2-mustaqil ta’lim topshiriq savollari va javoblari
BILDIRISHNOMA Korxona tomonidan sozlangan avtomashinalarni shu yerning o‘zida tekshirish va nazorat sinovini o‘tkazish bir qancha sozlovchislesarlar va haydovchilarni belgilangan vaqtdan keyin ham biroz muddat qolib ishlashini taqozo etmoqda. Biroq, biz belgilan gan vaqtdan tashqari bajarilgan ishlarni hisob bo‘limida rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz. Aytilganlar asosida Sizdan ushbu masalani ijobiy hal etish chora-tadbirlarini o‘ylab ko‘rishingizni so‘rayman.
Korxona bosh texnigi (imzo) M. Dadaboyev 2012.10.10.
24. Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash. (bildirishnoma, hisobot, hizmat yozishmalari).
24. Tadqiqot ishining boshlanish jarayoni hammada har xil kechadi. Ishning osonroq kechishi uchun, albatta, uni osonroq kechishi uchun, albatta, uni rejali tarzda amalga oshirgan ma’qul. To`g`ri, yozish qiyin. Diqqatni bir joyga to`plash va miyani ishga jalb qilish ham mushkul. Tadqiqot ishini yozish juda kuchli ishtiyoq talab etadigan ruhiy faoliyat, o`z o`rnida, xotira bilan bog`liq tarzda kechadigan aqliy mehnat hamdir. Har qanday ishda bo`lgani kabi maqsadni amalga oshirish uchun astoydil harakat qilish talab etiladi. Buning uchun kunlik reja tuzib oling va tadqiqot ishini qilinishi shart bo`lgan bandlar qatoriga kiriting. Misol uchun, Yel universitetining bir talabasi laboratoriya mashg`ulotlari bo`lmagan kuni bir soat vaqtini tadqiqot ishini yozishga bag`ishlaydi. Hayratlanarlisi, bir semestr davomida ishini yakunlab olishga ham erishadi. Demak, kun tartibini to`g`ri tuzish va rejalarni o`z vaqtida amalga oshirish orqali maqsadga erishish mumkinligi amalda isbotlangan. Vaqtingizni to`g`ri taqsimlagandan so`ng tadqiqot ishini qanday yozish haqida bir to`xtamga kelib olishingiz lozim. Eng maqbul yo`li esa, juda muhim ma’lumotlarni to`plash orqali faoliyatni boshlashdir. Mazkur ma’lumotlar tadqiqot ishingizning nimalardan iborat bo`lishi, ya’ni ichki tartibini ham belgilab berishi mumkin. SHuningdek, fikrni rivojlantirishi hamda yangi g`oyalarni shakllantirishga xizmat qilishi aniq. Harvard universiteti (Harvard University) da ko`p yillardan buyon kimyo va nanotexnologiya sohasi bo`yicha faoliyat olib borayotgan Jorj Uvaytsaydes (George M.Whitesides) esa bu borada shunday deydi: “... oq qog`oz olib barcha muhim ma’lumotlarni qog`ozga tushiring”. Agar sizda bu ma’lumotlarni yig`ish haqida biror tushuncha bo`lmasa, quyidagi 1-jadval asqotishi mumkin. YOsh tasavvuringizni ishga solib yangi g`oyalar yarating.