Yo‘nalishi O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fanidan



Yüklə 158,48 Kb.
səhifə5/15
tarix14.12.2023
ölçüsü158,48 Kb.
#180336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-mustaqil ta’lim topshiriq savollari va javoblari

Intervyu: intervyu-monolog, intervyu-dialog, intervyu-lavha, portret-intervyu, davra-suhbat, matbuot konferensiyasi .
1.Korrespondensiya: axborot korrespondensiya, tahliliy korrespondensiya, muammoli korres-pondensiya, ijobiy korrespondensiya, tanqidiy korrespondensiya, portret korrespondensiya, mulohaza-korrespondensiya.
2.Maqola: bosh maqola, nazariy maqola, muammoli maqola, tanqidiy maqola, tashviqot xarakterdagi maqola, ilmiy-ma’rifiy maqola.
3.Taqriz.
4.Sharh: umumiy sharh, mavzuli sharh, axborot sharhi, matbuot sharhi.
5.Obzor: mavzuli obzor, umumiy obzor, axborot obzor.
6.Xat: gazetxon xati, ochiq xat, murojaat, tabrik, yozuvchi xati.
7.Kuzatish: umumiy kuzatish, mavzuli kuzatish 1. Lavha. 2. Ocherk: ocherk-portret, safarnoma (yo‘l ocherki), muammo-ocherk, ocherk-lavha. 3. Felyeton: hujjatli felyeton publisistik uslubga amal qilinadigan manbalar orasida, ayniqsa, matbuot, ya’ni gazeta va jurnallarning alohida o`rni bor. O‘zbek tilshunosligida gazeta tilini tadqiq etish bo`yicha qator tadqiqotlar yaratilgan. A.Abdusaidovning «Jurnalist-ning tildan foydalanish mahorati» nomli monografiyasida gazeta tilini o‘rganishga doir adabiyotlar obzori keltirilgan. Unda ko‘rsatilishicha, o‘zbek tilshunosligida gazeta leksikasi, vaqtli matbuotda baynalmilal so‘z va terminlar qo‘llash, «Mushtum» jurnali leksikasi va frazeologiyasining semantik-stilistik xususiyatlari, gazeta nutqi, gazeta sarlavhalari, gazeta materiallari asosida leksik dubletlar, leksik va sintaktik variantlar, gazeta tili statistikasi, gazeta tilining publisistik uslubdagi o‘rni, janrlari, gazeta tili gram-matikasi, «Turkiston viloyatining gazeti»ning ayrim sintaktik xususiyatlari, XX asrning birinchi yarmi vaqtli matbuoti materiallaridan olingan boy faktlar asosida qadimgi turkiy so‘zlar, o‘zlashgan leksik qatlam, polisemiya, kalka masalasi, gazeta tili va adabiy me’yor masalalari o‘rganilgan muhim tadqiqotlar mavjud.


20. “Mutaxassis va davlat tili” mavzusini “Nima uchun?” grafik organayzeri asosida ochib berish.
20. Soʻnggi yillarda oʻzbekistonda davlat tilini hayotga toʻla joriy etish, uning samaradorligini oshirishning yangi tizimi joriy etildi. uning huquqiy asoslari yaratildi, tarkibiy tuzilmalari tashkil etildi, amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqildi.
Mamlakatimizda davlat tilini hayotga toʻla joriy etishning mazkur tashkiliy tuzilmasi nafaqat Oʻzbekistonda, balki xalqaro miqyosda oʻziga xos noyob hisoblanadi. Rivojlangan davlatlardagi shunday tizim bilan qiyoslanganda, uning milliy mentalitetimizga mos va noyob ekanini koʻrish mumkin.
Xorijda davlat tili masalasi oʻrganilganda, Fransiyadagi til siyosati eʼtiborni tortadi. Fransuz hukumati fransuz tilining nafaqat mamlakatda, balki xalqaro miqyosda keng qoʻllanishi va rivojlanishiga alohida eʼtibor qaratmoqda. 1992-yili Fransiya konstitutsiyasida fransuz tili davlat tili deb belgilandi. 1994-yil 4-avgustda Fransiya madaniyat vaziri Jak Tubon tashabbusi bilan “Tubon qonuni” qabul qilindi.
Fransuz hukumatining fransuz tilining davlat tili va xalqaro miqyosda keng qoʻllanishiga harakat qilishiga asosiy sabab shundaki, jahon maydonida, hatto Fransiyaning oʻzida ham ingliz tilining oʻrni, unda soʻzlashuvchilar soni ortib bormoqda. Shu bois, Fransiya fransuz tilining rivoji uchun astoydil intilmoqda.
Umuman, bugungi kunda hududida boshqa tillar bilan raqobat kuchaygan mamlakatlar oʻz milliy tili rivoji yoʻlida qatʼiy chora-tadbirlar koʻrmoqda. Aynan shu jihatdan Oʻzbekistonda davlat tilini hayotga toʻla joriy etishning yangi maʼmuriy-tashkiliy tizimi juda maqbul institutsional tuzilma hisoblanadi.
Xoʻsh, yurtimizda davlat tilini hayotga joriy etish boʻyicha ushbu yangi tizimning samaradorligi qanday? Bu sohada qanday kamchilik va muammolar mavjud?
Mamlakatimizda davlat organlarida davlat tilini rivojlantirish boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etildi. Ular tomonidan davlat idoralari faoliyatida davlat tilida ish yuritish, davlat tilining oʻrni va rolini oshirish yuzasidan birmuncha ishlar olib borilyapti. Lekin sohadagi asosiy muammo shundaki, ayrim korxona va muassasalardagi maslahatchilar texnik ishlar — tahrir va tarjima qilish bilan cheklanyapti, xolos. Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, vazirlik va idoralarda maslahatchiga oʻrinsiz texnik va ikkilamchi ishlar (tahrir va tarjima) ni yuklash taqiqlandi.
Shu bois, ayrim maslahatchilar oʻzlarining asosiy vazifalarini unutib qoʻydi. Jumladan, davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlar ijrosini tashkil etish, davlat tiliga oid qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash va uni tanqidiy oʻrganish, bu borada aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrish, davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, oʻz hududlaridagi barcha tashqi yozuvlar, jumladan, lavhalar, eʼlonlar, reklama va koʻrgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash kabi ishlar juda sust bajarilmoqda.
Shuni inobatga olgan holda, Adliya vazirligi shu yil 28-sentyabrda barcha vazirlik va idoralarga topshiriq xati yubordi. Unda barcha rahbar, maslahatchilar, yuridik xizmat mutaxassislari davlat tili masalasiga alohida eʼtibor qaratishi, ayniqsa, davlat tilida ish yuritishga eʼtiborli boʻlishi eslatiladi.
Nazarimizda, davlat tilining ijtimoiy hayotda va davlat organlari faoliyatida samaradorligini yanada oshirish uchun quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratish kerak.
Birinchidan, davlat va jamiyat hayotini erkinlashtirish siyosatidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekistonda davlat tilini hayotga joriy etish tizimining zoʻriqishlarsiz, kuchli bosimlarsiz, erkin ishlaydigan ijro mexanizmini yoʻlga qoʻyishga erishish lozim.

Buning uchun har bir jamiyat aʼzosining, ayniqsa, rahbar kadrlarning davlat tili borasidagi ijtimoiysiyosiy, huquqiy, maʼnaviy ongini yanada yuksaltirish lozim. Ular hozirgi globallashuv sharoitida dunyodagi til siyosati, shundan kelib chiqqan holda, ona tilimizning bugungi va kelajakdagi ahvoli, dunyo tillari orasida tutgan oʻrni va roli kabilardan xabardor boʻlishi zarur. Toki, har bir fuqaro, ayniqsa, davlat organlari rahbarlari davlat tili siyosatini millatning kelajagi sifatida oʻz faoliyatining asosiy vazifasi sifatida tushunsin. Ayrim rahbarlardagi “men ish faoliyatimda, birinchi navbatda, oʻzimning toʻgʻridan-toʻgʻri asosiy funksional vazifalarimni bajarishim kerak, til va davlat tili masalasi ikkilamchi”, degan dunyoqarashni oʻzgartirish zarur.


Ikkinchidan, ulardagi bunday dunyo qarashni oʻzgartirish uchun rahbar kadrlar malakasini oshirish tizimida, xususan, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Bosh prokuratura akademiyasi kabi tizimlarda dunyoda kechayotgan til siyosatiga oid bilimlar berilishini yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiq.
Uchinchidan, bu masalalarni toʻla va atroflicha oʻrganish, davlatning bu sohadagi istiqbolli strategiyalarini yanada takomillashtirish uchun aynan shu yoʻnalishdagi fundamental ilmiy tadqiqot ishlariga alohida eʼtibor berish lozim. Buning uchun shu sohada faoliyat yurituvchi ilmiy, siyosiy, huquqiy tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurti olimlari, ayniqsa, Siyosiy va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Davlat va huquq instituti, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti olimlari xalqaro va milliy til siyosati va nazariyasi kabi masalalarni yanada chuqurroq oʻrganishlari zarur. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi esa bunday ilmiy tadqiqot ishlariga ustuvor soha sifatida qarashi maqsadga muvofiq.
Toʻrtinchidan, davlat organlari rahbarlarining ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy dunyoqarashini rivojlantirish barobarida, davlat tili maslahatchilari bilan birga, ularning davlat tiliga oid qonunchilikka rioya qilish masʼuliyatini yanada oshirish lozim. Toki, ular mazkur masalani oʻzlarining asosiy funksional vazifasi sifatida qabul qilsin. Buning uchun ularning aynan shu masala boʻyicha faoliyati har chorakda bir marta yuqori turuvchi idora kengashida muhokama qilinishi, tanqidiy oʻrganilishi, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar aniqlanishi va ularni tuzatish yuzasidan muddatlar belgilanishi, mutaxassislar tomonidan aniq taklif va tavsiyalar berilishi maqsadga muvofiq.
Beshinchidan, davlat tili boʻyicha maslahatchilarning malakasini yanada oshirish, ular faoliyatining samaradorligini oshirish uchun metodik qoʻllanmalar, davlat tilida hujjat yuritish va uni rasmiylashtirish, hujjatlarni yuridik va lingvistik jihatdan tahlil qilishga oid oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqish lozim.
Oltinchidan, bugungi kunda davlat tili maslahatchisi lavozimiga asosan, oʻzbek filologiyasi va jurnalistika fakultetini tugatgan xodimlar ishga qabul qilinmoqda. Nazarimizda, davlat tili maslahatchisi lavozimiga ishga olinayotgan shaxs nafaqat filologik, balki yuridik va siyosiy bilimlarga ham ega boʻlishi zarur. Shuning uchun oliy oʻquv yurtlarida maxsus davlat organlarida davlat tilini joriy etish boʻyicha mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularga nafaqat filologik balki siyosiy bilim oʻrgatish maqsadga muvofiq.



Yüklə 158,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin