SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 7-SON RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.02.2023 90
ham yaqin tariximiz ko’rsatib berdi. Jumladan, 1997 yilgi qonunchilik asosida
ta’lim tizimida shakllantirilgan tajriba muvaffaqiyatsizlikka uchradi va mamlakat
kelajagi uchun sarflangan katta harajatlarni oqlamadi. SHu bois, xorij tajribasidan
foydalanishda chuqur ilmiy tadqiqotlar natijasiga tayanishning ahamiyati
ortmoqda.
Globallashuv tufayli dunyo mamlakatlari o’z ta’lim tizimlarida zamonga
moslashish uchun yangi innovatsiyalardan foydalanishga intilmoqda. Bu ko’pincha
ta’limga elektron axborot vositalarini kirib kelayotganligi bilan ko’zga
tashlanmoqda.
Kompьyuter
texnologiyalari
ko’zgazmalilik
usullarini
takomillashishiga yordam beryapti. Ilmiy-nazariy tushunchalarni ta’lim oluvchilar
e’tiboriga obrazli qilib yetkazish ta’limning sifati va samaradorligi ta’minlanishiga
olib kelyapti. Bunday hollarda ta’limga innovatsiyalarni qay yo’sinda joriy etish
yanada samaralilikni ta’minlashi masalasi yuzaga kelyapti. Zero, innovatsiyalardan
ko’r-ko’rona foydalanish kutilgan samarani bermasligi mumkin.
Ta’limga innovatsion yondashuv uning maqsadlarini izchil amalga oshirishga
katta turtki beradi. Buning uchun sohaga doir ilmiy izlanishlarni kengaytirish,
kontseptual qarashlar tizimini yanada rivojlantirish, istiqbollarni belgilashda
pedagogik shart-sharoitlarni inobatga olish zarur. Binobarin, ta’limda yuksak sifat
o’zgarishlariga erishish to’plangan tajribani chuqur tahlil qilish, aniq xulosalar
chiqarish, olingan natijalar asosida yangi rejalar tuzish hamda ularni amalga
oshirish XXI asrdagi ta’limning asosiy talablariga aylanmoqda.
Innovatsion texnologiyalar texnologik yondashuvga asoslangan bo’lib, ta’lim
jarayonida belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi usul va metodlar
majmuasidan iboratdir. Pedagogik texnologiya - ta’lim usuli, ma’lum ma’noda
ta’lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmuasini anglatadi.
Yangi innovatsion texnologiyalarning an’anaviy ta’limdan farq qiluvchi
jihatlari talabaning jinoyat huquqini o’rganishga bo’lgan qiziqishini orttirish,
shaxsning moyilligi va imkoniyatlarini demokratik yo’llarga burishda namoyon
bo’ladi. Innovatsion texnologiyaning an’anaviy ta’limdan farqlovchi xususiyatlari
ancha ko’p bo’lib, avvalo, maqsadlarning qo’yilishi va unga erishish bilan ajralib
turadi. Usul va metodlar ta’limning umumiy maqsadlarini ishlab chiqish, amalga
oshirish, olingan umumiy natijalarni nazorat qilish, kuzatish va baholash
jarayonlarini belgilaydi. SHuning uchun ta’limda innovatsion yondashuvlarni
qo’llashni taqozo etadi. Hozirgi davrda innovatsion jarayonga turli yondashuvlar
mavjud.
Tadqiqiy-ijodiy yondashuv. Mazkur yondashuv talabalarda muammolarni
yechish qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimlarni o’zlashtirishga mustaqil intilish,
tashabbus ko’rsatish va innovatsiyalarni topishni o’zida aks ettiradi. Bunda
o’qituvchi talabalarning o’quv faoliyatiga rag’batlantiruvchi rolida rahbarlik qilib,