Yondashuvlar


SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 7-SON



Yüklə 40,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix26.12.2023
ölçüsü40,59 Kb.
#197910
1   2   3   4
Xamraqulov Zafarjon Yigitalievich

SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 7-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.02.2023 
91 
tashabbusni qo’llab-quvvatlash, hamkorlik va yo’naltiruvchilik vazifalarini 
bajaradi. Bunday yondashuv pedagogning talabaga bo’lgan munosabati, ishonchi 
va muloqotining yuqori darajaga chiqishi, talabalarni majburlash o’rniga 
rag’batlantirishning ustuvorligiga asoslanadi. Bunda ko’zlangan maqsadga 
erishish, qiyinchiliklarga chidamli bo’lish, muammolarni bartaraf etishda samarali 
yo’llardan foydalanishda namoyon bo’ladi. Uni zarur o’rinlarda qo’llash maqsadga 
muvofiqdir. 
Izlanuvchan-kreativ yondashuv. Bunday yondashuvni tadqiqiy-ijodiy 
yondashuvning davomi deyish mumkin. Uning maqsadi talabalarda muammoni 
hal qilish, tugallanmagan tajribalarni mustaqil o’zlashtirib o’z nihoyasiga yetkazish, 
uning yangi yo’llarini yaratish qobiliyati va idrokini yuksaltirishda ko’zga 
tashlanadi. Izlanuvchi shakldagi ta’lim shaxsni tadqiqotchilikka yo’naltirish, 
yuksak ijodiy faoliyatni ta’minlashga xizmat qiladi. Talabalarning o’quv faoliyatini 
boshqarishda ijodiy yo’l tutiladi hamda tadqiqotchilik jihatlari oldingi planga olib 
chiqiladi. Buning natijasida yangicha qarashlar, foydali g’oyalar, innovatsion 
ishlanmalar, ilg’or loyihalar vujudga keladi. 
Tizimli yondashuv. Ko’pincha “tizimli tahlil usuli” yoki “tizimli metod” 
shaklida tilga olinadigan mazkur yondashuv pedagogik ta’lim ob’ektini yagona 
mexanizm sifatida o’rganish jarayonini o’zida ifodalaydi. Tizimli yondashuvda 
tahlil ob’ekti o’rganilayotgan ijtimoiy munosabat yoki voqea-hodisadir. Ob’ekt 
tahlil qilinganda, uning atribut va substantsiyalari orasidagi aloqadorlik
strukturaviy chegaralar va aloqadorlik xususiyatlari dialektik asosda tadqiq 
qilanadi. Tizimli tahlil usuli ko’proq falsafiy tadqiqot olib borish jarayoniga mos 
keladi. 
Texnologik yondashuv. Bu yondashuvning o’ziga xos xususiyati ta’lim 
jarayonini loyihalashtirish orqali o’quv maqsadlariga erishishni nazarda tutadi. U 
loyihalashtirish metodini taqdim etadi. Ushbu metod o’qitish jarayonini 
tashkillashtirish, rejalashtirishni o’zida ifoda etadi. Ushbu metodni qo’llash asosida 
talabalar tomonidan loyiha ko’rinishidagi bilimlar olinadi. O’qituvchi va talabalar 
o’rtasidagi munosabatlarda hamkorlik pedagogikasi muhim ahamiyatga ega bo’lib, 
talabalarning birgalikda bilim olishlarini ta’minlaydi. Zamonaviy pedagogikada 
ta’lim jarayonini loyihalashtirish, talabalar bilan ishlashni loyihalashtirish singari 
muhim metodlar mavjud. Ular malakali kadr tayyorlash jarayonidagi o’qitish 
uslublari va jamiyat ehtiyojlari o’rtasida vujudga keluvchi ziddiyatlarni bartaraf 
etishga xizmat qilishi lozim. Texnologik yondashuv ta’lim maqsadlariga erishishni 
ta’minlaydi. 
Ta’limni boshqarishga tizimli yondashuv. Ushbu yondashuv o’qituvchining 
talabalarga mavjud imkoniyatlarga asoslanib zaruriy bilim, ko’nikma va 
malakalarni to’g’ri shakllantirish jarayoni hisoblanadi. Bunday yondashuvga 



Yüklə 40,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin