Yong‘in xavfsizligi to‘G‘risida


-bob. Yong‘indan saqlash xizmati



Yüklə 185,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/19
tarix25.12.2023
ölçüsü185,37 Kb.
#195147
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O‘RQ-226-сон 30.09.2009. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida

4-bob. Yong‘indan saqlash xizmati
26-modda. Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari
Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yong‘inlar profilaktikasini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan
nazoratni amalga oshirish;


yong‘inlarni o‘chirish, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy
shaxslarning mol-mulkini qutqarish.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yong‘indan saqlash xizmati kuchlari va vositalarining yong‘inlar profilaktikasi hamda
yong‘inlarni o‘chirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb qilinishiga, agar qonunchilikda
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
27-modda. Yong‘indan saqlash xizmatining turlari
Yong‘indan saqlash xizmati davlat, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatlariga
bo‘linadi.
28-modda. Davlat yong‘indan saqlash xizmati
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat yong‘indan saqlash xizmati yong‘indan saqlash xizmatining asosiy turidir va u
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqaruv organlari va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari
tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in
va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
(28-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-
martdan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 700-son “Respublikaning tumanlari,
shaharlari va boshqa aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash
xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-
qutqaruv bo‘linmalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 
qarori
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli 
Qonuniga 
asosan
2020-yil 26-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y.,
03/19/597/4193-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli 
Qonuniga 
asosan
2020-yil 26-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y.,
03/19/597/4193-son)

Yüklə 185,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin