Yong‘inga qarshi alohida rejimning amal qilishi davrida tegishli hududlarda yong‘in xavfsizligi
sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan yong‘in xavfsizligiga oid qo‘shimcha
talablar belgilanadi.
22-modda. Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash
Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlashni ilmiy- tadqiqot, tajriba-konstruktorlik,
loyiha tashkilotlari va boshqa ilmiy-texnik tashkilotlar, shuningdek tegishli ta’lim muassasalari
amalga oshiradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ilmiy-texnik ishlanmalarni moliyalashtirish O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, tashkilotlarning mablag‘lari, shuningdek qonunchilikda
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlashni muvofiqlashtirish Favqulodda vaziyatlar
vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil
26-martdan kuchga kiradi)
Tashkilotlar yangi texnologiyalar va mahsulotlar yaratilishida yong‘in xavfsizligini ta’minlash
maqsadida zarur ilmiy-texnik ishlanmalar amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: