Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə13/36
tarix12.10.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#154489
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni

Metodik tavsiyalar:
“Debatlar” mavzuni rezolyutsiya shaklida ifodalashi kerak. Ma’lumki, rezolyutsiya har doim mavjud holatni o’zgartirishni talab etadi. Misol uchun, “Qabul qilingan: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o’lim jazosini bekor qildi”.
Mashg’ulotga mahalliy mutaxassislardan (olim, vrach, muhandis, ijtimoiy arbob va boshqa) biri taklif etiladi. Debatda talabalar ikki guruhga ajratiladi: rezolyutsiyani qo’llab-quvvatlovchilar va ularga qarshi chiqaruvchilar. Gurux sardori reglamentga rioya qilish kuzatuvchi-yordamchi tayinlaydi.
“Konstruktiv argumentlar” 3-5 holatga asoslangan; mantiqiy ifodalangan va dililiy materiallar bilan mustahkamlangan argumentlar tayyorlash uchun talabalarga yetarlicha vaqt beriladi. Ularga muammoning mohiyatini anglash va o’z fikrlarini mustahkamlash uchun mantiqiy argumentlar tayyorlashda o’qituvchi yordam berishi kerak. Shu bilan birga, talabalar qarshi tomon bildirajak fikrlarni taxmin qilishlari va oldindan uni inkor etishga ham tayyorgarlik ko’rishlari lozim.
Talabalarni shunday dalil-isbot topish ko’nikmasiga o’rgatish kerakki, bildirilgan fikrni qarshi tomonning muhokama qilishiga o’rin qolmasin. Shundagina talabalar tengdoshlarining qarashlarini hurmat qilishga yoki o’z bilimi auditoriyadoshining bilimi oldida kam ekanligini tan olishga o’rganadi, eng asosiysi, ularda erkin fikr yuritish ko’nikmalari shakllanadi.
Tanqidiy fikrlash” usuli
Vazifasi. Demokratik jamiyatda har bir fuqaro o’z muammosini oqilona yechish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Shu boisdan o’quvchi-talabalarni bahs-tortishuv orqali masalaning yechimini topishga ko’proq jalb etish lozim.
Savollarni yechishda o’quvchi-talabalarda tinglash, muloqot olib borish, turli fikrlarni taqqoslash, o’zgalar fikriga befarq qaramaslik kabi odatlar shakllana boradi, masalani yechish va hukm chiqarish, analitik fikrlash qobiliyati rivojlanadi, munozara yuritish, yechimlarni to’g’ri topish malakalari o’zlashtiriladi.
O’tkazish usuli. Munozarali savollarni tahlil qilish va xolisona fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish uchun metodlar mavjud. Mavjud voqelikni tanqidiy fikrlash asosida baholash quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin:
1. O’quvchi-talabaning o’z fikrini erkin ifodalashi.
O’quvchi-talabaga aytilgan muammo bo’yicha o’z o’rnini aniqlab olishi uchun imkon beriladi. Masalan, Toshkentda 16 fevral voqealari nima uchun sodir bo’lganligi to’g’risida o’quvchi-talabadan javob olish uchun qator savollar bilan murojaat qilish mumkin: Sening fikrning qanday? Bu haqda sen qanday fikrdasan? va boshqa.
2. O’z fikrini oydinlashtirish.
O’quvchi-talabaning fikrini yanada aniqlashtirish maqsadida unga qo’shimcha tarzda quyidagi savollar beriladi: Bu bilan nima demoqchisan? O’z fikringni tushuntira olasanmi? Bu nima degani?
3. O’quvchi-talabalar fikrlarini asoslanganligini tekshirish.
Bunda quyidagi savollar berilishi mumkin: Nima uchun sen aynan shunday deb o’ylaysan? Sening mavqeingni tasdiqlovchi qanday asoslar bor? Nima uchun senda shunday fikr tug’ildi? O’z fikringni qanday isbotlaysan?
4. O’zgalar fikrini o’rganish.
Inson o’z fikrining ojizligini har doim ham tan olavermaydi. Shuningdek, suhbatdoshining fikriga hurmat-ehtirom bilan ham qarayvermaydi. Bu holatni ko’proq o’smirlarda kuzatish mumkin. Ba’zan muammolar yechimini topishda o’zgalar fikrini tinglash ko’nikmasi juda asqotadi. Bu ko’nikmani talabalarda shakllantirish uchun quyidagi savollar bilan murojaat qiling: O’z fikringizga muqobil bo’lgan holatni ayta olasizmi? Bu haqda boshqalar nima deydi? Tanqidga uchrashingiz mumkin?
5. O’z va o’zgalar fikrini tahlil etish.
O’quvchi-talaba o’z fikri bilan o’zgalar fikrini o’zaro taqqoslash, ilmiy asoslangan holatni aniqlash uchun fikrlar qarama-qarshiligini tahlil etishi kerak. Shunda quyidagi savollar asqotish mumkin: o’z fikring qanday? Qarshi tomonning dalil-isboti nima uchun to’g’ri yoki noto’g’ri? Qanday fikrlar seni qanoatlantiradi?
Tahlil qilinayotgan muammo bo’yicha turli fikrlarning mantiqiy natijalarini o’rganish uchun savollar: Agar sizning g’oyangiz qabul qilinsa, nima ro’y berishi mumkin? U jamiyatga qanday ta’sir ko’rsatadi? Foyda beradimi?
6. Muammo natijasini qabul qilish.
Bu “tanqidiy fikrlash” usulining so’nggi bosqichi hisoblanib, talabalar fikrlari qaytadan baholanadi va mutanosiblik aniqlanadi. Buning uchun: Qaysi natija eng qulay va ishonchli? Kimning chiqishi maqsadga muvofiq bo’ldi? Siz bahsga qanday nuqta qo’ygan bo’lardingiz? kabi savollar asqotishi mumkin.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin