Yo‘nalishi O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fanidan



Yüklə 158,48 Kb.
səhifə2/15
tarix14.12.2023
ölçüsü158,48 Kb.
#180336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-mustaqil ta’lim topshiriq savollari va javoblari

Maqolaning tuzilishi
I. Kirish qismi

Mavzuning asoslanishi +
mavzuning dolzarbligi +
asosiy tezis

• Qo’yilgan mavzuning retrospektiv tahlili.
• Mavzuni bugungi kun pozisiyalaridan ko’rib chiqish zarurligining asoslanishi.
• Mavzu asosiy tushunchalarining izohlanishi.
Mavzuni bayon qilish bilan bog’liq xatolar bayoni va hokazo

II. Asosiy qism

Dalillar+
ilgari surilgan tezisni tasdiqlaydigan faktlar

• induksiyadan foydalanish: aniqdan umumlashtirishga;
• deduksiyadan foydalanish: umumiydan batafsil ko’rib chiqishga.

III. Yakunlovchi qism

Ilgari surilgan tezisni tasdiqlaydigan yoki
inkor qiladigan xulosalar

• asosiy fikrning tezislar shaklida bayon qilinishi;
• xulosalar;
• muammoning davomiyligini ko’rsatish

Matnni rasmiylashtirishdagi xarakterli nuqsonlar


1.Mavzudan chetga chiqish, uni boshqasi bilan almashlash.
2.Haddan ortiq hajmli kirish qismi,aniq xulosalar yo’qligi.
3.Fikrni bayon qilishdagi muayyan bosqichlarni ko’rsatadigan xatboshilarni ajrata bilmaslik.
4.Materialni bayon qilishning uzunligi va haddan ortiq ko’pso’zlilik.
5. Har xil nutqiy va uslubiy xatolar.
Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizdada asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviy va badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan oʻrni haqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki Taqriz ham boʻladi. Mas, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki taqrizga beriladi, birok, bu Taqriz matbuotda eʼlon qilinmaydi.Rus tanqidchiligi tarixida Taqrizning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. U Taqrizni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchaki maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini koʻtaruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida oʻylashga oʻrgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz xarakteriga koʻra xilma xil boʻladi. Mas, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi Taqrizda asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maketa Taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi Taqrizda taqrizchi oʻz fikr tuygʻularini, asarni oʻqish jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz asariga ham Taqriz yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi.

Yüklə 158,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin