Yo`nalishi IV bosqich


Nokni saqlash texnologiyasi



Yüklə 28,24 Kb.
səhifə5/6
tarix08.06.2023
ölçüsü28,24 Kb.
#126730
1   2   3   4   5   6
qishloq xojaligi fanidan MT

Nokni saqlash texnologiyasi. Nokning saqlashga chidamli navlarini 4–5 oy, kuzgi navlarini esa 1,5–2 oy saqlasa bo’ladi. Nok olmaga nisbatan tez urinib qoladi, shu sababli uni uzishda va yashiklarga joylashda ehtiyotkorlik bilan ishlash talab qilinadi.
Nok odatda pishib yetilish oldidan uzilib, toza va quruq yashiklarga joylashtiriladi. Yashiklar tagiga qog’oz yoyib qo’yiladi, qog’ozning ikkinchi uchi nokning ustiga yopiladi. Qog’oz ustiga qirindi sepiladi yoki karton yopiladi. Nokni shaxmat usulida joylashtirib qator orasiga qirindi sepish ham mumkin. Yashiklar xuddi olma singari taxt qilib qo’yiladi.
Gaz muhiti boshqarilib turiladigan omborlarda nok 300–350 kilogrammli konteynerlarda saqlanadi.
Nokni saqlashda harorat 1–2S gacha bo’lishi maqbul hisoblanadi. Ko’pincha bu haroratda o’ta kechpishar navlardan terilgan mevalar juda sekin yetiladi va saqlash muddatining oxirigacha rangini yo’qotmay qattiq holda bo’ladi. Bunday noklarni savdoga jo’natishdan avval 4–7 kun davomida 15–20S da saqlab yetiltirish lozim.
Omborda havoning nisbiy namligi 85–90% bo’lishi kerak. Shunga e‘tibor berish kerakki, omborda havo haroratining tez-tez o’zgarib turishiga yo’l qo’ymaslik lozim, aks holda mevalar tez yetilib qolishi mumkin, bunday nokni uzoq vaqt saqlab bo’lmaydi.
Nokni boshqariladigan gaz muhitida uzoq vaqt saqlash mumkin. Bunda kislorodning miqdori navlar bo’yicha 2–3%, karbonat angidridning miqdori 1-5% gacha bo’lishi ularning sifatli saqlanishini ta‘minlaydi.
Behini saqlash texnologiyasi. Behi odatda havo quruq paytida terib olinadi. Terish paytida uning ustidagi tuki saqlanib qolishi muhim hisoblanadi. Tuk behining saqlashga chidamliligini oshiradi.
Behi saqlash uchun yashiklarga joylashtirilganda tagiga kog’oz to’shaladi va oralariga qirindi solinadi. Behi 35 kg yashiklarga yoki konteynerlarga (gaz muhiti boshqariladigan omborlarda) joylashtiriladi.
Behini saqlashda havo harorati 0–1S, nisbiy namligi 85% bo’lgan omborlarda saqlanadi.
Danakli mevalarni saqlash. Danakli mevalarning saqlashga chidamliligi past bo’lib, ular o’zidan suvni tez yo’qotib, so’liydi, shu bilan birga kasalliklarga tez chalinadi.
O’rik saqlash uchun sal g’o’raroq, eti tig’iz, mazasi naviga xos bo’lib yetilgan paytida uziladi. O’rikni iloji boricha bandi bilan birga uzish kerak.
Yirik va o’rtacha kattalikdagi o’riklar to’g’ri qatorlarga terilib, maydalari esa to’kma qilib yashiklarga joylanadi. Yashik tagiga qirindi solinadi va ustiga qog’oz to’shaladi uning ustiga ham qirindi sepiladi.
O’rik 0S haroratda va nisbiy namligi 85–95% bo’lgan. sharoitda saqlanadi. Bunday sharoitda o’rikni 1–1,5 oy saqlash mumkin. Havo harorati 17–25S bo’lgan omborlarda o’rikni 8–10 kun saqlash mumkin.
Boshqariladigan gaz muhitida o’rikni 1,5–2 oy saqlash mumkin. Bunda karbonat angidridning miqdori 3–5%, kislorodning miqdori 2–3% va azotning miqdori 92–95% bo’lishi lozim.
Olxo’rini saqlash uchun yashiklarga to’g’ri qator qilib joylashtiriladi. Mayda olxo’ri yashikka to’kma qilib solinadi. Olxo’ri harorati 0–1S, nisbiy namligi 90–95% bo’lgan omborlarda saqlanadi. 1S haroratda saqlanganda ma‘lum vaqtdan keyin uning eti qorayadi.
Polietilen xaltachalarda -1S haroratda 2–3 oy saqlash mumkin.
Boshqariladigan gaz muhitida saqlashda uning tarkibi quyidagicha bo’lishi tavsiya qilinadi: karbonat angidrid 3–4%, kislorod 3%, azot 93–94%.
Olcha va gilos havo harorati 0–1S va nisbiy namligi 85–90% atrofida bo’lgan omborlarda saqlanadi. Gilosni odatda 30 kun, olchani 10–15 kun saqlash mumkin. Lekin polietilen xaltachalarga 1 kg dan joylashtirilgan olchani bir oygacha, boshqariladigan gaz muhitida (SO2–10%, O2–11%, N2–79%) 1,5 oygacha saqlash imkoni bor.
Qulupnayni xolodilnikda 0S haroratda va nisbiy namlik 90–95% bo’lganda 3–5 kun, boshqariladigan gaz muhitida 10–15 kun saqlash mumkin. Gaz muhitining tarkibi SO2–5–8%, 02–3%, N2–89–92% bo’lishi talab qilinadi.
Tsitrus mevalar 20 kilogrammli yashiklarga shaxmat yoki diagonal usulda teriladi. Har bir meva yupqa qog’ozga o’raladi. O’rov qog’oziga 1 mg difenil eritmasi shimdirilsa, meva yaxshi saqlanadi.
Tsitrus mevalar 0S atrofidagi haroratda saqlanadi. Limon 2–3S haroratda, 85–90% nisbiy namlikda, mandarin va apelsin esa 1–2S haroratda to’rt–olti oy saqlanishi mumkin.
Limonlarni boshqarilib turiladigan gaz muhitida 10S haroratda olti oygacha saqlash mumkin. Gaz muhitining tarkibi 02–10%, N2–90% bo’lishi lozim.
Tsitrus mevalarning pishib yetilishini tezlashtirish uchun etilendan foydalaniladi. Bunda 1 l havoga 10 mg etilen gazi aralashtiriladi.

Yüklə 28,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin