Yo’nalishi : Familya ismi Guruh Variant I (II),(III)


savol Qobiliyatlarning sifati va miqdor tasnifi?



Yüklə 27,25 Kb.
səhifə3/4
tarix28.05.2022
ölçüsü27,25 Kb.
#59842
1   2   3   4
1 5161393638487359911

4. savol Qobiliyatlarning sifati va miqdor tasnifi?
Psixologiyada qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar sifatida tavsiflanadi va buning asosida bir insonning boshqa insondan tafovutlanadigan xislatlari, fazilatlari yotadi. Shuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil sifatni kutish mumkin emas, chunki insonlar o‘z qobiliyatlari bo‘yicha bir-birlaridan muayyan darajada farq qiladilar, binobarin, ular o‘rtasida farqlar sifat va miqdor jihatidan bir talay bo‘lishi mumkin. Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual-psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdoriy tavsifi esa faoliyatga qo‘yiladigan talablarga shaxs tomonidan qay yo‘sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya’ni mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda malaka, bilimlardan nechog‘lik tez, yengil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi.
Qobiliyat xususiyatlarining sifat jihatidan talqin qilinishida, birinchidan, maqsadga turlicha yo‘llar orqali erishishga imkon beruvchi «o‘zgaruvchan miqdor» to‘plami tariqasida, ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlovchi shaxsning individual psixologik xislatlari (fazilatlari) murakkab majmuasi ko‘rinishida gavdalanadi. Masalan, fakultet dekanati va o‘qituvchilar jamoasi tomonidan yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega deb baholangan IV kurs boshlig‘i («oqsoli») Mahkamda mana bunday psixologik xususiyatlar majmuasini ko‘rish mumkin, chunonchi, tashabbuskorlik, talabchanlik, mehribonlik, e’tiborlilik, kuzatuvchanlik, tengdoshlarini tashxis qila olishlik, kashfiyotchilik, javobgarlik, hamdardlik, jozibadorlik, hamkorlik, samimiylik, hissiy yaqinlik kabilar. Mahkamning qobiliyatini boshqa tashkilotchilar qobiliyati bilan qiyoslanganda ko‘lami keng, mohiyati chuqur bo‘lish bilan birga, balki o‘zining sifati bilan ham ajralib turadi. Xuddi shu fakultetning III kurs boshlig‘i («oqsoqoli») Adham ham tashkilotchi, uddaburon shaxs, lekin faoliyatni amalga oshirish, o‘zgalarga ta’sir ko‘rsatish mutlaqo boshqa omillarga asoslanadi. Shuning uchun tashkilotchilik qobiliyati boshqa psixologik xislatlar majmuasini (turkumini) tashkil qiladi, chunonchi, zaiflarga nisbatan shafqatsizlik, jamoa a’zolariga tazyiq o‘tkazishlik, uddaburonlik, amalparastlik, maqtanchoqlik va boshqalar.


Yüklə 27,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin