Meva va sabzavotlarni saqlash texnologiyasini rivojlan-tirishda mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan omborxonalar qurish muhim ahamiyatga ega.
Doimiy (statsionar) omborlar meva va sabzavotlarning turiga, rejalashtirilishiga, hajmiga, saqlash sistemasiga, mahsulotlarni joylashtirish va boshqa bir qator xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qiladi. Doimiy omborxonalar meva va sabzavotlarning turiga qarab kartoshka, ildiz-meva, piyoz, karam va meva saqlashga moslashtirilgan bo’ladi. Bu mahsulotlarni saqlash sharoiti bir-biridan tafovut qiladi va ularni bir omborda saqlash tavsiya etilmaydi.
Doimiy omborxonalar sig’imi jihatidan kichik, o’rtacha va katta bo’ladi. Kichik omborxonalarning sig’imi 100–200 tonna, o’rtacha omborxonalarnini 10 ming tonnagacha, katta omborxonaniki 30 ming tonnagacha bo’ladi. Katta sig’imli omborxonalar kichigiga qaraganda qurilish va iqtisodiy jihatdan tejamli bo’ladi. Shu bilan birga mahsulotni saqlashga sarf bo’lgan xarajat ham kam bo’ladi.
II . Sovutkichlar yordamida meva va savzavotlarni saqlash Meva va sabzavotlarni sovutgich (xolodilnik)larda saqlash istiqbolli usullardan biri hisoblanadi. Bunda yilning turli fasllarida ham bir xil sharoit yaratish imkoni bor. Mahsulotni saqlash muddati ancha uzaytiriladi va mahsulot yo’qotilishi kamaytiriladi.
Sovutgichlarni qurish anchagina harajat va material talab qilsada, ular tezda qoplanadi. Shu sababli, xo’jaliklar meva va sabzavotlar saqlaydigan sovutgichlar qurilishiga alohida e‘tibor berishlari kerak.
Sovutgichlar sig’imiga ko’ra 100 tonnadan kam bo’lmasligi lozim. Ular muayyan haroratda tutib turiladigan mahsulot saqlash xonalaridan, tovar mahsulot ishlanadigan bo’limlardan, mashina bo’limi va yordamchi binolardan iborat bo’ladi. Sovutgichlar yer ustida qurilgan bir qavatli omborxona bo’lib, balandlign 6 m gacha bo’lishi mumkin. Mahsulot sig’imi bo’lmaning balandligiga bog’liq. Zamonaviy sovutgichlarning har metr kvadratiga 700– 800 kg mahsulot sig’adi.
Sovutgichning poli avtomashina kuzovining balandligicha qilinadi. Bunda mahsulotni tushirish va ortish ishlari ancha yengillashadi.
Mahsulotlar tez sovitilsa ulardagi biokimyoviy jarayonlar va mikroorganizmlarning rivojlanishi bartaraf etiladi hamda mahsulotning saqlanish muddati uzayadi. Mahsulotlarni tez sovitib oladigan xonalar ham bo’ladi. Sovutilgan mahsulotlar doim saqlanadigan bo’lmalarga ko’chiriladi.
Sovutgichlarning sovitish samaradorligi termoizolya-tsiyaga bog’liq. Buning uchun bo’lmaning ichki qismidan bir qavat termoizolyatsiya materialidan o’tkaziladi bunda unga bug’ va nam kirishining oldi olinadi. Bo’lmalar oldini yelim qo’shilgan issiq bitum bilan qoplanib, bitumga issiqlik o’tkazuvchanligi kam bo’lgan materiallardan (mineral plita, penosteklo, penoplast, torfoplita) yasalgan taxtalar qo’yib chiqiladi. Keyin esa bug’ o’tishining oldini olish uchun ustidan bitum, alyuminiy folga yoki tsement bilan yopiladi. Hozirgi vaqtda zavodlarda teploizolyatsiya uchun maxsus panellar tayyorlanmoqda.
Bo’lmalarning poli asfalt yoki tsement qilinadi. Ularning eshiklari ham bir qavat termoizolyatsion materialdan qoplanadi. Eshikning devor bilan ulanadigan qismiga rezina qistirma qo’yiladi.
Odatda sovitish uchun kompressorli sovutgich qurilmalaridan foydalaniladi. Sovutish manbai sifatida ammiak yoki freondan foydalaniladi. Sovutgichlar sovutish xonalari, kuchli sovutish qurilmalari, o’tkazish naylari, haroratni nazorat qilish va avtomatik rostlab turish asboblari bilan ta‘minlangan.
Meva va sabzavotlarni saqlaydigan sovutgichlarda sovutish unumdorligi soatiga 50–200 ming kkal bo’lgan qurilmalardan foydalaniladi.
Xonalar quvurlar yoki havo vositasida sovutilishi mumkin. Quvurlar bilan sovutilganida, xonalarga radiatorlar o’rnatiladi va ulardan sovutish manbai – natriy xlorid yoki kaltsiy-xloridning sovitilgan eritmasi o’tib turadi. Issiqlik konvektsiyasi qonuni bo’yicha xonalar soviy boshlaydi. Bu usulda sovitilganda harorat xonaning turli joylarida ancha (2–4S) farq qiladi. Shu sababli mevalar saqlanadigan sovutgichlarni quvurlar bilan sovitish tavsiya etilmaydi.
Xonalar havo yordamida, ya‘ni ventilyatorlar yordamida sovutilganda haroratning mo’‘tadil, turli joylarda bir xil sharoit bo’lishiga erishiladi. Namlangan havo sovitilib ventilyator yordamida xonaning yuqori qismiga yuboriladi. Bu usulda xonalar sovitilganda havo namligi 90% dan kam bo’lmasligi lozim. Xonaning namligi muntazam ravishda nazorat qilib turiladi. Xonada havoni sovitish tezligi ob-havo sharoitiga, mahsulotning biologik va fiziologik xususiyatlariga hamda sovuq havo miqdoriga chambarchas bog’liq.
Mamlakatimiz shimoliy qismining ko’pgina zonalarida sentyabr–oktyabr oylarida sovitish uchun tashqi havodan foydalanish mumkin. Bizning sharoitda esa ko’pincha havo sun‘iy ravishda sovitadigan statsionar qurilmadan foydalanishni ko’zda tutish lozim.
Sovutgich xonalaridagi havo harorati va namligi keskin o’zgarmasligiga hamda meva va sabzavotlarning terlamasligiga e‘tibor berish lozim. Meva va sabzavotlarni sovutgich xonalariga joylashtirishdan ilgari ular obdan saralanadi, yog’in-sochinda qolganlar esa biroz quritiladi.
Bo’lmalarda mahsulotni saqlashda maxsus idishlardan yashik-lotoklar, o’rta hajmli yashiklar va konteynerlardan foydalaniladi. Idishlardagi mahsulotlarni joylashtirishda, taglikdan foydalanish juda qulay. Taglikning o’lchami 800X1200 mm bo’lib, ularga mahsulot solingan yashiklar taxlanadi. Shunday qilinganda yashiklar mustahkam turadi.
Ko’pgina sabzavotlar (piyoz, sarimsoq, karam, kartoshka, sabzi, lavlagi) va mevalarning ayrim turlari konteynerlarda saqlanadi. Konteynerlarga joylashgan mahsulotlarni ortish-tushirish ishlari mexanizatsiya yordamida amalga oshiriladi. Yashiklar va konteynerlar bir-birining ustiga 3–5 qavat qilib joylashtiriladi.
Bo’lmalarda havoning erkin yurib turishi uchun har bir taxning hamma tomonida bo’shliq qoldirilishi kerak. Mahsulot taxlari va yon tomonlaridan 5 sm oraliq qoldiriladi. Bo’lmaning shipi bilan tepadagi mahsulot orasidagi bo’shliq 50 sm bo’lishi, yon devorlar bilan mahsulot orasidagi bo’shliq esa 30–40 sm bo’lishi talab qilinadi. Taxlarning har qaysi ikki qatoridan keyin 60–70 sm nazorat yo’lagi qoldirish tavsiya qililadi. Uncha uzoq vaqt saqlanmaydigan mahsulotlarning har bir qatoridan keyin nazorat yo’lagi qoldiriladi.
Bo’lmalardan samarali foydalanish uchun tez sotiladigan mahsulotlar mashina yuradigan markaziy qismga yaqinroq qilib joylanadi. Umuman har kuni bo’lma sig’imiga nisbatan taxminan 10% miqdordagina mahsulot joylanadi. Agar sovutilgan mahsulot bor xonaga bir yo’la ko’p miqdorda iliq mahsulot kiritilsa, sovitilgan mahsulot terlaydi va natijada mikroorganizmlarning rivojlanishi tezlashadi.
Sovuqqa chidamli mahsulotlarni xonalarga joylash uchun sovitish sistemasi ishga tushirilib, 10–15 kun mobaynida mahsulot bilan to’ldiriladi. Sovuqqa chidamsiz mahsulotlarni joylashtirishda ular xonalarga to’liq joylanadi va keyin sovitish sistemasi ishga tushiriladi.
Sovutgich xonalaridan mahsulotni olish vaqtida ularni birdan issiq joyga chiqarish mumkin emas. Aks holda mahsulot terlab buzila boshlaydi. Shu sababli sovutgich xonalaridagi mahsulotlarni olish oldidan oraliq xonalarga joylashtirilib biroz ilitib olinadi.
Agar mahsulotning hammasi olinayotgan bo’lsa, mahsulotni ilitish ishi saqlash xonasining o’zida amalga oshiriladi. Mahsulotni ilitish 2–4 sutka davom ettiriladi. Bunda havo harorati sutkasiga 4–5S oshirilib boriladi.
III.Ayrim meva turlarini saqlash bo`yicha tafsiyalar.