Yondashuvlar



Yüklə 40,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix26.12.2023
ölçüsü40,59 Kb.
#197910
  1   2   3   4
Xamraqulov Zafarjon Yigitalievich



SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 7-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.02.2023 
89 
TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASHDAGI 
YONDASHUVLAR 
Xamraqulov Zafarjon Yigitalievich 
Qo’qon davlat pedagogika instituti dotsenti v.b., PhD. 
Gmail: 
zafarjonxamraqulov@gmail.com
 Telefon: +998 90 304 01 50 
Annotatsiya:
maqolada izlanuvchan-kreativ, tizimli, texnologik, ta’limda innovatsion 
texnologiyalarni qo’llashdagi tadqiqiy-ijodiy, ta’limni boshqarishga tizimli yondashuvlar 
haqidagi ma’lumotlar berilgan. 
Kalit so’zlar:
yondashuvlar, izlanuvchan-kreativ, tizim, ta’lim, innovatsion 
texnologiyalar, tadqiqiy-ijodiy, ta’limni boshqarish. 
 
Bugungi zamonaviy sharoitlarda jahon pedagogikasidagi innovatsion 
texnologiya yutuqlaridan foydalanish orqali mamlakatimiz kelajagini barpo etish 
taraqqiyotning muhim omili bo’lib bormoqda. So’nggi yillarda kuzatilayotgan 
davlatimizning tezkor rivojlanishi davrida tanqidiy fikrlovchi, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan, innovatsiyalarni yaratuvchi va 
amalda qo’llovchi mutaxassislarga katta ehtiyoj sezilmoqda. Bu holat ta’limga 
innovatsiyalarni, zamonaviy interfaol va ijodiy o’qitish metodlarini joriy etish 
orqali ta’limdagi sifat ko’rsatkichlarini oshirishga yordam beruvchi dasturlarni 
ishlab chiqish, pedagogik tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlashni talab qiladi. 
O’zbekistonda jahon tajribasiga asoslangan yangi ta’lim tizimi qaror 
topmoqda. Bunga 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi 
Qonun huquqiy asoslarni taqdim etmoqda. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va 
metodikasida ham sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Ta’limda yangi axborotlar 
bilan ishlay oladigan qobiliyatli qatlam shakllanmoqda. Ta’lim dasturlarini 
individuallashtirishga yo’naltirilgan xatti-harakatlar kuchayib, yangi ijodiy 
yechimlar topilmoqda. 
Hozirgi davrda talabalarning pedagogik ta’limdagi faolligini oshirishning 
muammoli o’qitish, rolli o’yinlar va boshqa innovatsion texnologiyalari ishlab 
chiqilgan. Innovatsion texnologiyalar xilma-xil bo’lsada, ulardan foydalanish keng 
yoyilgan, deb bo’lmaydi. Asosiy sabab sifatida har bir mashg’ulot uchun 
pedagogik izlanish, layoqat, tashabbuskorlik, novatorlik va ancha ko’p vaqt sarf 
qilinishi ko’rsatiladi. Zero, har bir mavzudagi mashg’ulot o’ziga xos va 
takrorlanmasdir. 
Xorij tajribasidan foydalanish ta’limga yangi atmosferani olib kiradi. 
Metodologiyani boyitib, pedagoglarga tanlash imkoniyatlarini tuhfa etadi, biroq 
chet el tajribasidan ko’r-ko’rona foydalanish kutilmagan natijalarga olib kelishini 



Yüklə 40,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin