Yo‘nalishi O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi fanidan


Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash. (rezyume, ariza, tavsifnoma, ma’lumotnoma). 23



Yüklə 158,48 Kb.
səhifə11/15
tarix14.12.2023
ölçüsü158,48 Kb.
#180336
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-mustaqil ta’lim topshiriq savollari va javoblari

23. Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash. (rezyume, ariza, tavsifnoma, ma’lumotnoma).
23. Hozirgi paytda ko‘plab zamonaviy tashkilotlar va ayniqda xalqaro korxonalar ishga topshirayotgan shaxslardan rezume yuborishlarini talab qilishadi. Rezume o‘zi nima degani? Rezume fransuzcha “résumé” so‘zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezume ishga topshirayotgan inson to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qiziqishlari va hokazo.
Rezume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O‘zbek tilida bunday hujjat “tarjimayi hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, lekin rezumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezume, asosan, ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha menejerining rezumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.
Rezumeda ish izlovchi shaxs to‘g‘risida qisqacha ma’lumot yoziladi. Ish beruvchi eng birinchilardan bo‘lib aynan rezumega e’tibor qaratadi. Ya’ni ishga topshirgan insonni ko‘rmasdan va bilmasdan turib rezume orqali u bilan tanishadi. Shuning uchun, rezume ishga topshiruvchi shaxs to‘g‘risida bexato, aniq va eng asosiysi topshirilayotgan ishga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni qamrab olishi kerak. Yaxshi tuzilgan rezume ishni qo‘lga kiritishning birinchi va eng muhim poyqadami hisoblanadi. Agar rezumengiz orqali ish beruvchini ishontira olmasangiz, keyingi bosqichga o‘tish imkoni bo‘lmaydi!
Rezumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Shaxsiy ma’lumot
a. Ism-sharif (talab qilinadi)
b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi)
c. Jins (majburiy emas)
d. Millat (majburiy emas)
e. Tug‘ilgan sana (majburiy emas)
2. Qisqacha mazmun va yoki professional maqsad (ixtiyoriy)
a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o‘tish.
Misol: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini mukammal biladi. 2008-yilda Biznesni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha Magistraturani oliy darajada tamomlagan va ilmiy darajaga ega.
3. Ma’lumot
a. Ilmiy daraja diplom, mutaxassislik, o‘qigan yili (yoki daraja berilgan yil), o‘quv yurtining nomi, manzili (shart)
b. Topshirilayotgan ishga taalluqli fanlar nomi va soati (shart emas)
c. Agar a’lo darajada bitirgan bo‘lsa, shuni ham bildirib o‘tish kerak

Hisobot muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma'lumot beruvchi hujjat.


•Hisobotda keltirilgan ma'lumotlar aniq, ishonarli bo`lishi kerak.
•Hisobotda quyidagilarga e'tibor beriladi : nima mo`ljallangan yoki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e'tibor berildi, qanday yetishmovchiliklar bo`ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak. Hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo`lsa, uning sababi ko`rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda keng qo`llanadi. Hisobot shakl jihatdan ham, mazmun jihatdan ham bildirishnoma hujjatiga o`xshaydi.
Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi (yozuvchi) ning takliflari aks etadi.
Kimga yo‘nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi. Ichki bildirishnoma o‘z muassasasi rahba riga yoki bo‘lim mudiriga yoziladi. U toza qog‘oz varag‘iga qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog‘oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma lar muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.

Bildirishnomaning zaruriy qismlari:


1.Bildirishnoma yo‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.
2.Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.
3.Hujjat turining nomi (Bildirishnoma).
4.Matn sarlavhasi.
5.Bildirishnoma matni (mazmuni).
6.Qancha varaqligi ko‘rsatilgan ilovalar ro‘yxati (agar ilova bor bo‘lsa).
7.Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).
8.Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo‘yiladi).
O‘zbekiston Respublikasi trans port vazirligiga qarashli 4-avtokorxonasining boshlig‘i S.K. Qurbonovga korxona bosh texnigi M. Dadaboyevdan

Yüklə 158,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin