Yo‘nalishi O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fanidan


“Mutaxassislik tarixidan” mavzusini Klaster usulida yoritib berish. 21. Klaster metodi



Yüklə 158,48 Kb.
səhifə6/15
tarix14.12.2023
ölçüsü158,48 Kb.
#180336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-mustaqil ta’lim topshiriq savollari va javoblari

21. “Mutaxassislik tarixidan” mavzusini Klaster usulida yoritib berish.
21. Klaster metodi deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida bo‘lgan ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi o‘qitish jarayoni davomida faol ishtirok etadi. Ushbu jarayonda ta’lim oluvchilar o‘qib-o‘rganishni yuqori darajada bo‘lishini, egallagan bilimlarni maqsad va ehtiyojlariga muvofiqlashtirishda tashabbuskorligi va mas’uliyat, qo‘llab-quvvatlash amalda bajarish orqali fikr mulohazalar qilish qobiliyatini rivojlantiradi. O‘qitish jarayonida klaster metodlardan foydalanish o‘ziga hos hususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan klaster metodi talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to‘g‘ri yechimini topishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Klaster metodi orqali talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalari, ijodkorligini va faolligi nazariy va amaliy mu’ammolarga bo’lgan qarashlari rivojlanadi. «Klaster» metodini o’tkazish tehnologiyasini amalga oshirishda- Talaba nimani o‘ylagan bo‘lsa, shuni qog‘ozga yozadi. U o‘z fikrlarining sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boradi. Yozuvining orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermaydi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to‘xtamaydi. Agar talaba ma’lum muddat biror-bir g‘oyani o‘ylay olmasa, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlaydi. Bu harakatni yangi g‘oya tug‘ilgunicha davom ettiradi. Ma’lum bir tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiladi. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatish cheklanmaydi. «Klaster» metodi puhta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan ta’lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida amalga oshiriladi.
Klaster inglizcha so‘z bo‘lib (kluster) – bir butun holatda ma’lum mavzu bo’yicha erkin va ochiq fikrlashning notekis shaklini namoyon etadi. Klaster metodini amalga oshirishda yangi mavzuning asosiy tushunchasi aylanma shaklidagi chizma ichida yoziladi. Masalan yangi mavzu pedagogik qobiliyatlar bo’lsa talabalar u haqida ko’z oldiga kelgan fikrlarni yozish taklif etiladi. Bunda talabalar tomonidan yozilgan fikrlar umumlashtirib aytib beriladi. Bu fikrlarni doskada bo’r yoki plakatda flomasterlar bilan yozish mumkin.
Klaster so‘zi bog‘lam ma’nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da’vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikrlashni rag’batlantirish uchun qo’llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg’otish, mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo’lib, muayyan mavzu bo‘yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Biror mavzu bo‘yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o‘rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir. Klaster metodi aniq ob’ektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning talaba tomonidan chuqur hamda puhta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga hizmat qiladi.
Dars mashg‘ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalarni uyg‘unlashtirish hamda ular o‘rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o'rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang.

Yüklə 158,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin