Maʼlumotlar bazasi (MB) bu – maʼlumotlarni saqlash, oʻqish, qayta ishlash va qidirish uchun moʻljallangan markaziy maʼlumotlar ombori. Turli dasturlar yaratar ekanmiz, dastur ishlashiga oid boʻlgan maʼlumotlarni u yoki bu koʻrinishda saqlashimiz kerak. Misol uchun dastur foydalanuvchilari va ularning shaxsiy maʼlumotlari, rasmlari, postlar, mahsulotlar va hokazo.
Maʼlumotlar bazasi nima?

Bu maʼlumotlarni qay koʻrinishda saqlash, turli maʼlumotlar oʻrtasidagi munosabatlar (foydalanuvchi-post, mijoz-mahsulot), bu maʼlumotlarga murojaat qilish va unumli foydalanish uchun MBni toʻgʻri loyihalash juda muhim ahamiyatga ega.
Kitobxonlar Adabiyotlar Adabiyot berish Kutubxonalar O’quv zali MAʼLUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH Shahar kutubxonasi
Ma’lumotlar bazasini loyihalash jarayoni
Yaxshi tuzilgan ma’lumotlar bazasi:
Ortiqcha (takrorlanuvchi) ma’lumotlarni bartaraf qilish orqali xotirani tejaydi.
Ma’lumotlarning aniqligi va yaxlitligini saqlaydi.
Ma’lumotlarga turli usullar bilan murojaat qilishni ta’minlaydi.
Samarali va foydali MBni loyihalashtirish quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi: