O`ZBEKISTON REPUPLIKASI OLIY TA`LIM ,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO`LIMI Biologiya o`qitish medodikasi yo`nalishi IV bosqich 19.09 guruh talabasi Samatov Javohirning Qishloq xo`jaligini biologik asoslarifanidan MUSTAQIL ISHI
Mavzu : Maxsulotlarga qo`yiladigan talablar .
Maxsulotlarni saqlash texnologiyalari.
Bajardi : Samatov J
Qabul qildi: Omonova S Mavzu : Maxsulotlarga qo`yiladigan talablar .Maxsulotlarni saqlash texnologiyalari
Reja : 1.Meva va sabzavotlarni saqlash usullari. 2.Sovutkichlar yordamida meva va savzavotlarni saqlash 3.Ayrim meva turlarini saqlash bo`yicha tafsiyalar. I. Meva va sabzavotlarni saqlash usullari Meva va sabzavotlar turli xil usullarda saqlanadi. Yangi meva-sabzavotlar, shuningdek urug’liklar va kartoshka saqlaydigan inshoot yoki binolar meva-sabzavot ombori deb yuritiladi. Ular muvaqqat va doimiy bo’ladi. Muvaqqat omborlarga uyum, handaq, o’ra va boshqalar kiradi. Doimiy omborlar bir qavatli to’g’ri burchak shaklida yer ustiga yoki yerdan chuqurroq (1,5–2 m) qilib, betondan yoki g’ishtdan quriladi.
Meva-sabzavot omborlari mahsulotni saqlash usullariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Tabiiy usulda shamollatiladigan omborlar.
2. Ventilyator yordamida tashqi havo bilan sovitiladigan omborlar.
3. Sun‘iy usulda sovitiladigan sovutgichlar.
4. Atmosferasi boshqarilib to’riladigan sovutgichlar.
5. Muzxona va muzli omborlar.
Meva va sabzavotlarning turli-tumanligi va ularni turli maqsadlarda saqlash, mahsulot yetishtiriladigan mintaqaning tabiiy sharoiti, xo’jalikning moddiy texnika imkoniyatlari mahsulot saqlashning turli xilda bo’lishini talab qiladi.
Xo’jalikda yetishtirilgan mahsulotni saqlash usulini tanlashda muayyan saqlash usuli va texnologik rejimi albatta sinab ko’rilishi lozim. Bunda mahsulotni saqlash muddati ham hisobga olinishi kerak. Sabzavot va meva omborlarini ma‘lum texnologik rejimni boshqarib turiladigan va mexanizatsiyani keng joriy etish imkoniyati yaratilgan holda qurish mahsulotning sifatli saqlanishini va nobudgarchiligini kamaytirishni ta‘minlaydi.
O’zbekistonda ko’pgina mahsulotlar dala sharoitida saqlanadi. Keyingi yillarda esa xo’jaliklarda statsionar omborxonalar qurishga katta ahamiyat bermoqdalar.