Mafkuraviy poligonlar kurashi. Poligon - (grek. serqirra). Mafkuraviy poligon deb, odamlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan g’oya yoki mafkurani mablag’, ham zamonaviy texnik vositalar bilan kuchlantirib, moddiy va ma’naviy tashviqot qurollarini ishga solib, dunyodagi axborot va fikr oqimini o’z foydasi yo’lida boshqarib turadigan g’oyaviy markazga aytiladi. Shuning uchun ham bugungi kunda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchli. Bugungi kunda jamiyat hayotida namoyon bo’layotgan informatsion ma’lumotlar ta’sirida shaxsning qadriyatlari, xulq-atvori, dunyoqarashi, ijtimoiy-iqtisodiy ongining o’zgarishi muqarrar jarayonga aylandi. Informatsion oqim psixologik yo’nalganligiga ko’ra insonlarning qadriyatlari, ruhiyati, fikrlashi, xulqiga ta’sir etadi. Informatsion oqimni anglash, unga munosabat bildirish shaxsda ijtimoiy voqelikni erkin baholash, turlicha ustanovkalarni shakllantirish, ijtimoiy xulq ko’nikmalarini namoyon etishga olib keladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o’zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida ushbu fikrlarni bayon etadi: «Hozirgi paytda hayotimizni elektron axborot vositalari, xususan, televidenie va radiosiz umuman tasavvur etib bo’lmaydi. Bugungi kunda ular bir vaqtning o’zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy estetik oziq beradigan va xordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda. Shu sababli o’tkir ta’sir kuchiga ega bo’lgan televidenie va radio sohasini izchil taraqqiy ettirish jamiyatning doimiy e’tibor markazida bo’lishi tabiiy.»
Axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha xududlaridagi odamlarning o’zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni o’zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir. Aytish mumkinki, jamiyatning global axborotlashuvi ilmiy-texnik, iqtisodiy va sotsial taraqqiyotning o’zagini tashkil etadi. «Axborot asri» deb nom olgan XXI asrda axborot strategik resurs sifatida tabiiy boyliklar, energiya manbalari qatoridan joy oldi. Boshqacha aytganda, axborot taraqqiyotning bosh omiliga aylangan. Axborot harbiy snaryadga, ommaviy axborot vositalari esa tajovuz quroliga aylantirilmoqda. Bu hodisani ifodalovchi «axborot urushi» atamasi fizik olim Tomas Ron tomonidan iste’molga kiritilgan. «Sovuk, urush» davrida axborotning "harbiy kuchlar va mudofaaning eng zaif bug’ini" ekanidan aziyat chekkan olim bu "qurol«ning zalvorini kuchaytirish xaqida qayg’uradi. Ammo janob Ron yillar o’tib, kishilar ongi jang maydoniga aylantirilishini, axborotdan vayronkor qurol sifatida keng foydalanshshshini tasavvur ham qilmagan bo’lsa kerak.
Axborot urushlari biz bilgan urushlardan qator jihatlari bilan ajralib turadi. Birinchidan, axborot urushlari ancha kamharj, qo’shin saqlashni, qurol-yarog’ sotib olishni talab qilmaydi. AQShning sobik; Prezidenti J.Karter „Targ’ibotga sarflangan 1 dollar qurollanishga sarflangan 10 dollardan samaraliroq“, — deb bejiz ta’kidlamagan. Ikkinchidan, axborot urushlari hech qanday chegarani tan olmaydi. U internet, sun’iy yo’ldosh orqali aloqa, ommaviy axborot vositalari xukmronlik qilayotgan bugungi dunyoda axborotni bojxona ko’rigidan o’tkazib, saragini sarakka, puchagini puchakka ajratishning iloji yo’q. Birok, eng tashvishlisi, bu urushda raqibni jismonan yo’q, qilish emas, uni o’ziga ma’nan bo’ysundirish maqsad qilinadi. Axborot urushida inson ongi, millat ruhiyati nishonga olinadi. Bu urushda binolar zarar ko’rmasa-da, odamlar o’ldirilmasa-da, moddiy boyliklarga shikast yetmasada, uning mafkuraviy, ma’naviy, ruhiy zarari beqiyosdir. Ba’zan beozor ko’ringan ommaviy axborot vositalari ham madaniy o’zakni qo’porishning kuchli vositasiga aylanayotganini e’tiborga oladigan bo’lsak, g’oyaga qarshi g’oya bilan kurashish zarurligi haqidagi fikrning ahamiyatini yanada chuqurroq anglaymiz. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, «Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo’naltirilgan, bir qarashda arzimas bo’lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko’zga ko’rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo’lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin».
Globallashuv – kishilik jamiyatidagi maxalliy ahamiyatga molik madaniy, axborot, iqtisodiy, geosiyosiy makonlarning bir tizimga birlashuvi jarayoni ekan, undan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo’lida foydalanish mumkin. Ezgu g’oya va ta’limotlar bilan yovuz va zararli g’oyalar o’rtasida azaldan kurash mavjud bo’lib kelgan. Ayniqsa, bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o’quv dargohlarida, balki radio-televidenie, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Prezident aytganlaridek, «Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o’rab-chirmab, uni o’qima, buni ko’rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o’rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to’g’ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga qat’iy maqsad qilib qo’yganmiz va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz».
Hammamiz yaxshi bilamizki, har qaysi davlatning chegaralarini daxlsiz saqlashda harbiy kuch-qudrat, qurolli kuchlar suv bilan havodek zarur. Ammo xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimiz ma’naviy olamining daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib-suyanib ish olib borishimiz kerak, degan savol bugun barchamizni o’ylantirishi tabiiy. Buning uchun uchta asosiy vazifani bajarish: beparvolik va loqaydlikka yo’l qo’ymaslik, hushyorlik va jonkuyarlik; xalqaro maydonda sodir bo’layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga yetib borish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo’lish; Milliy axloqiy qadriyatlarimizni saqlab qolish, «Ommaviy madaniyat» hurujlariga qarshi kurashish zarur bo’ladi. Bu o’z navbatida yoshlarimiz ongini turli xurujlardan himoya qilishga xizmat qiladi. Prezidentning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asari ikkinchi bobining “Milliy g’oya va ma’naviy hayot” nomli bo’limida milliy g’oya va uning namoyon bo’lishi, u o’zining ichki mazmun-mohiyatiga ko’ra ma’naviy hodisa hisoblanishi alohida qayd etilgan. Darhaqiqat, milliy g’oya, ma’naviyat va ma’naviy hayot o’rtasida o’zaro dialektik bog’liqlik mavjud. Asarda ta’kidlanganidek, har bir davlat yoki jamiyatning oliy maqsadi xalqni, insonlarni har tomonlama farovon hayot kechirishi, tinch-totuv yashashini ta’minlashdan iborat. Shu bois muallif milliy g’oyaga aniq va mantiqiy asoslangan ta’rif berib: “milliy g’oya ajdodlardan avlodlarga o’tib e’zozlanib kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo’lsa, har qaysi millatning orzu-intilish va umid-maqsadlarini o’zida mujassam etgan botiniy kuchdir”, deb baholaydi.
Milliy g’oyaning yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi kabi asosiy tushunchalari bevosita insonning ma’naviy kamoloti bilan bog’liq holda kechadi. Yuksak ma’naviyatli insonni tarbiyalash, yuksak ma’naviyatli jamiyatni barpo etish milliy g’oyaning asosiy vazifasi ekanligi kitobda har tomonlama yoritib beriladi.
Muallif asarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar izchilligini ta’minlash, yangilanish jarayonlarini yangi bosqichga ko’tarish borasidagi asosiy vazifalar, xususan, milliy g’oyaning asosiy tushunchalari bilan bir qatorda, uning uzviy-tarkibiy qismlari: komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, tamoyillari bilan birga yana bir dinimiz bilan bog’langan tamoyilning ahamiyatini ham alohida e’tirof etadi. Bu qaysi tamoyil?
Prezident o’z asarida ma’naviy qashshoqlik qanday oqibatlarga olib kelishi to’g’risida gapirib: «Binobarin, ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o’z-o’zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog’lom avlod kelajagini ta’minlash yo’lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin, deydi.
Mustaqillik yillarida yurtimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan ijobiy o’zgarishlar har bir insonni milliy o’zligini anglashini, milliy g’ururini o’sishini yangi bosqichga ko’tardi. Jamiyatimizning har bir a’zosi milliy manfaatlarni chuqurroq va kengroq tushuna boshladi.
Milliy g’oya bugungi kunda mamlakatimizni ma’naviy hayotini yuksaltirishga, jamiyat a’zolarini ma’naviy jihatdan kamolotga yetkazib berishga xizmat qiladigan qudratli kuchga aylandi.
Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ustunlik darajasiga erishgan va g’oyaviy tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda milliy g’oyani rolini oshirib borish va uni ma’naviy hayotni yuksaltirishga safarbar etish Prezidentimiz olib borgan siyosatda alohida o’rin tutmoqda. Bugungi kunda milliy g’oyamizning jamiyatning qaysi hayotini yuksaltirishdagi roli kundan-kunga ortib bormoqda?
Prezident asarda «Agarki masalaga amaliy ko’z bilan qaraydigan bo’lsak, ma’naviyatimizga qarshi qaratilgan har qanday xuruj-bu millatimizni millat qiladigan, asrlar, ming yillar davomida ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan o’ziga xos va o’ziga mos xususiyatlarga, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’usiga, bizni doimiy ravishda tadrijiy taraqqiyotga chorlaydigan, shu yo’ldagi barcha asorat va illatlardan xalos bo’lib, ozod va farovon hayot barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga katta zarba beradigan mudhish xavf-xatarlarni anglaydi, deb yozadi.
Milliy g’oya jamiyat ma’naviyat hayotini yuksalib borish zamini bo’lish bilan birga u ma’naviyatimizni ezgu maqsadlar yo’lida yengilmas kuchga aylanishini ta’minlab beradi.
Shuning bilan birga milliy g’oyasiz va yuksak ma’naviyatsiz odamlar, jamiyat va davlat bir narsani yo’qotadi, deb ogohlantiradi asar muallifi.
Milliy g’oyasiz odamlar, davlat va jamiyat nimasini yo’qotadi?
Milliy g’oya xalqni, millatni birlashtiradi. Jamiyatning har bir a’zosini ma’naviy kamolotga erishishini ta’minlab beradi. Milliy g’oya jamiyatning har bir a’zosini yuksak ma’naviyat belgilaridan hisoblangan vatanparvarlik, fidoyilik singari fazilatlarini shakllantirib beradi. Ularni Ozod va obod Vatanni yaratish yo’liga safarbar etadi. Milliy g’oya ma’naviy hayotini yuksaltirish yo’lidagi olijanob vazifalarni bajarish bilan birga jamiyatning har bir a’zosida ertangi farovon hayotimizga ishonchni shakllantirib beradi. Muallif asarda milliy g’oya jamiyatni yuksaltirish va ma’naviy yetuklikka erishishi yo’lidagi, jamiyat e’zolarini oliy maqsadlar sari yetaklab boruvchi misoli bir narsadir, deb ta’kidlaydi.
Milliy g’oya jamiyatimiz a’zolarini bosh g’oyasi bo’lgan Ozod va obod Vatanni yaratish, erkin va farovon yashash orzusiga sadoqat ruhida tarbiyalab boradi.
Ma’naviyat doimo har bir shaxsning, butun jamiyatning e’tiqod va qadriyatlariga aylangan g’oyalari, me’yorlari va omillaridandir. Ma’naviyat xalqimizning boy madaniy merosida qadimdan shakllanib kelgan urf-odatlari va an’analarida o’z ifodasini topadi.
Milliy g’oya ma’naviy hayotni yuksaltirib ishga xizmat qiladigan fazilatlarni shakllantirib berish bilan birga turli ijtimoiy guruhlar, tabaqalar o’rtasidagi hamkorlikni, millatlararo totuvlikni va umumtaraqqiyot yo’lidagi jipslashuvni ta’minlab beradi. Milliy g’oya O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha xalqlarning tilidan, e’tiqodidan jinsidan qat’iy nazar barcha O’zbekistonliklarning manfaatlarini ifodalay bilishi kerak. Asarda ta’kidlanganidek, milliy g’oya har bir shaxsning ma’naviy kamolotga erishish yo’lida shart – sharoit bo’lib o’zligini qanday namoyon etishga xizmat qilishi lozim?
Asarda qayd etilishicha, milliy g’oya jamiyatning har bir a’zosini yovuz g’oyalar ta’siriga tushib qolishdan asrab qolish bilan birga ulg’ayib kelayotgan yoshlarni o’z xalqi va Vatani ravnaqi yo’lida voyaga yetishini ta’minlab beradi. Bugungi kunda jamiyat a’zolarini ayniqsa O’zbekistonning kelajagi bo’lgan yoshlarni ongi va qalbini zaharlashga intilayotgan, jamiyatimizning ma’naviy hayotini parokandalik holatiga tushirishga harakat qilayotgan ma’naviy tahdidlar mavjuddir. Mana shunday ma’naviy tahdidlarni oldini olishda milliy g’oya muhim rolь o’ynaydi.
Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, bugungi kunda buyuk davlatlar maqomiga ega bo’lgan ayrim mamlakatlar ko’pgina mintaqalarni o’zlarining «hayotiy manfaatlari» hududi sifatida bosib olib, uzoq vaqt mustamlakatchilik siyosati yurgizganiga ishonch hosil qilish mumkin. Aynan bosib olingan hududlarning tabiiy xomashyo zahiralaridan foydalanish, bu mamlakatlarning moddiy va ma’naviy boyliklarini o’zlashtirish ularga ulkan va qudratli davlatga aylanishga imkoniyat yaratdi. Buning oqibati o’laroq, o’z atrofidagi mamla-katlar va xalqlar bilan munosabatda o’zini ustun, tanho va yagona deb bilish, insoniyat taqdiri, xalqlar kelajagini belgilashda alohida mavqega da’vogarlik ifodasi sifatida baholanishi mumkin bo’lgan mumtozlik mafkurasi tarix sahnasiga chiqdi. Bunday mafkura davlat siyosatining asosiga aylanganda, uzoq davom etgan qonli urushlar kelib chiqishi, butun bir mintaqalarning vayron bo’lishi, ko’plab xalqlarning qaram qilinishini isbotlovchi misollarni ko’plab keltirish mumkin. Tarix iqtisodiy imkoniyatlaridan samarali foydalana olmay qolgan, turli tabaqalar o’rtasida ijtimoiy totuvlik yo’qolgan, ichki ziddiyatlar avj olgan, aholining ma’lum bir qismi Vatan, millat manfaatlaridan o’z manfaatlarini ustun qo’yib, hokimiyatga da’vogar bo’lgan siyosiy guruhlar ichki muammolarini tashqi kuchlar yordamida hal qilishga uringan va ma’naviy parokandalik, milliy g’urur, an’analar susayishidan foydalanishga harakat qilingan mamlakatlar buyuk davlatchilik shovinizmi ta’siriga tez berilishiga guvohdir. Choorizm bosqinchiligi va sho’roviy davlat to’ntarishi natijasida Vatanimiz bir asr ziyodroq buyuk davlatchilik shovinizmi kasofatlarini «U ham uzoq vaqt davomida hukmron shovinistik va agressiv millatchilik g’oyalarining butun kulfatlarini tortib keldi, - deb yozadi Islom Karimov, - O’zbekiston Rassiya imperiyasi, so’ngra esa sobiq Sovet imperiyasi tarkibida majburan ushlab turilgan murakkab davrni boshdan kechirdi». Buyuk davlatchilik shovinizmning xavfi bunday pozitsiyada turgan kuchlar, davlatlarning iqtisodiy, siyosiy yoki harbiy salohiyatining kattaligidagina emas, balki axborot orqali va mafkuraviy yo’l bilan tazyiq ko’rsatish imkoniyatlarining kengligida, ular qo’lidagi g’oyaviy ta’sir o’tkazish vositasi va mexanizmlarning xilma-xilligida hamdir. Inson onggi va tafakkuriga g’oyaviy qarashlarning singdirilishi beqiyos kuchga aylanishi bugungi kunda juda ravshan bo’lib qoldi. Buyuk davlatchilik shovinizmi hozirgi davrda pansovetizm shaklini olmoqda. Bu mafkura asosan xalqlarning yetmish yildan ortiqrok vaqt davomida davomida bir ittifoq, aniqrog’i davlat miqyosida yuzaga kelgan iqtisodiy aloqadorlik va bog’liqlikni ideallashtirishga asoslangan. Ammo, Prezidentimiz o’rinli ta’kidlaganidek, bunday qarashlar ortida ham sodda kishilarning bosh-ko’zini aylantirib, o’z umrini yashab bo’lgan g’oyalarni hayotimizga qaytadan tiqishtirishga, shu yo’l bilan yana eski tuzumni tiklashga, bir so’z bilan aytganda, milliy o’zligimizni yo’qotishga qaratilgan intilish yotganligini yoddan chiqarmaslik zarur. Maqtanchoqlik, insoniyat qarshisida o’z mehnatlariga haddan orticha baho berish xos blgan buyuk davlatchilik shovinizmini pansovetizm shaklida qayta jonlan-tirish ham ezgu mafkura niqobidagi bosqinchilikni qayta tiklashni nazarda tutadi. Chunki sobiq sovetlar tuzumi davrida rasman respublikalar deb yuritilgan, aslida koloniyalar, behisob xomashyo resurslari, ishchi kuchi, transport kommunikatsiyalar, geostarategik mavqedan mahrum bo’lgan hokimiyatparast siyosiy kuchlar yana o’sha davrni qo’msab qolishdi. Ular na faqat asrlar bo’yi shakllangan xalqlar, millatlar, balki hatto oddiy ko’r ham hassasini bir marta yo’qotishi haqidagi hikmatni, tarix g’ildiragini orqaga aylantirib bo’lmasligini unutdilar yoki bilib, bilmaslikka olmoqdalar. Bunda ommaviy axborot vositalari orqali psixologik ta’sir o’tkazishning yangidan-yangi usul-laridan foydalanadilar. Xususan, hozirgi paytda milliy hayotimizga xos muayyan xususiyatlarni ochiqdan - ochiq qoralash, yerga urish yoki ayrim tarixiy voqea-hodisalarni umuman bo’lmaganidek, jahon madaniyati, ilmu - faniga ulkan hissa qo’shgan ulug’ allomalarimiz bizga aloqasi yo’qdek qilib ko’rsa-tishga urinishlar mavjud. Shuningdek, mintaqa davlatlari o’rtasida ziddiyat-lar keltirib chiqarish va jahon afkor ommasida O’zbekiston haqida noto’g’ri tasavvur tug’dirishga bo’layotgan intilishlarni hech qachon e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim.