Yo`nalishi IV bosqich


Olmani saqlash texnologiyasi



Yüklə 28,24 Kb.
səhifə4/6
tarix08.06.2023
ölçüsü28,24 Kb.
#126730
1   2   3   4   5   6
qishloq xojaligi fanidan MT

Olmani saqlash texnologiyasi.


Olmaning saqlashga chidamliligi uni saqlashda pishib yetilish xususiyati bilan aniqlanadi. Olmaning ertapishar navlari kam muddatga, kechki navlari esa 7–8 oygacha saqlanishi mumkin. Olma saqlash uchun yashiklarga joylashtiriladi. Bunda olma qog’ozga o’ralsa yaxshi saqlanadi. Olma yashiklarga joylashtirilganda ular orasiga qog’oz yoki qirindi solinsa ham bo’ladi.
Yashiklar omborga devor tomondan 25–30 sm, yashiklar orasida ikki metrli yo’l qoldirilib joylashtiriladi. Bir taxda 7–8 ta yashik bo’ladi. Eng yuqoridagi yashik bilan ombor shipining orasida 50–60 sm qolishi kerak.
Olma solingan yashiklar taxlarga shaxmat usulida uchtadan va juft-juft qilib joylashtiriladi. Taxlarga navi, sorti, sifati, katta-kichikligi bir xil bo’lgan mahsulot joylangan yashiklar terib qo’yiladi. Shuni ta‘kidlab o’tish kerakki, uncha pishmagan olma past haroratda pishib yetilmaydi, aks holda ular qattiqlashib, ta‘mi va xushbo’yligi o’zgarmaydi. Shu sababli, omborda havoning haroratini olmaning pishganligiga qarab o’zgartirib turish lozim.
Olmaning sovuqqa chidamli navlari -1– -20 haroratda saqlanadi. Bunday olmalar issiq haroratda uzoq vaqt saqlanmaydi. Pepin shafran, Kandil sinap, Renet Simirenko, Golden delishes, Boyken, Renet Kichunova, Sari sinap, Rozmarin kabi olma navlari sovuqqa chidamli hisoblanadi. Olmaning sovuqqa chidamsiz navlari 2–4S da saqlanadi. Mart, Suvorovets, Aprel, Jonatan, Starking, Antonovka, Renet shampan, Oddiy antonovka navlari sovuqqa chidamsiz navlar jumlasiga kiradi.
Olmani saqlashda havoning nisbiy namligi 85–95% bo’lishi maqbul hisoblanadi. Omborni sovitishga saqlash haroratiga yetguncha havoni jadal aralashtirib turish orqali erishiladi, bunda taxlar orasida havo oqimining tezligi 0,2–0,3 m/sek bo’lishi tavsiya qilinadi.
Olmani omborda saqlash vaqtida gaz muhitini boshqarish muhim hisoblanadi. Bunda ayniqsa past haroratga chidamsiz olmani saqlashda foydalanish yaxshi samara beradi.
Odatda olma daraxtining pastki shoxlaridan yig’ilgan mevalar yaxshi saqlanadi. Shu sababli ular alohida terib olinadi va saqlashga ham alohida joylanadi.
Olma uzilgandan so’ng 4–8 soatdan kechiktirmasdan meva omboriga olib kelinishi kerak.
Olmani saqlashdan oldin ular maxsus bo’lmalarda sovitiladi. Har kuni meva ombori bo’lmasi sig’imining 10–15 % olma bilan to’lg’aziladi. Bo’lma 7–10 kun deganda butunlay to’lg’aziladi. Bo’lmalarda havo asta-sekin sovitilib 4–6S ga yetkaziladi, keyin esa nav uchun kerakli bo’lgan harorat darajasida qoldiriladi.
Oliy va birinchi navli olmalar uzoq muddatga, ikkinchi va uchinchi navli olmalar 2–3 oy saqlashga qo’yiladi. Ular yashik, karton quti va konteynerlarda saqlanadi. Mevalarni konteynerlarda saqlash omborning 1 m3 hajmidan samarali foydalanishni ta‘minlaydi. Bunda 1 m3 foydali hajmda mevalar yashiklarda saqlanganda uning zichligi 250–300 kilogramm, konteynerlarda 400 kilogrammni tashkil qiladi.
Olmani saqlashda ularni polietilen kleyonkalarga joylashtirish keng qo’llanilmoqda. Bunda sig’imi 1–3 kilogramm polietilen xaltachalardan foydalaniladi. Bunday xaltachalar ichida 1,5–2 oy ichida kislorodning miqdori 14–16% ga, karbonat angidrid esa 5–7% ga yetadi.
Polietilen xaltachalarni omborga joylashtirgach, ularning og’zi ikki-uch kun ochib qo’yiladi olma sovitilgandan so’ng ularning og’zi yopiladi. Polietilen xaltachalar konteynerlarga joylashtirilgan holda omborlarga joylashtiriladi.
Olmani saqlashda polietilendan yasalgan konteynerlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda 600–800 kg meva sig’adigan konteynerlar qo’llaniladi. Polietilendan yasalgan konteynerlarga gaz muhitini boshqarish uchun maxsus tuynuklar qo’yiladi.
Olma navining xilma-xilligi uni saqlashni ancha mushkullashtiradi. Chunki har bir nav uchun ma‘lum saqlash tartibi talab qilinadi. Saqlash davrida olmani ko’zdan kechirib turish kerak. Olma joylashtirilgan yashiklar har oyda bir ikki marta qarab chiqiladi. Saqlanadigan olmada nuqson bo’lsa, ular qaytadan sortlarga ajratiladi.

Yüklə 28,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin