birikmalar hosil qilishda aytib o‘tilgan usullar bilan olib boriladi. • Qismlarni yig‘ishdan oldin oyoqlarning ichki tomonlari ostki yon yog‘ochdan boshlab oyoq uchigacha suyrilanadi (faska chiqariladi

Mavzu:Detallarni o’lchamiga qarab kuydiruvchi asboblarni tanlash.


Reja:
1.Detallar o‘lchamiga qarab kuydiruvchi asboblar.
2 .Detallar o’lchamiga qarab kuydiruvchi materiallarni tanlash.
Kuydirib gul solish uchun rasmli maxsus albomlar ishlab chiqariladi; bu maqsad uchun, shuningdek, lobzik bilan arralash uchun mo’ljallangan albomdagi rasmlardan, bo’yash uchun bolalarga chiqariladigan albomlardan, kitob va jurnallarning rasmlaridan ham foydalanish mumkin. Yog’ochga rasmni to’g’ri ko’chirish juda muhim. Buning uchun tanlangan rasm kalka yoki papiros qog’oziga ko’chirib olinadi, so’ngra nusxa ko’chirish (kopirovka) qog’ozi yordamida yog’och sirtiga o’tkaziladi. Yog’ochga nusxa ko’chirishdan oldin, u jilvir qog’oz bilan yaxshilab pardozlanadi. Naqshlarni va bir xil konturli rasmlarni kuydirib hosil qilishda fanerdan arralangan yoki qattiq qog’ozdan kesilgan andaza (shablon)lar va trafaretlar ishlatilishi mumkin. Ularni yog’ochning yaxshi pardozlangan sirtiga qo’yib qalam bilan chizib chiqiladi. Dastlabki snnab ko’riladigan rasmlarni nukta qo’yibi kuydirish kerak. Zich yoki siyrakroq nuqtalar qo’yib, ularning o’lchamlarin va chuqurligini o’zgartirib tasvirlanadigan predmetlar hajmini katta qilib ko’rsatish. yorug’dan soyaga o’tishlarni hosil qilish mumkin. Buyumga kuydirib gul solish vaqtida uni stol ustiga nisbatan ma’.lum burchak ostida va ko’zdan 30—35 sm oraliqda o’rnatish kerak. Eng muhimi Buyumning ishlov beriladigan sirti yaxshi yoritilgan bo’lishi lozim. Ish vaqtida yog’ochning ko’yishi natijasida xonaning havosi buziladi, shuning uchun xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turish kerak. Kuydirish vaqtida ko’z nisbatan tez charchaydi, shuning uchun har 15—20 minutdan so’ng dam olish lozim. Kuydirilgan Buyum bir xil rangga bo’yalishi, rang-barang qilib bo’yalishi yoki lak bilan qoplanishi mumkin. Rang-barang qilib bo’yash uchun suvda eritiladigan bo’yoqlar (anilin bo’yeqlari, har xil tushlar, rangli siyohlar) tanlanadi, Buyumni tezob (yog’ochni bo’yash uchun ishlatiladigan o’tkir suyuq modda) bilan jigar rangga bo’yash mumkin. Bo’yashdan oldin Buyumning syrtini jilvir qog’oz bilan yaxshilab tozalash kerak. Oxirgi tozalashda jilvir qog’ozni yog’ochning fa qat tolasi bo’ylab yurgizish lozim. Bo’yagichlarning suvdagi eritmalari juda ham quyuq bo’lmasligi kerak; rangnnig ravshanligi va quyuqligiga erishish uchun bitta joyga bo’yoqning suyuq eritmasidan 2—3 marta surkash yetarli bo’ladi. Yog’ochning kesilgan joylari, shuningdek fanerning qirralari bo’yashdan oldin suv bilan namlanadi, chunki yog’ochning buiday joylari namni, shu bilan birga bo’yoqni ham yon tomonlariga nisbatai ko’proq shimib oladi va bo’yalgandan so’ng nisbatan to’qroq bo’lib chiqishi mumkin. Bo’yash vaqtida yog’ochning tolasi bo’ylab mayda bo’yoq oqimlari hosil bo’lmasligi uchun kontur chegaralari bo’yicha chi-ziqlarni uzluksiz kuydirish kerak. Kuydirib naqsh solnigan Buyumlarni rang-barang qilib bo’yash uchun uncha katta bo’lmagan yumshoq cho’tkadan foydalaniladi. Buyumning sirtini yaxlit qilib.bo’yash uchun bo’yoq toza ip-gazlamaga o’ralgan raxta tampon bilan surkaladi. Bo’yoqning bir tekis bo’yalishiga erishish uchun bo’yoq berilgandan so’ng tezlik bilan bo’yalgan sirtni toza yumshoq latta bi lan artish kerak.

Mavzu:Duradgorlik polivkasi va uni bajarish texnologiyasi.


Reja:

  1. Duradgorlik polivkasi haqida tushuncha .

  2. Uni bajarish texnologiyasi.


Yüklə 380,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin